-
daromadlar, foyda va dividendlar to’g’risida qarorlar qabul qilish nuqtai
nazaridan dolzarb hisoblanadi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, joriy akivlarni baholash korxona
faoliyatining zararsizligini ta’minlash dastagi hisoblanadi.
Korxona aktivlarini, xususan, joriy aktivlarni
baholash ular holati va
tarkibini o’rganish asosida aktivlarni boshqarish yuzasidan to’g’ri va aniq qarorlar
qabul qilish imkonini beradi. Bu esa kapital harakatining uzluksizligi, doimiyligi,
tez aylanuvchanligi va samaradorligini oshirish bo’yicha ishonchli chora-
tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Shunga ko’ra, korxona aktivlarini har
doim baholab borish ularni samarali boshqarish orqali korxonada
ishlab
chiqarishning maromiyligini ta’minlash bo’yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur
ma’lumotlarni olishga xizmat qiladi. O’z navbatida, olingan tahlil natijalari
korxona kapitalini boshqarishdagi mavjud muammolarni ham aniq ko’rsatib
beradi. Quyidagi sxema «korxona – kapital - boshqarish» munosabatlari mantig’ini
ochib berishga xizmat qiladi.
Joriy aktivlarning tarkibi va zarurligini o’rganishda
quyidagi ikkita asosiy
tushunchalarni farqlab olish zarur bo’ladi:
1. Yalpi aylanma kapital – bu xom ashyo zahiralari, tugallanmagan ishlab
chiqarish, tayyor mahsulotlar, qadoqlangan materiallar, ehtiyot qismlar, debitorlik
qarzlari, pul mablag’lari va kelgusi davr xarajatlari yig’indisi.
2. Sof aylanma kapital – bu joriy aktivlardan joriy majburiyatlarni, ya’ni
qisqa muddatli qarzdorlik, qisqa muddatli qarzlar va
ayrim hollarda mijozlarning
depozitlari (joriy faoliyat uchun muhim hisoblanmagan qisqa muddatli
qo’yilmalar) dan tashkil topgan qisqa muddatli majburiyatlarning ayirmasidan
hosil qilingan natija.
Korxonaning kelgusi faoliyatini loyihalashtirayotganda jami aylanma kapital
kabi sof aylanma kapitalni ham baholash zarur hisoblanadi. Odatda, ular korxona
jami xarajatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida talqin etiladi. Sof aylanma
kapitalga bo’lgan talablar, asosan, o’rta muddatli kreditlar yoki aktsiyador
kapitalini ko’paytirish hisobiga qoplanishi mumkin. Tajriba shuni ko’rsatadiki,
investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda aylanma kapitalga bo’lgan talab
xarajatlarning boshqa turlariga nisbatan to’g’ri baholanmaydi. Bu hol, ayniqsa,
sanoat ishlab chiqarishida aylanma kapitalga bo’lgan talablarning to’g’ri
hisobga
olinmasligida yaqqol ko’zga tashlanadi. Yana bir jihati esa, rivojlangan
mamlakatlardagiga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlarda xom ashyo va tovar-
moddiy qiymatliklarining katta zahirasini hosil qilish zaruriyati mavjudligi
hollarida barcha sharoitlardan kelib chiqib, aylanma kapitalga talablarning to’g’ri
hisobga olinmasligidir. Bundan tashqari, turli sohalarda aylanma kapitalga talablar
turlichaligini hisobga olmoq ham zarur. Masalan, kommunal loyihalar bo’yicha
(energiya va suv ta’minoti) sanoat loyihalariga nisbatan aylanma kapitalga nisbatan
kam darajadagi talablar kuzatiladi.
Sof aylanma kapital qisqa muddatli majburiyatlarni hisobdan chiqarib
tashlagan holda joriy aktivlarni (tovar-moddiy
zahiralar summasi, tez sotiluvchi
qimmatli qog’ozlar va h.k.) birlashtiradi.
Sof aylanma kapital investitsiya loyihasi uchun zarur bo’lgan boshlang’ich
kapital qo’yilmalarning ma’lum bir qismini o’zida namoyon etadi, chunki u
korxona ishlarini moliyalashtirish uchun talab etiladi. Qisqa muddatli
majburiyatlardagi yoki joriy aktivlardagi har qanday o’zgarishlar, ya’ni ishlab
chiqarish hajmining yoki tovar-moddiy zahiralarining ko’payishi yoki kamayishi
moliyaviy ehtiyojlarga ta’sir etadi.
Aylanma kapital uzoq muddatli majburiyatlar
yoki aktsiyadorlik kapitali
evaziga moliyalashtirilishi lozim.
Investitsiya loyihalarini tahlil etishda boshlang’ich aylanma kapitaldagi
ehtiyojlarni baholashda xarajatlar, shuningdek korxonani ishlatish davrida yuzaga
keladigan o’zgarishlar hisobga olinganligi chuqur tahlil etilishi lozim.
Aylanma kapitalni doimiy va o’zgaruvchan (vaqtinchalik) kapital sifatida
tasniflash lozim.
Doimiy aylanma kapital - bu talabni minimal (eng past) darajada qondirish
uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni yaratishdagi talab etiladigan mablag’lar
summasi. Shuni ta’kidlash joizki, doimiy aylanma kapitalni ifodalovchi mablag’lar
xo’jalik jarayonini hech qachon tashlab ketmaydi.
O’zgaruvchan (vaqtinchalik) aylanma kapital har doim ham foydali
qo’llanilavermaydi. Masalan, mavsumiylik xususiyatiga ega bo’lgan
loyiha
bo’yicha olib boriladigan faoliyat hosil yig’imi mavsumida nisbatan ko’p
o’zgaruvchan (vaqtinchalik) aylanma kapitalni talab etadi. Shuning uchun joriy
aktivlarga vaqtinchalik investitsiyalangan kapitalni (masalan, hosil yig’imi
davridagi paxta zahirasi) hosil qilishda uning qaytishiga imkon beruvchi
manbalardan olish lozim bo’ladi (masalan, bank ssudasi va boshqalar).
“Sof aylanma kapital” tushunchasi aktivlarning xususiyati va summalarini
aniqlashda ishlatiladi va bunda qisqa muddatli majburiyatlarni to’lashda
qo’llaniladi. Qarzlar to’langandan keyin qoladigan summa kelgusi ishlab chiqarish
ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi.
Agar analitik aylanma kapitalning doimiy va o’zgaruvchan kapital sifatida
tasniflanishiga e’tirozli munosabati bo’lmasa, u holda sof aylanma kapital aylanma
kapitalning o’rtacha uzoq muddatli darajasi sifatida qo’llaniladi va u o’rta yoki
uzoq muddatli moliyalashtirish yoki aktsiyadorlik kapitali hisobiga qoplanishi
lozim.
Investitsiya aylanma kapitali summasi optimal bo’lishi, ya’ni jarima
to’lovlaridan saqlanish uchun unchalik katta yoki kichik bo’lmasligi
kerak ham
emas.
Aylanma kapital sinchkovlik bilan nazorat qilinishi va baholanishi kerak.
Debitorlar - mahsulotni sotish sharti sifatida xaridorlarga berilgan tijorat
kreditlari, o’z navbatida, bu bo’limning hajmi ushbu firmaning kreditga nisbatan
sotish siyosati bilan aniqlanadi. Debitorlik summasini (qarzini) quyidagi formula
orqali aniqlash mumkin:
Kredit muddati (oylarda)
Debitorlar = -------------------------------------- x Yillik yalpi sotish
12
hajmi qiymati
Bunday hisob-kitoblar har bir sotish jarayonida bajarilishi kerak. Yillik yalpi
sotish hajmining qiymati sotilgan mahsulotga ketgan xarajatlardan (ya’ni, ishlab
chiqarish xarajatlari + marketing va sotish xarajatlari) amortizatsiya va foizlarni
ayirish yo’li bilan hisoblanishi lozim.
Tovar-moddiy qiymatliklari kerakli miqdordagi aylanma kapital miqdorini
tashkil etishda muhim o’rin tutadi. Shu sababliaylanma kapitaldagi ehtiyojlarga
tovar-moddiy zahiralar shakli bilan bog’liq kapital summasi sezilarli ta’sir
ko’rsatadi. Tovar-moddiy zahiralarini lozim topilgan eng past darajagacha tushirish
vazifasi muhim masala hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, tovar-moddiy zahiralari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: