Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Mehnat sub’yektining kasbiy shakllanish omillari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
4.2.4. Mehnat sub’yektining kasbiy shakllanish omillari 
Shaxsning  hayotiy  va  kasbiy  shakllanishini  dinamik  xarakterini, 
shaxsning  oʻziga  xos  filogenetik  va  ontogenetik  xususiyatlarini,  qolaversa, 
undagi  mehnat  faoliyatining  rolini,  sub’yektning  kasbiy  shakllanishini  oʻziga 
xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda bu jarayonni “professiogenez” atamasi 
bilan atash mumkin.  
Professiogenezning  markaziy  nuktasida  mexnat  sub’yektining  kasbiy 
shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng kulamda koʻrib chiqish maqsadga 
muvofiqdir:  Birinchidan,  shaxs  taraqqiyoti  sifatida  -  bu  muayyan  mexnat 
sub’yektining  faollik  darajasiga  bogʻlik  va  yetakchi  faoliyat  xarakteriga 
asoslangan xolda aniq bir yosh davrida namoyon boʻladi. Psixik taraqqiyot eng 
avvalo,  mexnat  motivlarining  shakllanishi,  kasbiy  muhim  sifatlarning 
faollashishi  va  aniq  bir  faoliyatning  talablariga  muvofiq  ravishda  shaxs 
qobiliyatlarining  tarkib  topishi  bilan  yakunlanadi.  Ikkinchidan,  sub’yekt 
ijtimoiylashuvi  sifatida  -  bu  individ  tomonidan  ijtimoiy  normalarning 
oʻzlashtirilishida,  ijtimoiy  tajribani  shaxsiy  kasbiy  ustanovkalar  tizimida 
qoʻllashda,  qadriyatlar  va  faoliyat  dasturida,  ijtimoiy  rollarni  qabul  qilish  va 
ijtimoiy masalalarda namoyon boʻladi. Uchinchidan, sub’yektning kasbiy oʻzini 
oʻzi anglashi, oʻzini oʻzi namoyon qilishi sifatida - bu hayot faoliyati davomida 
kasbiy  shakllanishiga  zamin  tayyorlaydigan  oʻzini  oʻzi  anglash,  uzini  uzi 
boshqarish,  oʻzini  oʻzi  nazorat  qilish,  hayotiy  tajriba  va  hayot  tarzi  orqali 
namoyon  boʻladi.  Hayot  davomida  taraqqiy  etish  va  kasbiy  shakllanish  yosh 
davrlarida,  shaxs  hayot-faoliyati  bosqichlarida  aks  etib,  jamiyat  talablari  va 


229 
 
shaxsning oʻzini oʻzi namoyon qilishga intilishi orasidagi qarama-qarshiliklarga 
bogʻlik  boʻladi.  Toʻrtinchidan,  kasbiy  shakllanish  shaxs  faolligi  shaklida 
namoyon  boʻladi  va  tavsiflanadi  -  bunda  shaxs  shakllanishining  dinamik 
sharoitlari  va  uni  shaxsiy  xarakatlarining  faoliyat  bilan  muvofiqligi  koʻrib 
chiqiladi.  Kasbiy  shakllanish  jarayonini  professiogenetik  yondashuv  asosida 
oʻrganish  borasida  bir  kator  tadqiqotlar  olib  borilmoqda  va  bu  muammoning 
turli jixatlari keng doirada ochib berilmoqda. 
Oxirgi  15  yil  ichida  mamlakatimizdagi  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatlar  shaxs 
xulq-atvori  va  kasbiy  soxasida  oʻz  aksini  topib  kelmokda.  Yetuklik  davridagi 
shaxslarni  kasbiy  sayta  yunaltirish  keng  tarqalgan  voqelikka  aylangan.  Oʻzini 
oʻzi  anglash  va  shaxsning  kasbiy  shakllanishi  muammosi  bu  jarayonda 
sub’yektlarning turli kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar tizimi, 
shakllangan  shaxs  tuzilishi,  hayotiy  pozitsiyani  amalga  oshirishda  ijtimoiy, 
kasbiy va iqtisodiy sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda yangi qirralarga ega 
boʻldi.  Aytish  mumkinki,  shaxsning  kasbiy  shakllanishidagi  individual  farqlar 
mutaxassislarni kasbiy yetuklikka erishishlarining turli imkoniyatlarini belgilab 
beradi.  Mexnat  sub’yektining  kasbiy  shakllanishi  taraqqiyot  jarayoni  sifatida 
mutaxassisning  qator  yakuniy  natijalarga  erishishi,  ayniqsa,  yukori  darajadagi 
professionalizm,  malakaga,  kompetentlikka  va  yetuklikka,  egaligida 
mujassamlashadi. Bu tavsiflarning xar biri kasbiy shakllanganlikning oʻziga xos 
xususiyatlarini,  shaxs  taraqqiyoti  darajasi  va  xususiyatlarini,  eng  asosiysi,  bu 
jarayonning natijalarini muxokama  qilishda muhim axamiyatga egadir. “Kasbiy 
shakllanganlik” tushunchasi mexnat sub’yektining kasbga egalik qilish darajasi 
va aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim, koʻnikma, tajriba 
va  mahoratlarning  shakllanishi  va  namoyon  boʻlishi  asosida  ishlab  chiqarish 
samaradorligiga  erishishi  sifatida  qoʻllaniladi.  Mexnat  sub’yektining  aniq  bir 
faoliyat  soxasida  yuqori  darajadagi  kasbiy  malakalarga  egaligi  mehorat  deb 
yuritiladi.  

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish