246
etish, kasb tanlovi yoki uni almashtirish qarorini qabul qilish, karerani
aniqlash,korreksiyalash boshqa kasbga xos boʻlgan masalalarni xal etishni talab
etadi. Kasbshunoslikda barcha, bu muammolar kompleksi kasbiy aniqlanish deb
tushuniladi. Shaxsda kasbiy shakllanish konsepsiyasini tadqiqotchi psixologlar
tomonidan turlicha tushuntirib berilgan. A.Maslou konsepsiyasi boʻyicha, inson
takomillashib borishiga, oʻzini namoyon etishiga boʻlgan intilishi aks etadi.
Uning konsepsiyasida “Aniqlanish” tushunchasi “Oʻzini namoyon etish”
tushunchasi yaqin atama sifatida e’tirof etiladi. P.G.Shedrovskiy “Aniqlanish”
insonning oʻzini oʻzi individual tarixini yaratish qobiliyati sifatida, oʻzligini
aniqlay olishida koʻradi. E.A.Klimov kasbiy anglashni batafsil taxlil etib, uni
“psixik rivojlanishining, nimadir foydali ishni qiluvchilar” professionallar
xamjamiyatining toʻlaqonli ishtirokchisi sifatida oʻzini shakllantirishning muhim
koʻrinishidir.
Kasbiy anglash boʻyicha E.A.Klimovning
fikricha, oson va qisqa muddatli hisoblangan kasb
tanlovi aslida “lahzali kelishuv - butun kelgusi
hayot” formulasi asosida amalga oshiriladi. Shaxsda
rivojlanish yoʻllaridan avval turli mexnat sohalariga
ma’lum munosabat, koʻp kasblar
haqida tasavvur va
oʻz imkoniyatlarini baholash, ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyatda toʻgʻri yoʻl tutishi kasb tanlovining
“zaxira variantlari” va navbatdagi kasbiy anglash
ichki tayyorgarlikka xos boʻlgan boshqa koʻp narsalar xaqida tasavvur
shakllangan boʻladi. E.A.Klimovning fikrini mantiqiy jixatdan umumlashtirib
quyidagicha ta’kidlash mumkin. Kasbiy anglash kasbiy tanlovining bir lahzali
akti bulib qolmaydi va tanlangan mutaxassislik buyicha kasbiy tayyorgarlik
yakuni bilan tugatilmaydi, balki u butun kasbiy hayoti mobaynida davom etadi.
Ushbu konsepsiyaning muhum jihati shundaki, bunda kasbiy anglash taxliliga
tizimli yondoshuv qoʻllaniladi, ammo tadqiqot muammosining faktigina erta
yoshlik yoshi bilan chegaralanishi konsepsiyasining evrestik imkoniyatlarini
cheklaydi. Kasbiy va shaxsiy anglash N.S.Pryajnikovning tomonidan olib
borilgan izlanishlarning predmeti hisoblanadi. Uning konseptual yondashuvi
247
quyidagilardan iborat. Adabiyotlar taxlili, amalga oshirilgan tajriba -
eksperimental tadqiqot N.S.Pryajnikovga kasbiy shakllanishning nazariyasi va
amaliyotini boyitish imkonini beradi. Kasbiy anglash shaxsning boshqa muhim
sohalarida oʻzini namoyon eta olishi bilan uzilmas aloqasini doimo ta’kidlagan
holda, u shunday yozadi: “Kasbiy anglashning mohiyati aniq madaniy-tarixiy
vaziyatda bajariladigan ish va butun hayot mazmunini mustaqil va anglangan
holda topishdadir”.
Do'stlaringiz bilan baham: