Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

E.F.Zeerning  ta’kidlashicha,  kasbiy  kompetentlikning  funksional 
taraqqiyotini tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chogʻida kompetentlikning 
turli  koʻrinishlari  intefatsiyalashib  borishini  va  ularning  kasbiy  muhim  shaxs 
sifatlari  bilan  aloqasi  kuchayib  borishini  koʻrsatadi.  Aytish  joizki, 
kompetentlikning  asosiy  darajalari  kasbiy  tayyorgarlik  va  tajriba,  oʻzini  oʻzi 
anglash,  oʻz  kuchiga  ishonish,  oʻzga  insonlar  tomonidan  koʻrsatilgan 
kamchiliklarni toʻgʻri qabul qilish va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab 
beruvchi  shaxs  xususiyatlari  kiradi.  Taxmin  qilish  mumkinki,  mexnat 
sub’yektining  sanab  oʻtilgan  professionallashuv  koʻrsatkichlari,  mutaxassis 
boʻlish (malaka, kompetentlik) va sub’yektning kasbiy yetukligi orasida oʻzaro 
aloqa va oʻzaro ta’sir mavjud.  
Рrofessionallashuvi dinamik jarayon boʻlib, xar bir bosqich oʻziga yarasha 
rivojlanish darajasini bosib oʻtadi. Shaxsning faoliyatda oʻz kasbiy potensialini 
amalga  oshirishi  aynan  shu  vaziyatga  shaxs  psixologik  tuzilishini 
moslashishidagi  oʻzaro  ta’sirini  boshqarish  negizida  yuz  beradi.  “Shaxs 
taraqqiyotining xar bir yangi shaxsiy-psixologik bosqichida individning ijtimoiy 
muxitga  faol  munosabati  natijasida  shakllanuvchi  barcha  -  predmetli  faoliyat, 
mulokot,  uyin,  ukish,  ijtimoiy-siyosiy  faoliyat,  mexnat  va  shaxsning  tizimli 
shakllanishida tartibli ravishda mustaxkamlanib boradi. Ular shaxsning vertikal 
va gorizontal funksional tuzilishini anglatadi”. 
Faoliyat 
sub’yektining 
professionallashuvi  va  uning 
shaxsini  rivojlanishi  kasbiy 
yetuklikning  shakllanishi  bilan 
muvofiq  tarzda  kechadi.  Kasbiy 
yetuklik  tushunchasiga  yuqori 
darajada  shaxsiy  va  kasbiy 
jixatdan  rivojlangan  va  yuqori 
professionalizmni 
oʻzida 


233 
 
namoyon  qiladigan,  malakali,  qolaversa,  axloqiy-ma’naviy,  etnik,  madaniy, 
ijtimoiy  va  kasbiy  muhim  xususiyatlarni  hamda  shaxsiy  sifatlarni  oʻzida 
mujassamlashtirgan  mexnat  sub’yektining  xususiyati  deb  izoxlansa  maqsadga 
muvofik boʻladi.  
Mutaxassisning  shakllanishi  faqatgina  chuqur  va  keng  doiradagi  bilim, 
koʻnikma  va  malakalarga,  kasbiy  tajriba  va  maxoratga  ega  boʻlish  bilan 
cheklanib qolmaydi, balki tarbiyalanganlik, yetuk shaxs taraqqiyoti ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Kasbiy yetuklik shaxsiy ideallar, ustanovkalar, qadriyatlar, 
hayot  va  faoliyat  mazmunini  ijtimoiy,  psixologik  muxitning  kasbiy  talablari 
bilan muvofiqligida aks etadi.  
  Mutaxassis  shaxsining  kasbiy  yetukligi  quyidagi  shakllarda  namoyon 
boʻlishi mumkin:  
1. Kasb bilan bogʻlik ma’naviy qadriyat tizimini tushunish.  
2. Tajriba orttirish va shaxsiy tajribani taxlil qilish.  
3.  Namunaviy  mutaxassisning  adekvat  modelini  qabul  qilish  va  unga 
oʻxshash uchun oʻz ustida ishlashga intilish.  
4. Oldinga qoʻyilgan maqsadga erishish uchun shaxsiy kuch va resurslarni 
maksimal darajada safarbar etish.  
5. Mexnatdan qonikish xissining paydo bolishi.  
6. Oʻzini oʻzi rivojlantirishga intilish.  
7. Shaxs xulqida buzilishlarning mavjud emasligi.  
8. Shaxs organizmi va psixikasining funksional imkoniyatlari va ularning 
kasbiy  talablarga  muvofiqdik  darajasi  xaqidagi  tasavvurlarga  ega  boʻlish  va 
boshqalar.  Faoliyat  sub’yektining  malakasi  kasbiy  yetuklikning  muhim 
koʻrsatkichlaridan  biri  hisoblanib,  u  oʻzining  funksional  imkoniyatlari  va 
extiyojlarini  kasbiy  talablar  bilan  muvofiqlashtiradi.  Bu  koʻrsatkich  kasbiy 
“Men-konsepsiyasi”ning  uziga  xosligini  anglatadi.  Yoshlik  davrida,  ayniqsa, 
kasbiy  yetuklik  bosqichida  “Men-konsepsiyasi”  xar  tomonlama  boyitiladi,  bir 
tomondan-hayot va faoliyatning oʻzgaruvchan talablari, ikkinchi tomondan esa- 
oʻzini oʻzi baholashning shakllanishi ruy beradi.  

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish