4.2. KASBIY FAOLIYAT DARAJALARI VA ULARNI
ANIQLASH YOʻLLARI
4.2.1. Kasbiy faoliyat jarayonida shaxs taraqqiyoti
Kasbiy
faoliyatni
turli
darajada oʻzlashtirgan mutaxassislar
haqidagi tasavvurlar, qolaversa,
kasbiy shakllanish mezonlarining
tavsifi keltirib oʻtilgan. Malakali
kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz
ravishda rivojlantirish extiyoji va
turli ishlab chiqarish sohalarida koʻp
yillik ish staji bilan faoliyat
yuritayotgan shaxsning oʻz imkoniyatlarini toʻliq amalga oshirmasligi shaxsni
har tomonlama kasbiy faoliyatda oʻzini namoyon qilishi muammosini yuzaga
keltirdi. Bu muammolarni xal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi
muvaffaqiyatli sifatli ta’limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas.
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya
doirasida ham oʻrganishni muhimligini koʻrsatib berdi. Kasbiy shakllanish
jarayonini oʻrganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning
ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga
yoʻnaltirilganligidadir. Shuning uchun xam kasbiy yetuklik darajasi ajratib
219
kursatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida
yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi.
Shaxsning kasbiy faoliyat darajalari masalasi koʻpgina mualliflar
tomonidan tadqiq qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan
jarayondir. Koʻpincha mutaxassis shaxsining toʻla tahlil qilish tushib koladi,
shaxsning kasbiy shakllanish boskichi esa hayot yuli bosqichi bilan muvofiq
tarzda koʻrib chiqiladi. Shuning uchun vaqt doirasida qa’tiy chegaralanib qoladi.
Ijtimoiy soxalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini
urganishda insonning imkoniyatlarini toʻliq ochib beruvchi sub’yekt va ijtimoiy
muxit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga axamiyat berish muhimdir. Har bir
ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga
boʻlinishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub’yekt oʻzini
“topgan”, oʻzida va faoliyatida oʻzini oʻzgartirishni xoxlamasligi bilan
tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub’yektning oʻzini oʻzi “qidirishi” bilan
izohlanadi. Bu oʻtish, oraliq holat hisoblanadi.
Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori
darajasiga erishadi. Garmonik aloqalar uchun sub’yekt yaxlit shaxs sifatida
namoyon boʻladi, u sub’yekt-predmet tartibi - rolli niqob sharti bilan
belgilanadi. Bu yerda inson “tarakkiyotning absolyut harakati holatida” boʻladi.
Keyinchalik shaxsni kasbiy shakllanishi borasidagi qarashlarga S.L.Rubinshteyn
ishlari asos bulib xizmat kildi. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini
ifodalovchi ikki usulni ajratib kursatgan. Birinchi usul - bu insondagi barcha
munosabatlar toʻliq emas, balki alohida xodisalariga munosabat doirasiga
kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson hayot sub’yekti hisoblanmaydi,
shu bilan birga undan alohida ham bulmaydi. Bu yerda hayotning oʻzi “tabiiy
jarayon sifatida” namoyon boʻladi, inson hayot tarzi bilan uni toʻldiradi. Bu usul
insonning hayoti oʻzidan oʻzi kechadigan hayot-avtomat aloqalariga kiruvchi
xususiyat sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi usul, ichki refleksiyani namoyon boʻlishi
bilan bogʻlik boʻlib, u “hayotning bu uzluksiz jarayonini toʻxtatib qoʻyishi, uzib
qoʻyishi mumkin va insonning gʻoyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. Inson
gʻoyalar dunyosidan tashkaridagi pozitsiyani egallaydi...”. Bunday
refleksiyaning namoyon boʻlishi hayotiy kadriyatlar tizimini aniqlash bilan
220
bogʻlikdir. S.L.Rubinshteyn aynan shu holat bilan voqelikning yangi usuliga
oʻtish imkoniyatini bogʻlaydi. Bevosita aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar
asosida tiklash ikkinchi usulga oʻtish bilan yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab
“ruhiy boʻshliqqa, axloqiy skeptizmga, axloqiy beqarorlikka yoki boshqa - yangi
anglangan sharoitda axloqiy inson hayotini qurishga yoʻl ochila boshlaydi”.
Sanab utilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki,
shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yoʻq boʻlgan vaziyatda qolganda oʻzining
beqaror “Men” tizimini buzilishlardan saqlab qolaolmasligini anglatadi. Bu
vaziyat ba’zida “oʻzini safarbar etish” holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni
oʻzining namoyon bulishiga koʻra oʻzini oʻzi safarbar etish deb nomlab
boʻlmaydi: tabiatdan, boshqalardan aloxida tarzda anglanmagan voqelikni
yoʻqotish mumkin emas.
Tafovutning boshqa yana bir turi talabaning ona tili yoki meros tilini
yoʻqotish evaziga ingliz tilini oʻrganishidir. Bilingvizmning bunday turi AQSh
va boshqa muhojirlar aralashgan millatlar orasida keng tarqalgan.
Bu vaziyatni tasavvur qiling: muxojirlarning dastlabki avlodlari kelib,
ingliz tilini faqat oʻz ishlarini bajarishga va kundalik ehtiyojlarini tushuntirish
uchun oʻrganadilar, biroq uyda oilasi va doʻstlari orasida oʻzlarining tillarida
soʻzlashadilar. Biroq, ularning farzandlari ingliz tilini oʻrganish va qoʻllashda
kuchli bosimni his qiladilar va bu vaziyat ulardagi merosiy til mahoratini izdan
chiqaradi.
Vaqt oʻtishi bilan bolalar katta boʻlishadi, balki u davrga kelib oʻz
merosiy tilarga qaraganda ingliz tilida yaxshi gapirib yoza olishardir, yoki ona
tillarida, balki oʻz bolalari bilan soʻzlashishni xoxlamasdirlar.
Bu vaziyat dastlab muammo boʻlib koʻrinmasligi mumkin, toki biz
oʻqituvchilardek muxojirlarning bolalariga xuddi talabalardek ustivor boʻlgan
tilni oʻrganiyotganda oʻz masuliyatimizni xis qilmasak. Biroq xaqiqatdan xam
bu oson emas. Izlanishlar shuni koʻrasatadiki, tilni yoʻqotish, talabalarning
Ingliz tilini tez va oson oʻrganish qobiliyati maxratini cheklaydi. Masalan
dastlabki tildagi lugʻatning mavjudligi 2 tildagi lugʻatni oʻrganishda vaqtni
tejadi. Lekin talabalar zaxiradagi ma’lumotni tushinishlari mumkin, agar
oʻzlarining dastlabki tillarni saqlanib qolgan boʻlsa.
221
Dastlabki tilni saqlab qolish juda muhim, agar talabaning barcha tillardagi
bilish darajasi susaygan boʻlsa, shuning uchun soʻzlashuvchi til boʻyicha
muttaxasis yondashuviga muhtojlik sezadi. Bu vaziyatlarda izlanishlar shuni
topadiki, dastlabki tilda xuddi Ingliz tilidagidek soʻzlashuvchi va qoʻllovchi
mutaxassisning yordami ancha samarali boʻladi. Umuman, agar dastlabki tilni
yoʻqotish minimallashtirilsa 2 tillik talabalar sonini koʻpayishiga olib keladi,
shuning uchun tilni saqlab qolishlik talaba va ota ona oʻzaro aloqasini
yaqinlashtiradi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, ta’limning dastlabki yillarida (tilni
yoʻqotish qaysidir darajasida kamaytirilgan boʻlishi mumkin) yuqrida etilgandek
2 tillik dasturlar paralel qoʻllash va kiritish bilan.
Bir necha yillar mobaynida, ammo har doim ham emas, 2 tilni qoʻllovchi
talabalar ragʻbatlantirilgan.
Bundan tashqari, oʻrta maktablarda ba’zi chet tilini oʻrgatuvchi oddiy
sinflarda , Ispan tilini endi oʻrganuvchilarga, bu tilni biluvchi yoniga biriktirilsa,
bu ularga madad boʻladi.
Kasbiy faoliyat san’at darajasigacha koʻtariladi va shaxsning zaruriy
ishtiroki natijasiga koʻra predmetli yoki toʻliq predmetli koʻrinishlarga ajratiladi.
Shunga muvofik tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech
qanday motivning oʻzi yoʻq, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa
boʻldi. Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib koʻrsatish
mumkin, ulardan biri kasbiy faoliyatni endi oʻzlashtirayotgan insonlarga xosdir.
Bu shunday holatki, bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib oʻtgan, lekin
yuqoriroq darajaga erishmagan. Birinchi chiziq oʻzining natijasiga koʻra ikkita
imkoniyatga ega. Ulardan biri - bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar
modusiga) oʻtish. Ikkinchisi - bu bosqichda izlanish va “toʻxtab qolish”dan bosh
tortishdir. Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon
oʻzini “topganligi”, uning oʻzini va oʻz faoliyatini oʻzgartirishni istamasligi
bilan yakunlanadi. Shaxs faoliyatga nisbatan oʻz ehtiyojlarini qondiruvchi vosita
sifatida qaraydi.
Shaxsning faoliyat xarakteri bilan boglik ravishda rivojlanish jarayoni
kator shaxsiy va faoliyat omillarini uziga xosligidan kelib chiqadi. Bu taraqqiyot
222
shaxsning aniq, tipik hayotiy va kasbiy sharoitlarda adekvat hamda ishonchli
harakatlarini ta’minlashga, faoliyatni jadallashtirish uchun zarur bulgan shaxs
tuzilishi va barqaror sifatlarning shakllanishiga yoʻnaltirilgan buladi. Ma’lumki,
maqsadga yoʻnaltirilgan xulk-atvor birinchi navbatda, kasbiy faoliyat uchun
shaxs tarakkiyotini stimullashtiruvchi tashqi faoliyat va ijtimoiy omillar hamda
shaxs xususiyatlarining oʻzaro ta’sirida namoyon buluvchi mexnat sub’yektining
sifatlar tizimini yuzaga kelishi va shakllanishi, aniq xulk-atvor va faoliyat
shakllari uchun xos bulgan shaxs xususiyatlarini shakllanish vaziyatlari bilan
tavsiflanadi. Shu bilan bir vaqtda, shaxsni faoliyatga jalb qilinganligi, uning
maqsad va vazifalarini amalga oshirishga boʻlgan ustanovkalari, sub’yektning
mexnat jarayoniga shaxsning psixologik xususiyatlari orqali aniqlanuvchi yuqori
imkoniyatlarni tadbiq qilish malakasi va mazmuniga moslashishi, kunikishiga
intilishi bilan bogliqdir. Shaxs va faoliyatning oʻzaro aloqasi va oʻzapo ta’siri
jarayoni dinamik xarakterga ega boʻlib, bu jarayon psixologiyada mutaxassis
shaxsini shakllanishi muammosi doirasida oʻrganilgan (Bodrov, 1991; Zeer,
2003; Klimov, 1986, 1996; Kondakov, Suxarev, 1989; Kudryavsev, 1981, 1985;
Kudryavsev, Shegurov, 1983; Povarenkov, 1989; Rean, 2003; Safin, Nikov,
1984 va boshkalar). Bu muammoni oʻrganishning muhim nuqtasi “professional
(mutaxassis) ”, “professionalizatsiya (kasbiy shakllanish) ”, “professionalizm”,
“kompetentlik”, “malaka” va “kasbiy etuklik” tushunchalari hisoblanadi.
Ma’lumki, oxirgi tushuncha (“kasbiy yetuklik”) mehnat sub’yektining muhim
xususiyatlaridan
biri
hisoblanib,
u
mutaxassisning
shakllanish
(professionalizatsiya) jarayoni va uning natijasi (“professionalizm”,
“kompetentlik”, “malaka”) sifatida namoyon boʻladi. “Kasbiy yetuklik”
tushunchasining moxiyati qator jahon psixologlarining (Derkach, 2002;
Derkach, Zazыkin, 1998; Zeer, 2003; Noskova, 2000; Povarenkov, 1999; Rean,
2003; Tolochek, 2005) tadkikotlarida urganilgan, lekin mexnat sub’yektining bu
xususiyatlarini shakllanish jarayoni, uning kasbiy faoliyatda namoyon boʻlishini
oʻziga xos jihatlari va mutaxassis shaxsini shakllanishining boshqa
komponentlar bilan oʻzaro aloqasining harakterli tomonlari hali yetarlicha
oʻrganilmagan. “Shaxs yetukligi” tushunchasi yuqori darajada shaxsiy,
psixologik, ijtimoiy va kasbiy rivojlanganlik bilan tavsiflanib, uning tashqi
223
voqelikka nisbatan adekvat munosabatida, ma’naviy-axloqiy, etnik, madaniy,
kasbiy va boshqa me’yorlarni oʻzlashtirishi hamda jamiyatdagi xulk-atvor
me’yorlari, muloqot va ong, pozitiv motivlarning namoyon boʻlishida,
qadriyatlar tizimi, mazmuni hamda organizm va psixikaning funksional
resurslarida aks etadi. Bu tushuncha shaxsning individ, shaxs, mexnat sub’yekti
sifatidagi taraqqiyotining oʻziga xos xususiyatlariga asoslangan aniq bir yosh
davrini tavsifnomasi uchun keng qoʻllaniladi. Yetuklik - bu shaxs
rivojlanishining shunday darajasiki, bunda shaxs oʻzining fuqarolik, oilaviy,
kasbiy va boshqa majburiyatlarini toʻliq bajarishga qodir boʻladi, qolaversa,
jamiyatning aniq soxalarida va mexnat faoliyatida samarali ishtirok etadi.
“Taraqqiyotni taxlil qilish bu jarayonning oʻta murakkab va ziddiyatli ekanini
kursatmoqda: inson organizmining turli tizimlaridagi taraqqiyotning yuqori
darajaga erishishi uchun turlicha vaqt sarflanganligi sababli uning psixikasi oʻta
sodda va juda murakkabdir hamda uning evolyusiyasini boshlanishidagi
geteroxronlik va kechishidagi tezlikning noadekvatligi kuzatiladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |