225
oshirish xodisasi sodir bula boshlaydi. Shu bilan bir vaqtda, ularning oʻz-oʻziga
xaddan ortiq yuqori yoki past baho berishlari, depressiya, oʻzining ijtimoiy va
mexnat mavqeidan qoniqmaslik xissi, stressga barqarorlikni pasayib ketishi
bilan kuzatiladi.
Mualliflarning ta’kidlashlaricha, motivatsiya tuzilishida qisqa vaqt ichida
va toʻliq shaklda rejalashtirilgan natijalarga erishish istagining kuchi negizida
qoʻzgʻatuvchi extiyojlarni qondirishga yunalganlik yotadi. Harakatlarni
faollashtiruvchi asosiy motivlar - ijodiy potensialni amalga oshirish ga intilish,
oʻzining bilim, tajriba, faoliyat natijalarini kelgusi avlodlarga yetkazish, oʻzining
va yaqinlarining xavfsizligini ta’minlash, oʻzining ijtimoiy va kasbiy mavqeini
tartibga keltirish, hayotiy rejalarini amalga oshirishda yaqinlariga yordam
berish, keksalik davrida tinch va farovon hayot kechirishga tayyorlanish va
boshqalar hisoblanadi. Bu yosh davri uchun hayotga oʻzgacha
nazar bilan qarash
va chuqur mushohada qilish, shaxsiy, oilaviy va kasbiy soxalarda avval qabul
qilingan qadriyatlar tizimini qayta koʻrib chiqish kabi xususiyatlar xosdir.
Majburiy hayotiy va kasbiy oʻzgarishlar faqatgina stressni rivojlanishiga zamin
xozirlabgina qolmasdan, balki avval qabul qilingan hayotiy rejalar va
motivlarning oʻzgarishi, qolaversa ulardan voz kechishga olib kelishi mumkin.
Yetuklik davrida “Men”-konsepsiyasi shaxsning oʻzi va atrof-muhit haqidagi
yangi tasavvurlari bilan boyidi. “Men”-konsepsiyasi shaxsning konseptual
negizini boyishi natijasida rivojlanadi. Uning asosida axlokiy normalar, xuquq
va shaxsiy qadriyatlar negizida shaxsning oʻzini oʻzi faollashtirishi yotadi.
SHaxsning oʻziga nisbatan realistik, ongli munosabati uning shaxsiy “Men”iga
yunaltirilgan emotsiyalarni boshqarish imkonini beradi. Oʻz-oʻziga baho berish
umumiy xarakterga ega boʻlib, ularning “proeksiyasi” turli vaziyatlarda
namoyon buladi. “Men obrazi” ijtimoiy rollarni qabul qilish va shaxsiy mavqeni
tiklash bilan bogʻlik ravishda boshqa shaxslarning (bolalar, oʻquvchilar va
boshqalarning) taraqqiyotini ta’minlashga yunaltirilgan boʻladi. Yetuklik
davrida yetakchi faoliyat mehnat hisoblanadi.
Kasbiy faoliyatda orttirilgan tajriba muhim ahamiyatga ega. Muloqot va
shaxslararo munosabatlarning axamiyatini kuchaytiruvchi oraliq va
boshqaruvchi funksiyalar bilan bogʻliq xolda kasbiy xulq-atvorning yangi
226
shakllari rivojlanadi va namoyon buladi. Faoliyat soxasining doirasi kengayadi,
yangi xulq-atvor strategiyalari yuzaga keladi, shaxsiy mexnat jarayoni va uning
natijalariga hamda boshqa mutaxassislarga nisbatan mas’uliyatlilik hissi ortadi.
Oilaviy hayotdagi barqarorlik, maqsadga muvofiqlik bilan tavsiflanib, bolalarga
va qariyalarga yordam berishga boʻlgan extiyoj kuchayadi. Mexnat
yuklamasining kattaligi, funksional zaxiralarning susayishi va unga nisbatan
e’tibor hamda vaqtning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklashga sarflanishi
natijasida shaxsda dam olishni tashkil qilinishi biroz cheklanadi. Demak,
yetuklik davrining oʻziga xos tomonlari mexnat faoliyatining muhim ta’sir
darajasi, hayotiy va mexnat motivlarining shakllanishi va amalga oshishi,
adekvat “Men” - konsepsiyasining tarkib topishi, shaxsiy imkoniyatlarning
shaxsiy maqsad va rejalar bilan muvofiqligi, ma’naviy-mazmuniy
ustanovkalarning amalga oshishi bilan shartlangan shaxs tuzilishining turli
komponentlarini progressiv rivojlanishida aks etadi. Qolaversa, bu davrda
me’yoriy inqirozlar va shaxs deformatsiyasi kuzatiladi, bu esa shaxs
taraqqiyotining pozitiv tendensiyasi buzilganligidan, xattoki, shaxs tuzilishidagi
ayrim komponentlarning namoyon bulishi va holatiga hamda shaxs xulq-
atvoriga salbiy ta’sir qilayotganidan dalolat berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: