Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Reorientatorning izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
4.3.4. Reorientatorning izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, 
innovatsiyaga nisbatan munosabati 
Reorientatsiya  (qayta  kasbga  yoʻllash)  gumanistik  psixologiya 
tamoyillarini  turmushga  tatbiq  etishga  zarur  shart  –  sharoit  yaratadi.  inson 
omilini qadrlashga, butun imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu 
havas,  istak  –  xohish  ushalishga  negiz  vujudga  keltiradi.  Koʻp  profilli  kasb  – 
hunar egalari safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuygʻusini 
jonlantiradi,  zarur  bilimlar,  malakalar  bilan  qurollantirishga  turtki  beradi. 
Reorientatsiya  inson  imkoniyatini  qaytatdan  sinashning  manbai  hisoblanib, 
oʻzini  oʻzi kashf qilishi,  oʻzini –  oʻzi  boshqarishi,  oʻzini  oʻzi tashkillashtirish, 
oʻzini–oʻzi  baholash,  oʻzini–oʻzi  refleksiyalash,  oʻzini–oʻzi  identifikatsiyalash 
kabi shaxs fazilatlarini roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi.  
Maktab  oʻquvchilarining  mayllari,  havaslari,  intilishlari,  xohishlari, 
motivlari,  ezgu-niyatlari  xususan  kasb-korga  boʻlgan  qiziqishlari,  motivlari, 
ehtiyojlari  tugʻilishi  psixologiya  fanining  shaxs  muammosi  bilan  uzviy 
bogʻliqdir.  Shaxs  psixologiyasini  oʻrganish  oʻquvchilarni  kasb  tanlashga 


244 
 
yoʻllash  demakdir.  Oʻquvchilarning  idividual  tipologik  xususiyatlari,  yoshi  va 
jinsini  hisobga  olgan  holda  ularning  har  birini  oqilona  kasbga  yoʻllash  shaxs 
psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
jamiyat  qurish  toʻgʻrisidagi  hujjatlarda  oʻquvchilarni  (oʻz  imkoniyatlarini  oʻzi 
baholashorqali)  mustaqil  kasb  tanlashga  oʻrgatish  juda  muhim  va  zarur  vazifa 
ekanligi  ta’kidlanadi.  Shunga  koʻra  psixolog  olimlar,  metodistlar,  tashxis 
Markazi  xodimlari  keng  jamoatchilik  bilan  birgalikda  kasbga  doir  bilimlarni 
keng  tashviqot  qilishlari,  kasb-kor  tanlashga  oid  yoʻl-yoʻriqlar  va  metodlar 
ishlab  chiqishlari,  kasb  tanlash  maslahatlari  rasmiy  shaxobchalari 
kengaytirilishi,  professiogramma,  professiografiya,  psixogrammalar  koʻlami 
orttirilishi lozim. 
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi 
soha  mutaxassislariga  muhtojligini  nazarda  tutish  va  shunga  yarasha  maktab 
oʻquvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy 
qobiliyatlariga  qarab,  hamda  u  yoki  bu  kasbga  yaroqliligini  aniqlab,  soʻngra 
kasbga yoʻllash kerak.Bundan tashqari, malakali psixologlar va pedagoglar (shu 
jumladan  mahalla  tarbiyachisi),  murabbiylar,  muhandislar  va  texniklar  har  bir 
kasb-hunarning  oʻziga  xos  tomonlari  haqida  malakaviy  maslahatlar  tashkil 
qilishadi.  Lekin,  yoshlarning  kasb-hunar  tanlashi  asosan  oʻrta  maktabdan 
boshlanadi,  shunga  koʻra  oʻquvchilar  kichik  jamoasi  bilan  psixologlar  oldida 
turli  yoshdagi,  jinsdagi  maktab  oʻquvchilarini  kasbga  qiziqtirish,  mehnat 
qobiliyatlarini  rivojlantirish,  ichki  imkoniyatlarini  ishga  solish  (oʻzini-oʻzi 
namoyon  etish)  kabi  muhim  vazifa  turibdi.  Psixologlar,  bundan  tashqari, 
oʻquvchilarning  aql  idroki,  qobiliyatlarini  hamda  muayyan  kasbga  yaroqlilik 
darajasini  aniqlash  metodlari,  usullari,  texnologiyasi,  shakllari,  mezonlari  va 
tarkibiy  qismlarini  ishlab  chiqishlari,  shuningdek,  bu  sohada  ilmiy  -  tadqiqot 
ishlari olib borishlari zarur.  
Ilk oʻspirinlar va katta oʻsmirlarning kasb tanlashi katta hayotiy ahamiyatga 
ega boʻlgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo boʻlganligidan bu jarayonda ota-
onalar,  jamoatchilik  va  turli  kasb  ustalari  ham  faol  qatnashishlari  kerak,  chunki 
yoshlar koʻp hollarda kattalarning maslahatlari va tavisyalarini hisobga olgan holda 
qat’iy  bir  fikrga,  qarorga  kelishlari  mumkin.  Shuni  ham  aytib  oʻtish  oʻrinliki, 


245 
 
maktab  oʻquvchilari  kasb  tanlash  borasidagi  oʻz  qarorlarini,  koʻpincha,  har 
tomonlama dalillab bera olmaydilar, biroq ularning koʻpchiligi bu masalaga ongli 
ravishda  yondashishga  intiladilar.  Maktab  kasb-hunarga  yoʻnaltiruvchi 
mutaxassisining  asosiy  vazifasi  oʻquvchilarni  kasb-hunarga  yoʻnaltirishni 
ta’minlovchi  barcha  ma’lumotlar  bankini  yaratishdan  iborat.  Bu  maqsadda  kasb-
hunarga yoʻnaltiruvchi mutaxassis tuman (shahar) tashxis Markazidan olgan kasbiy 
axborotlar,  kasblar    roʻyxati,  tasnifi,  hududiy  kasblar  roʻyxati,  kasblarga  boʻlgan 
ehtiyoj  va  boshqa  kasbiy  tashxis  metodikalari,  tavsiya  va  yoʻriqnomalardan 
foydalaniladi.  Maktab  kasb-hunarga  yoʻnaltiruvchi  mutaxassisi  tomonidan 
oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kasblar haqidagi ma’lumotlarni 
toʻliqroq  anglab  etishi  shuningdek,  ularning  kasb  tanlashdagi  reallikni  vujudga 
keltirish  maqsadida  maktabda  ilgʻor  kasb  egalari,  kasb  faxriylari,  kasb  sulolalari 
bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, kechalar va ma’ruzalar tashkil etilsa maqsadga 
muvofiq  boʻladi.  Ushbu  tadbirlar  oʻquvchining  shu  kasbga  boʻlgan  qiziqishini 
yanada qat’iylashishini vujudga keltiradi.  
 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish