Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini fuqarolar, huquqiy shaxslar
(korxonalar, firmalar, aksioner jamiyatlari va boshqa tipdagi mulk egalari) va
davlat yuritadi.
Investitsiya faoliyatini yo’lga qo’yishda har bir mulk egasi, birinchi navbatda
o’z manfaatini ko’zlab yagona maqsadga, ya’ni foyda olish va samaraga erishishni
rejalashtiradi.
Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi ishbilarmonlikni,
tadbirkorlikni mohiyatini chuqur anglagan holda ish yuritishi lozim. Investitsiya
faoliyati bilan shug’ullanuvchi mulk egasi tez o’zgaruvchan bozor iqtisodiyoti va
uning ko’pqirrali munosabatlarini har tomonlama anglay bilishi lozim. Investitsiya
faoliyatini yuritishda iqtisodiy axborotga tayangan soha bir butun iqtisodiyot va
mamlakat miqyosida marketing bililariga ega bo’lishi alohida ahamiyatga ega.
Chunki barqarorlashmagan iqtisodiyotda investor pul muomalasi, moliya kredit va
banklar, soliq siyosati mohiyatini chuqur bilmay turib, investitsiya faoliyatini
tashkil etish tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lib, qisqa davr ichidagi inqirozga
uchrashi mumkin. Bozor munosabatlari rivojlangan etuk jamiyatda investitsiya
faoliyati quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:
fuqarolar, davlatga qarashli bo’lmagan korxonalar, xo’jalik assotsiatsiyalari,
jamoa va o’rtoqlik xo’jaliklari hamda jamoa mulkchiligi asosida tashkil etilgan
tashkilotlar, nodavlat korxonalari va muassasalari tomonidan;
davlatni ma’muriy va boshqaruv bo’linmalari, tashkilotlari hamda davlat
korxonalari va muassasalari tomonidan;
chet el fuqarolari, xususiy firmalar, assotsiatsiyalar, kompaniyalar va
huquqiy shaxslari hamda boshqa xorijiy davlatlar va halqaro moliya – kredit
muassasalari tomonidan;
qo’shma korxona ko’rinishida mahalliy va chet el fuqarolari, huquqiy
shaxslar va davlatlar bilan hamkorlikda.
Mulkchilikni turli shakllarini rivojlanishi, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni
yo’lga qo’yilishi, jahon iqtisodiy aloqalarini taraqqiy etishi, qo’shma korxonalarni
iqtisodiyotni barqarorlashtirishda rolini ortishi investitsiya faoliyatini to’la tashkil
etish uchun zarur bo’lgan imkoniyatlarni yaratadi.
Mulkchilikning turli shakllarini vujudga kelishi, o’z navbatida
tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el kapitalining kirib kelishi investitsiya
faoliyatini tashkil etish yo’nalishlarini ham aniqlab beradi.
Bozor sharoitida investitsiya faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish
jismoniy, huquqiy shaxslarni va davlatni, foyda olish maqsadida tadbirkorlik,
ishbilarmonlik va boshqa faoliyatlarini qaytadan tiklashga qaratilgan. Bu boradagi
asosiy maqsad investitsiya faoliyatini tashkil etib iqtisodiyotni inqirozdan olib
chiqish, uni barqarorlashtirish, dunyo bozoriga kirib borish, jahon xo’jalik
aloqalarini mustahkamlash va aholi turmush darajasini yaxshilashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: