Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 Reorientatsion jarayon  
Ishsizlik,  ish  oʻrnini  yoʻqotish 
ayollarda  oʻkinchli  (ayanchli)  his-
tuygʻular qobigʻiga oʻta murakkab kechadi, goʻyoki tragediya, halokat, judolik 
vujudga  kelganda  ham  ekstravertlik,  ham  introvertlik  xususiyatlari 
uygʻunlashganday yuz beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, 
iloji  boricha  hissiyotlarga  berilmasdan,  aql-zakovat  maromlariga  tortilganlik 
toʻygʻusi  ustuvorligida  namoyon  boʻladi.  Erkaklarda  achinish,  xafaxonlik 
kechinmalari  tarzida  hukm  surishi,  asta-sekin  uning  ta’sir  kuchi  pasayishi 
kuzatiladi.  Bunda  insonning  ruhiy  kechinmalari  keskin  oʻzgarishining  asosiy 
omillari sifatida uning ish davri va yoshi ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. 
Yoshning  ulgʻayishi  yangi  muhit,  oʻzgacha  sharoit,  notanish  jamoa  va  uning 
nufuzi kabi masalalar yechimiga salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur 
ob’yektga  uzoq  davr  mehnat  faoliyatini  bagʻishlash  ham  frustratsiya  holatini 


236 
 
harakatlantiruvchi  safida  asosiy  rol  oʻynashi  mumkin.  Xullas,  har  ikkala  omil 
ham  frustratsiyaning  manbai  vazifasini  oʻtaydi  (bajaradi),  noxush  muvaqqat 
kechinmalar  vujudga  kelishi,  kechishi,  rivojlanishi  jarayonlarini  uzluksiz 
ravishda bajarib turadi. Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientatsiya (qayta 
kasbga  yoʻllash)  ishlari  olib  borilishi  markazlashtirilgan.  maxsus  xodimlar 
kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman boʻyicha ixtisoslar boʻyicha 
yoki  ixtisoslararo  mutaxassislar  roʻyxati  (zaruriyati,  ehtiyoji,  talabi)  bilan  ish 
izlab  kelgan  muhtoj  shaxs  tanishtiriladi.  Aksariyat  mehnat  birjalarida 
psixologlar yetishmaganligi tufayli tasodifiy xodim ish bilan ta’minlash, boʻsh 
oʻrinlarni  toʻldirish  bilan  shugʻullaniladi,  xolos.  Aslida  esa  bu  xizmat  qator 
omillarni  tekshirish,  oʻrganishni  taqozo  etadi,  ilmiy  psixologik  qonuniyatlar 
asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi:  
1. Shaxsning fazilatlari, xarakterologik hislatlari.  
2. Hissiy jabhalari va irodaviy sifatlari.  
3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari.  
4. Ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi.  
5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati.  
6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarogʻligi.  
7. Iqtidori (iste’dodi), qobiliyati, salohiyati.  
8. Kasbiy bilimlari, koʻnikmalari, malakalari, mahorati.  
9. Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e’tiqodi).  
10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.  
11.Izlanuvchanligi,  ijodiy  imkoniyatlari,  innovatsiyaga  nisbatan 
munosabati.  
12. Ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyati.  
13. Ekstravertligi va introvertligi.  
14. Yuksak insoniy tuygʻularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi.  
15. Fidoiylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar.  
Yuqorida  sanab  oʻtilgan  mezonlar  boʻyicha  tekshirish  ishlari  bir  necha 
metodlar, metodikalar orqali koʻp seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. 
Buning  uchun  testlardan  qobiliyatga,  shaxsga,  ijodiyotga,  xotiraga  shaxslararo 
munosabatga  (oid),  maxsus  ishlab  chiqilgan  materiallardan,  maqsadli 


237 
 
vaziyatlardan,  qiyinlashtirilgan  topshiriqlardan,  muammolardan,  psixologik 
treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi.  
Olingan  natijalar  sifat  va  miqdor  jihatdan  tahlil  qilingandan  keyin 
muayyan  xulosalar  chiqariladi.  Xulosalar  asosida  reorientatsiya  sub’yekti 
roziligida  ishga  muhtoj  shaxs taklif  qilingan  kasbga  yoʻnaltiriladi. Ish  joyning 
masofasi, uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli, muammoli jihatlari 
yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki shartnoma qonuniy hujjat ekanligi 
(qiymatiga) zarar keltirmasin (ba’zan kelishuvdan voz kechish holatlari ham yuz 
berib  turadi).  Psixologik  kuzatishlarning  kosatishiga  qaraganda,  reorientatsiya 
(kasb  tanlashga  yoʻllash)  kabi  bosqichlardan  tashkil  topgan  boʻlib,  ular  qisqa 
fursatda  (muddatda)  oʻtishi  bilan  oʻzaro  muayyan  darajada  tafovutlanadi. 
Jumladan,  kasbiy  maorif,  kasbga  yolash,  kasbga  saralash,  kasbiy  moslashish 
tezkorlikda,  mukammal,  oʻziga  xos  xususiyatlari  bilan  tavsiflanadi.  Ayniqsa, 
kasbiy  moslashish davri oziga xos tarzda kechadi, bir bosqich ikkinchisi bilan 
silliq  uzviy  boglanib  ketadi.  Kasbning  moddiy  (iqtisodiy)  tomoni,  ijtimoiy 
faollik  (nufuzga  egalik),  ma’naviy  ta’minlanganlik  (ruhiy  kotarinkilik 
hissiyotining  ustuvorligi)  insonning  qaytatdan  ijtimoiy  hayotdan  oʻz  oʻrnini 
topish  imkonini  yaratadi,  uning  umrini  uzaytiradi,  ruhiy  imkoniyatlari, 
zaxiralari,  potensiyasi,  rezervi  ishga  tushishiga  puxta  negiz  hozirlaydi. 
Reorientatsiya  (qayta  kasbga  yoʻllash)  gumanistik  psixologiya  tamoyillarini 
turmushga  tatbiq  etishga  zarur  shart-sharoitlar  yaratadi.  Inson  omilini 
qadrlashga, butun imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu havas, 
istak-xohish ushalishiga negiz vujudga keltiradi. Koʻp profilli kasb-hunar egalari 
safini  kengaytirishga  xizmat  qiladi,  komillikka  intilish  tuygʻusini  jonlantiradi, 
zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi.  

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish