Educational materials


§azna va bankdagi naqd pullar aylanma kapitalning tarkibiy



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   231
Bog'liq
Educational materials


§azna va bankdagi naqd pullar aylanma kapitalning tarkibiy 
o’zgaruvchanligi va faol harakatiga katta va eng tez ta’sir ko’rsatishi bilan aylanma 
kapitalning boshqa tarkiblaridan ajralib turadi. §aznadagi naqd pullar summasini 
kutilmagan holatlarda aylanma kapital zahirasiga qo’shilgan holda ham ko’rish 
mumkin. Bank hisob-raqamidagi pul mablag’lari korxonaning sof aylanma kapital 
zahirasini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.
Kreditorlik qarzlari (to’lovlar uchun hisoblar) hajmi mol etkazib 
beruvchilarga beriladigan kredit shartlariga bog’liq. Xom ashyo, asosiy va 
yordamchi materiallar, xizmatlar, odatda, to’lov yuz berayotgan davrda muayyan 
vaqtga kreditga sotib olinadi. 
Soliqlar to’lovi bo’yicha to’plangan qarzdorliklar ham aniq bir davr 
mobaynida to’lanadi va to’lov uchun hisoblarga o’xshash boshqa moliyaviy manba 
ham bo’lishi mumkin. Korxona ishchilariga to’lanadigan ish haqiga taalluqli 
to’lovlar ham tegishlidir. Kredit bo’yicha bunday to’lovlar (kreditorlik qarzlari) sof 
aylanma kapitalning talab qilingan summasini qisqartiradi. 
Shuni tushunish muhimki, investitsiyalar uzoq muddatli qo’yilmalarni 
anglatganligi va shuning uchun ular uzoq muddatli resurslar hisobidan (aktsiyador 
yoki qarz mablag’lari) moliyalashtirilishi lozimligi sababli investitsiya bilan 
bog’liq kreditorlik qarzlari aylanma kapitaldagi talablar hisob-kitobidan 
chiqarilishi lozim. 
Sof aylanma kapitaldagi ehtiyojlarni hisoblashda qisqa muddatli 
majburiyatlar va joriy aktivlarni qoplash uchun minimal kunlar sonini aniqlash 
lozim. Undan keyin yillik umumishlab chiqarish va ishlatish (ekspluatatsiya) 
xarajatlarini hisoblash kerak, shuningdek sotilgan mahsulotga ketgan xarajatlar 
joriy aktivlarning bir qancha komponentlarining qiymati kabi ushbu 
ko’rsatkichlarda aks ettiriladi. Korxona to’liq ishga tushirilishi sababli, aylanma 
kapitalga ehtiyoj qanchalik ko’paysa, bunday holda ishlab chiqarish boshlanishi 
davridan to to’liq quvvatga o’tishi uchun yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar 
hisoblanishi lozim. 
Agar korxona etarlicha naqd pul mablag’lari zahiralarini barpo etgan bo’lsa 
(o’zini-o’zi moliyalashtirish imkoniyatlari), unda tashqi manbalar hisobidan 
aylanma kapitalning sof o’sishini moliyalashtirishdagi zaruriyatga barham beriladi. 
Korxonada joriy aktivlarning etarliligi qisqa muddatli majburiyatlarni 
qoplash imkoniyati mavjudligini ko’rsatadi. Qisqa muddatli majburiyatlar va joriy 
aktiv komponentlari uchun mablag’larning aylanuvchanlik koeffitsientini aniqlash 
orqali mavjud ahvol to’g’risida aniq natijani hosil qilish mumkin. Bu esa 360 
kunni minimal qoplanish kuniga bo’lish yo’li bilan amalga oshiriladi. Shundan 


so’ng qisqa muddatli majburiyatlar va joriy aktivlarning har bir moddasi bo’yicha 
xarajatlar miqdori tegishli aylanuvchanlik koeffitsientiga bo’linadi. Oxirida ishlab 
chiqarishning turli xil bosqichlari uchun sof aylanma kapitalga ehtiyoj joriy 
aktivlar summasidan qisqa muddatli majburiyatlarni olib tashlash yo’li bilan 
aniqlanadi. 
Talab qilinadigan g’aznadagi naqd pullar alohida hisobga olinadi. Mavsumiy 
korxonalar (paxta, shakar, tomat ishlab chiqarish korxonalari va sh.k.) uchun 
aylanma kapital bir qancha boshqa asoslarda hisoblanadi. Yil esa ish va ishsiz 
davrlarga bo’linadi. Ish davri vaqtida aylanma kapitalga bo’lgan talab odatiy asos 
bo’yicha hisoblanadi. Nomavsumiy davr uchun faqat doimiy xarajatlar saqlanib 
qolishi bois kerakli aylanma kapital qisqartirilishi lozim. 
Biroq ish mavsumi vaqtida tovar-moddiy zahiralari ko’paytirilishi lozim, 
sababi aylanma kapitalga ehtiyoj o’sadi. Boshqacha aytganda, mavsumiy ishlab 
chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan korxonalar ish davrida aylanma kapitalni 
jamg’arishi va uni ishsiz davrda qisqartirishi lozim. 
Mavsumiy korxonalar uchun aylanma kapital hisobi yillik bashoratdagi 
to’lovlar va tushumlarga asoslanadi. 
Texnik-iqtisodiy asoslash jarayonida loyiha quruvchisini, investorni va 
moliyaviy tashkilotni loyihadan foydalanishni moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan 
mablag’larni investitsiya mablag’lari bilan (ishlab chiqarish oldi xarajatlari va 
asosiy kapitalga investitsiya xarajatlari) taqqoslagan holda aylanma kapitalga 
bo’lgan ehtiyojni hisoblash juda muhimdir. Shuni ta’kidlash joizki, “sof aylanma 
kapital” terminini “joriy aktivlar” termini bilan almashtirmaslik lozim. 4.1-
jadvalda aylanma kapital aktsiyador kapitali, zahiralar, uzoq va qisqa muddatli 
majburiyatlardan tashkil topgan doimiy kapital hisobidan moliyalashtirilishini 
ko’rsatuvchi balans tarkibi berilgan. 
Umumqabul qilingan amaliyot bo’lib, joriy aktivlardan va quyilgan kapital 
uchun foyda hisobidan, shuningdek doimiy ishlatiladigan kapital, ya’ni asosiy 
kapitalga qo’yilgan investitsiyalar + aylanma kapitalga mos keluvchi mablag’lar 
uchun diskontlashtirilgan real pul oqimlaridan qisqa muddatli majburiyatlarni 
ayirib tashlash hisoblanadi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish