10
AKADEMIK LITSEY OʻQUVCHILARINING HUQUQIY MADANIYATINI
RIVOJLANTIRISHDA AKSIOLOGIK YONDASHUV
Orınbetov Nietulla Turdımuratovich
Nukus davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi
Telefon: +998(93)200 09 02
nietulla.orinbetov.1984@bk.ru
Annotatsiya: Maqolada aksiologiya, pedagogikada aksiologik yondashuv va ta’lim jarayonida
aksiologik yondashuv asosda akademik litsey oʻquvchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish
haqida soʻz etiladi.
Kalit soʻzlar: qonun, qonun ustuvorligi, huquqiy madaniyat, huquqiy qadriyatlar, qadriyatlar,
aksiologiya, aksiologik yondashuv, huquqiy ta’lim.
Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli
va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab,
aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy
manfaatlar ham da jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini keng targʻib
qilish juda zarur [1]. Bu yoʻlda aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha
huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini oʻrgatish bilan uygʻun
holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini
shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish lozim. Bunda
akademik litsey oʻquvchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda qadriyatlarimizning oʻrni
bebaho, shuningdek, aksiologik yondashuv asosida huquqiy ta’lim-tarbiyani qadriyat darajasida
oʻrgatishimiz maqsadga muvofiq.
Aksiologiya (yunoncha axios-qiymat va logos - so‘z, kontseptsiya) - qadriyatlar to‘g‘risidagi
ta’limot, inson faoliyatining yo‘nalishini, inson harakatlarining motivatsiyasini aniqlaydigan
umume’tirof etilgan printsiplar haqidagi falsafa nazariyasi. Aksiologiya tushunchasi qadriyat
va qadriyatlar haqidagi ta’limotga qaraganda, keyinroq paydo boʻlgan. Mazkur tushuncha XIX
asrning 2-yarmida ijod qilgan nemis qadriyatshunosi E.Gartman va francuz olimi P.Lapilar
tomonidan fanga kiritilgan [2, 5]
Aksiologiya – qadriyatlarning oʻziga xos me’yoriy tizimini tashkil yetuvchi, shaxs va jamiyat
uchun qadrli boʻlgan ehtiyojlarni oʻzida mujassamlashtiruvchi majmuadir. Pedagog olimlar
qadriyatlar tarkibiga pedagogik qadriyatlarni ham kiritadi. V.A. Slastenin ta’limotida pedagogik
aksiologiya asosida inson hayotining qadriyatlari, ta’lim va tarbiya, pedagogik faoliyat va yaxlit
ta’limni tushunish va qaror toptirish yotadi. U aksiologiya ta’lim falsafasining asosi va hozirgi
davr pedagogikasining metodologiyasi deb qaraydi.
Turli manbalarda pedagogik aksiologiya XX asrning 80-yillaridan boshlab, bilimlarning
mustaqil sohaga aylangani, 90-yillardan boshlab, uning jadal shakllanishi va rivojlanishi sodir
bo‘lganligi ta’kidlanadi [3, 74].
Pedagogikadagi aksiologik yondashuv (yoki qiymat) kognitiv va amaliy yondashuvlar
o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lgan mexanizm; qadriyatlar, ijtimoiy va madaniy omillar va
shaxsiyat o‘rtasidagi munosabatni o‘rnatadi. Aslida, pedagogikadagi aksiologik yondashuvni
ta’lim va metodologiyaning yangi falsafasi deb atash mumkin.
Ta’kidlash joizki, aksiologik yondashuv nazariya va amaliyot o‘rtasidagi o‘ziga xos “ko‘prik”
vazifasini o‘tab, huquqiy ta’lim mazmunini shakllantirishda pragmatik va madaniy yondashuvlar
o‘rtasidagi aloqa mexanizmi rolini o‘ynaydi. Bu hodisalarni odamlarning ehtiyojlarini qondirish
uchun yaratilgan imkoniyatlar nuqtai nazaridan o‘rganishga imkon beradi. Shuning uchun
aksiologik yondoshuv, ta’limning ijtimoiy rolini oshirishning juda istiqbolli usuli hisoblanadi,
chunki qadriyatga yo‘naltirilgan faoliyatning o‘zi inson faoliyatining barcha turlariga kiradi va
insonning muhim xususiyatlarini rivojlantiradi. Aksiologik yondashuv insonni jamiyatning eng
oliy qadriyati va ijtimoiy rivojlanishning yakuni deb biladi. Shuning uchun ham inson eng oliy
qadriyat, u oʻzining huquqlari, erkinliklari, majburiyatlarini bilishi va qonunlarni hurmat qilishi
kerak.
Akademik litsey oʻquvchilarining ta’lim muassasalarida huquqiy bilimlarga qadriyat
darajasida yondashuvi huquqiy madaniyatlik belgisidir. Shuningdek, licey oʻquvchilarining oʻz
744
10
huquqlarini toʻliq anglab yetishi, qonunlarga boʻysinishi va uni hurmat qilishi, oʻzining huquqiy
majburiyatlarini bajarishi, qonunni buzmaslik va huquqbuzarlikka qarshi kurashishi ham huquqiy
madaniyatlik belgisi hisoblanadi.
Biz shaxsning huquqiy madaniyatini insonning huquqiy faoliyati asosidagi qadriyatlar tizimi
sifatida belgilaymiz. Huquqiy qadriyatlar, bizning fikrimizcha, huquqiy madaniyatning asosidir.
Ular inson va jamiyatning shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni qonun orqali tartibga solishda
ehtiyojlarini qondiradigan bir xil ma’naviy qadriyatlarni anglatadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, davlat rivojlanishining tarixiy jarayoni jamiyatda huquqiy
qadriyatlarning ustuvorligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Masalan, davlat rivojlanishining
turli bosqichlarida bular jamoat tartibi, qonunga bo‘ysunish, milliy qadr-qimmat, hukmron
tabaqaning irodasi, fuqarolik va boshqalar edi (59). Yangi, demokratik davlatning shakllanishi
va rivojlanishi sodir bo‘layotgan hozirgi bosqichda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining
zamonaviy qadriyatlari - inson hayoti, uning huquqlari, erkinligi, adolat, qonun ustuvorligi,
odamlarning huquqiy tengligi va boshqalar birinchi oʻringa chiqadi [4, 571-584].
Zamonaviy huquqiy aksiologiya gumanistik huquqiy qadriyatlarning mazmuni va tuzilishini
ochib beradi. Eng muhim huquqiy qadriyat – inson shaxsidur, bu mamlakatimiz asosiy qonunida
va xalqaro hujjatlarda ham aks ettirilgan va oʻz-o‘zidan qadriyatlar ierarxiyasida inson huquqlari
eng muhim qadriyatlar maqomiga ega bo‘ladi. Inson huquqlari har bir inson o‘z qadr-qimma-
tini e’tirof etishini ta’minlaydi. Eng muhim qadriyatlardan yana biri bu erkinlik tushunchasidir.
Erkinlik faqat qonun bilan belgilangan holda boshqalarga zarar keltirmaydigan har qanday nar-
sani qilish, o‘z e’tiqodlari, tushunchalari, manfaatlariga muvofiq harakat qilishdur.
Erkinlikning qadr-qimmati boshqa huquqiy qadriyat - adolat bilan bog‘liq. Adolat - bu ijtimoiy
munosabatlarning tartibidir.
Huquqiy madaniyat jarayonida aksiologik yondashuv oʻz mohiyatiga koʻra voqelikni atroflicha
oʻrganish hamda chuqur idrok yetishda muhim oʻringa ega. Akademik litsey oʻquvchilarining
huquqiy madaniyatini rivojlantirishda aksiologik yondashuvdan kutiladigan maqsad –
qonunlar, davlat ramzlari, huquq sohasidagi mutaxassislarning boy tajribasi va barcha huquqiy
qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyati, ularni qadriyat darajasida bilish,sinchiklab oʻrganishdan
iborat. Akademik litsey oʻquvchilarining huquqiy madaniyatini rivojlantirishda aksiologik
yondashuv samaradorligini oshirishda oʻquvchilar orasida tajriba-sinov ishlari olib borilishi kerak.
Bundagi maqsad litsey oʻquvchilarining huquqiy qadriyatlar haqidagi tasavvurini boyitish uchun
ularga aksiologik yondashish va shu orqali ularning qadriga yetish, dars jarayonida huquqiy
bilimlarini rivojlantirishdan iborat. Litsey oʻquvchilarining huquqiy madaniyatini rivojlantirishda
aksiologik yondashuvda, pedagogik metodlardan keng foydalaniladi. Oʻquvchilarning huquqiy
madaniyatini rivojlantirishda aksiologik yondashuvni faqat ta’lim jarayonida emas, balki
auditoriyadan tashqari tashkil qilinadigan huquqqa oid tadbirlar va tanlovlar, toʻgarak ishlarida
ham uzviy tashkil qilish lozim. Shuningdek, aksiologik yondashuvni muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun ta’limning turli shakl va uslublaridan keng foydalanish zarur boʻladi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida aksiologik yondashuv asosida akademik litsey
oʻquvchilarining huquqiy savodxonligini oshirish orqali ularning huquqiy madaniyatini
yuksaltirish pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashti-
rish toʻgʻrisida PF-5618-son, 2019 yil 9 yanvar
2. Kaldibekova A, Xodjaev B. Pedagogik aksiologiya.– T.: 2009.
3. Сластенин В. А., Чижакова Г. И. Введение в педагогическую аксиологию. – М.: Ака-
демия, 2003
4. Сальников В. П. Правовая культура//Теория государства и права. Курс лекций /Под
ред. П. И. Матузова, А. В. Малько.-М.:Юристъ,1999
745
Do'stlaringiz bilan baham: |