Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   231
Bog'liq
Educational materials

21.1-jadval.
Balans hisoboti tarkibi 
 
Aktivlar Passivlar 
Asosiy 
kapital 
Ishlab chiqarish oldi xarajatlari
Aktsiyador 
kapitali 
va 
zahiralari 
Doimiy 
kapital 
Asosiy kapitalga investitsiyalar
Uzoq 
muddatli 
majburiyatlar 
Joriy 
aktivlar 
Aylanma 
kapital 
hisob-
kitobdagi mablag’lar 
Qisqa 
muddatli 
majburiyatlar 


Asosiy kapitaldagi investitsiyalarni aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan, ishlab 
chiqarish oldi xarajatlaridan va rejalashtirilgan sof aylanma kapitaldagi 
ko’rsatkichlardan kelib chiqib, ko’rilayotgan loyiha uchun to’liq boshlang’ich 
xarajatlarni hisoblash mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, to’liq investitsiya 
xarajatlarini fazalar bo’yicha ajratishda, birinchi navbatda, boshlang’ich 
investitsiyalarni, undan keyin qurilish ob’ekti to’liq quvvatga chiqguncha 
bo’ladigan barcha keyingi o’zgarishlarni qo’shish kerak. 
21.2. Amortizatsiyaning investitsiya loyihasi muddatini aniqlashdagi 
roli. Moddiy va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. 
O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 5-sonli 
BHMS “Asosiy vositalar” (2003 yil 9 oktyabr, 114-son) “Buxgalteriya hisobi 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan hamda 
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish 
tizimining elementi hisoblanadi. 
Mazkur standartda qo’llaniladigan atamalar: 
a) asosiy vositalar — korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik 
faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar 
ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga 
oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar; 
b) amortizatsiyalanadigan qiymat — kutilayotgan (baholangan) tugatish 
qiymatini chegirgan holda moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilgan aktivning 
boshlang’ich (tiklash) qiymati summasi. Boshlang’ich qiymati qo’shimcha qurish, 
qo’shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruktsiya, modernizatsiya 
qilish, texnik qayta qurollantirish ishlari bo’yicha xarajatlar summasiga oshirilgan 
asosiy vositalar uchun amortizatsiyalanadigan qiymat bo’lib, ushbu ishlar 
tugatilganidan so’ng kutilayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chiqarib 
tashlagan holda mazkur asosiy vositalar ekspluatatsiyaga kiritilgan paytda 
aniqlangan ularning qoldiq (balans) qiymati hisoblanadi; 
v) amortizatsiya — foydali xizmat muddati mobaynida aktivning 
amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan 
holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga tizimli 
taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasi; 
g) foydali xizmat muddati — korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri 
yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo’ljallayotgan mahsulot 
(ishlar va xizmatlar) miqdori. Qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar 
bilan ta’minlash, rekonstruktsiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta 
qurollantirish bo’yicha ishlar tugatilganidan so’ng foydalanishga kiritilgan asosiy 
vositalar uchun foydali xizmat muddati bo’lib ushbu ishlar tugatilganidan so’ng 
mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytdan boshlab korxona 
tomonidan asosiy vositalardan foydalaniladigan vaqt davri yoki korxona ushbu 
asosiy vositalardan foydalanishdan olishni kutayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
miqdori hisoblanadi; 
d) boshlang’ich qiymat — asosiy vositalarni yaratish (qurish va qurib 
bitkazish) yoki xarid qilish bo’yicha qilingan xarajatlarning qiymati, shu jumladan 


to’langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig’imlar), shuningdek aktivni undan 
maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita 
bog’liq bo’lgan etkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va 
istalgan boshqa xarajatlar; 
e) joriy qiymat — ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo’yicha 
asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni 
xohlovchi, mustaqil taraflar o’rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish 
yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo’lgan summa; 
j) qoldiq (balans) qiymat — jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan 
holda asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati; 
z) tugatish qiymati — asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha 
kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati 
oxirida asosiy vositalarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning kutilayotgan 
summasi. 
4. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o’zida javob 
beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: 
a) bir yildan ortiq xizmat muddati; 
b) bir birlik (to’plam) uchun qiymati O’zbekiston Respublikasida (xarid 
paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq 
bo’lgan buyumlar. 
Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga 
olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilash huquqiga ega. 
Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar 
tarkibiga kiritilmaydi: 
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyalab va 
ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun 
mo’ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar); 
b) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal; 
v) ko’rpa-to’shaklar; 
g) kantselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo); 
d) oshxona inventari, shuningdek oshxona choyshablari; 
e) barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan 
vaqtinchalik (notitul) inshooatlar, moslamalar va qurilmalar; 
j) foydalanish muddati bir yildan kam bo’lgan almashtiriladigan uskunalar; 
z) ovlash qurollari (trallar, yoyma to’rlar, to’rlar, jihozlar, merejlar va 
hokazo). 
Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga 
topshirilgan er uchastkalari ham hisobga olinadi. 
Ko’p yillik ko’chatlarga, erni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy 
vositalar ob’ektlariga kapital qo’yilmalar har yili butun ishlar majmui yakunlangan 
sanadan qat’iy nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy 
vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. 
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti 5-sonli BHMSda 
amortizatsiya xarajatlarini hisoblash usullari yoritilgan. 


Asosiy vositalar qiymati amortizatsiya hisoblash yo’li bilan qoplanadi. 
Amortizatsiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat muddati mobaynida sub’ekt 
xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida tizimli taqsimlanadi. 
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur 
ob’ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki 
sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati 
to’liq qoplangunga yoxud ushbu ob’ekt balansdan hisobdan chiqarilgunga qadar 
amalga oshiriladi. 
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur 
ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq qoplangan yoki ushbu ob’ekt 
balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida 
to’xtatiladi. 
Asosiy vositalarni foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya 
ajratmalarini hisoblash to’xtatilmaydi, asosiy vositalar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda konservatsiya qilishga o’tkazilgan holatlar, shuningdek ularni 
to’liq to’xtatish sharti bilan ob’ektni qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-
uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruktsiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta 
qurollantirish davri bundan mustasno. 
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot 
davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’iy nazar amalga oshiriladi va u 
tegishli bo’lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 
Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi: 
a) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob’ektlar (suv, er 
osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar); 
b) mahsuldor chorva mollari; 
v) axborot-kutubxona fondi; 
g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan 
asosiy vositalar; 
d) muzey ashyolari; 
e) moddiy madaniy meros ob’ektlari; 
j) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari, yo’laklar, sayilgohlar, 
xiyobonlar, 
mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
organlari 
tasarrufida 
bo’lgan 
obodonlashtirish inshootlari; 
z) to’liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar. 
Amortizatsiya quyidagi usullarni qo’llash yo’li bilan hisoblanadi: 
a) amortizatsiyani bir maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash. 
Amortizatsiyani bir maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida 
amortizatsiya asosiy vositalarni foydali xizmat muddati mobaynida ularning 
amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda bir maromda, teng 
ulushlarda hisoblanadi. 
Mazkur usulga ko’ra asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymati 
uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda hisobdan 
chiqariladi (taqsimlanadi). Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining 
faoliyatiga bog’liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari 


summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni asosiy vositalardan foydalanilgan 
hisobot davrlari soniga bo’lish yo’li bilan hisoblanadi. 
Amortizatsiyani bir maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida 
amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalarning amortizatsiya 
qiymati va mazkur ob’ektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi; 
b) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash 
(ishlab chiqarish usuli). 
Amortizatsiya hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi 
asosiy vositalarning ishlab chiqarish quvvati hisobga olishga asoslangan. 
Mazkur usul bo’yicha amortizatsiyaning har yilgi qiymatini hisoblash uchun 
butun foydali xizmat muddatidagi umumiy baholangan ishlab chiqarish quvvati 
yig’indisini va mazkur muayyan yildagi ishlab chiqarish quvvatini aniqlash lozim. 
Ishlab chiqarish quvvati sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, 
ishlangan soatlar soni, bosib o’tgan tonna-kilometrlar soni va boshqalar olinishi 
mumkin. 
Amortizatsiya hisoblashning ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya 
ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining 
natural ko’rsatkichidan hamda asosiy vositalar amortizatsiyalanadigan qiymatining 
asosiy vositalar butun foydali xizmat muddatida nazarda tutilayotgan mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Asosiy vositalardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-texnikaviy 
jarayonning katta ta’sirida asosiy vositalar amortizatsiyasi quyidagi usullarda 
hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo’li bilan ifodalanadi: 
a) ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli; 
b) yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul). 
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli 
amortizatsiya hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati 
kamayishini anglatadi. 
Mazkur usulga ko’ra bir maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulidan ikki 
baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi asosiy vositaning tegishli 
qoldiq qiymatiga ko’paytiriladi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni 
kamaytirish usuli bo’yicha amortizatsiya hisoblashda kutilayotgan tugatish qiymati 
boshlang’ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi. 
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida yillik 
amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalarning hisobot yili boshidagi 
qoldiq qiymatidan va mazkur ob’ektni foydali xizmat muddatidan kelib chiqib 
hisoblangan amortizatsiya me’yorining ikki baravaridan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. 
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida asosiy 
vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash ushbu ob’ektlarning balans 
(qoldiq) qiymati ularning tugatish qiymatiga teng bo’lgan vaqtda tugatiladi. 
Yillar yig’indisi usuliga (kumulyativ usulga) ko’ra har yilgi amortizatsiya 
me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan 
qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga 


qadar qoladigan to’liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar 
tartib sonlari yig’indisiga bo’lish orqali aniqlanadi. 
Yillar yig’indisi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining 
yillik summasi asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan hamda 
suratida ob’ektni foydali xizmat muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, 
maxrajida esa — ob’ektni foydali xizmat muddati yillari soni yig’indisining 
nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 7-sonli 
BHMS “Nomoddiy aktivlar” (2005 yil 25 mart, 35-son) “Buxgalteriya hisobi 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan hamda 
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish 
tizimining elementi hisoblanadi. 
Mazkur standartda qo’llaniladigan atamalar: 
a) nomoddiy aktivlar — korxona tomonidan uzoq muddat mobaynida ishlab 
chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida 
foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish 
uchun ushlab turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan 
identifikatsiyalanadigan mol-mulk ob’ektlari. 
b) amortizatsiya — foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning 
amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga tizimli taqsimlash va kiritish; 
v) amortizatsiyalanadigan qiymat — kutilayotgan (baholangan) tugatish 
qiymatini chegirgan holda aktivning boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati summasi; 
g) foydali xizmat muddati — korxona tomonidan aktivdan foydalanish 
ko’zda tutilgan davr yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni 
mo’ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori; 
d) boshlang’ich qiymat — nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki 
sotib olish bo’yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymati (pul 
mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoxud boshqa to’lovlarning 
joriy qiymati), shu jumladan to’langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig’imlar), 
shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishga yaroqli 
holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar qiymati; 
e) tugatish qiymati — nomoddiy aktivning chiqib ketishi bo’yicha 
kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat muddati oxirida 
aktivni tugatish chog’ida olinishi kutilayotgan, aktivning taxmin qilinayotgan 
(baholangan) summasi. 
j) joriy qiymat — ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo’yicha 
nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni 
xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar o’rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni 
sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo’lgan summa; 
z) qoldiq (balans) qiymat — nomoddiy aktiv moliyaviy hisobotda 
(buxgalteriya balansida) aks ettiriladigan qiymat va u boshlang’ich (qayta tiklash) 
qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi; 
i) faol bozor — oldi-sotdi ob’ektlari bir turda (bir xil) bo’lgan va har qanday 
vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni 


topish mumkin bo’lgan, shuningdek narxlar haqidagi ma’lumotlar oshkor 
(hammabop) bo’lgan bozor; 
k) mutlaq huquq — bu qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqatgina 
huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxsga berilishi 
mumkin bo’lgan mulkiy huquq. 
Nomoddiy aktivlarni ta’rifi aktivdan xo’jalik faoliyatida foydalanilishni va u 
moddiy qiymatga ega bo’lmasligini talab qiladi. Agarda moddiy mohiyatga ega 
bo’lmagan (pul mablag’lari ko’rinishida bo’lmagan) aktivlar yuridik huquqlar, 
jumladan mulk huquqi bilan o’zaro munosabatda bo’lishi mumkin bo’lgan va 
ulardan uzoq muddat davomida foydalanilgan taqdirda nomoddiy aktivlar ta’rifiga 
javob beradi. 
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda 
bir vaqtning o’zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak: 
a) moddiy-ashyoviy tuzilishga (shaklga) ega bo’lmasligi; 
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar 
ko’rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funktsiyalari uchun uzoq 
muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 
oydan oshadigan bo’lsa, oddiy operatsion tsikl mobaynida foydalanish. Bunda 
aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun O’zbekiston Respublikasida 
belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida ellik 
baravarini tashkil qiladi. Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga 
olish maqsadida hisobot davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini 
belgilashga haqli; 
v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo’ljallamaydi; 
g) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo’lgan mutlaq huquqning 
mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarning 
(patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar 
belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasining) mavjudligi; 
d) identifikatsiya qilish imkoniyati. 
Nomoddiy aktiv identifikatsiya qilinadigan bo’lib hisoblanadi, agarda u 
quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa: 
a) ajraladigan bo’lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo’lsa hamda sotish, berib 
yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog’liq aktiv, kontrakt yoki 
majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo’lsa. 
Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning 
(shu jumladan o’rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv 
ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun 
dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi 
hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli bo’lsa, u nomoddiy aktiv 
hisoblanadi;
b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va 
majburiyatlardan ajraladigan bo’lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa 
yuridik huquqlardan paydo bo’ladi. 


Nomoddiy aktivlarning qiymati amortizatsiya hisoblash yo’li bilan 
qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat foydali xizmat muddati mobaynida 
korxona xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida tizimli taqsimlanadi. 
Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini aniqlashda quyidagi 
omillarni e’tiborga olish lozim: 
a) nomoddiy aktivning kutilayotgan foydali xizmat muddati; 
b) ishlab chiqarishni o’zgartirish va yaxshilash natijasida yoki mazkur aktiv 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga (ishlarga, xizmatlarga) nisbatan 
bozor talablarining o’zgarishi natijasida texnik eskirishi; 
v) aktivdan foydalanishdagi yuridik va boshqa cheklovlar (masalan, foydali 
xizmat muddatining tugashi bilan bog’liq bo’lgan cheklovlar). 
Amortizatsiya quyidagi usullarni qo’llash yo’li bilan hisoblanadi: 
a) amortizatsiyani bir maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash. 
Amortizatsiyani bir maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida 
amortizatsiya nomoddiy aktivlarni foydali xizmat muddati mobaynida ularning 
amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda bir maromda, teng 
ulushlarda hisoblanadi. 
Mazkur usulga ko’ra nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan qiymati 
uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda hisobdan 
chiqariladi (taqsimlanadi). Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining 
davom etish vaqtiga bog’liqligiga asoslangan. 
Amortizatsiyani bir maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida 
amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi ushbu nomoddiy aktivning 
amortizatsiyalanadigan qiymati va foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi; 
b) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash 
(ishlab chiqarish) usuli. 
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yilda 
nomoddiy aktivdan foydalanishdan olinadigan mahsulotlarni hisobga olishga 
asoslangan. 
Mazkur usul bo’yicha amortizatsiyaning har yilgi qiymatini hisoblash uchun 
butun foydali xizmat muddatidagi umumiy baholangan ishlab chiqarish quvvati 
yig’indisini va mazkur muayyan yildagi ishlab chiqarish quvvati aniqlash lozim. 
Ishlab chiqarish quvvati sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, 
ishlangan soatlar soni va boshqalar olinishi mumkin. 
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya 
ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining 
natural ko’rsatkichidan hamda amortizatsiyalanadigan qiymatning nomoddiy aktiv 
butun foydali xizmat muddatidagi nazarda tutilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Nomoddiy aktivlardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-
texnikaviy jarayonning katta ta’sirida nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi quyidagi 
usullarda hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo’li bilan ifodalanadi: 
a) ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli; 
b) yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul). 


Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuliga ko’ra 
amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot yili boshidagi nomoddiy 
aktivning qoldiq qiymatidan va mazkur nomoddiy aktivning foydali xizmat 
muddatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan 
kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni 
kamaytirish usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblashda kutilayotgan tugatish 
qiymati boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan chegirilmaydi. 
Yillar yig’indisi usuliga (kumulyativ usulga) ko’ra har yili amortizatsiya 
me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan 
qiymatdagi ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga 
qadar qoladigan to’liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar 
tartib sonlari yig’indisiga bo’lish orqali aniqlanadi. 
Yillar yig’indisi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining 
yillik summasi nomoddiy aktivning tugatish qiymati ayrilgan holda boshlang’ich 
(qayta tiklash) qiymatidan hamda suratida nomoddiy aktivning foydali xizmat 
muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa — nomoddiy 
aktivning foydali xizmat muddati yillari soni yig’indisining nisbatidan kelib 
chiqqan holda aniqlanadi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish