Масъул муҳаррир


AKADEMIK LITSEY OʻQUVCHILARINING HUQUQIY MADANIYATINI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet517/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   513   514   515   516   517   518   519   520   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
AKADEMIK LITSEY OʻQUVCHILARINING HUQUQIY MADANIYATINI 
RIVOJLANTIRISHDA AKSIOLOGIK YONDASHUV
Orınbetov Nietulla Turdımuratovich
Nukus davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi 
Telefon: +998(93)200 09 02
nietulla.orinbetov.1984@bk.ru
Annotatsiya: Maqolada aksiologiya, pedagogikada aksiologik yondashuv va ta’lim jarayonida 
aksiologik yondashuv asosda akademik litsey oʻquvchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish 
haqida soʻz etiladi.
Kalit soʻzlar: qonun, qonun ustuvorligi, huquqiy madaniyat, huquqiy qadriyatlar, qadriyatlar, 
aksiologiya, aksiologik yondashuv, huquqiy ta’lim.
Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli 
va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, 
aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy 
manfaatlar ham da jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini keng targʻib 
qilish juda zarur [1]. Bu yoʻlda aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha 
huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini oʻrgatish bilan uygʻun 
holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuygʻularini 
shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish lozim. Bunda 
akademik litsey oʻquvchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda qadriyatlarimizning oʻrni 
bebaho, shuningdek, aksiologik yondashuv asosida huquqiy ta’lim-tarbiyani qadriyat darajasida 
oʻrgatishimiz maqsadga muvofiq. 
Aksiologiya (yunoncha axios-qiymat va logos - so‘z, kontseptsiya) - qadriyatlar to‘g‘risidagi 
ta’limot, inson faoliyatining yo‘nalishini, inson harakatlarining motivatsiyasini aniqlaydigan 
umume’tirof etilgan printsiplar haqidagi falsafa nazariyasi. Aksiologiya tushunchasi qadriyat 
va qadriyatlar haqidagi ta’limotga qaraganda, keyinroq paydo boʻlgan. Mazkur tushuncha XIX 
asrning 2-yarmida ijod qilgan nemis qadriyatshunosi E.Gartman va francuz olimi P.Lapilar 
tomonidan fanga kiritilgan [2, 5]
Aksiologiya – qadriyatlarning oʻziga xos me’yoriy tizimini tashkil yetuvchi, shaxs va jamiyat 
uchun qadrli boʻlgan ehtiyojlarni oʻzida mujassamlashtiruvchi majmuadir. Pedagog olimlar 
qadriyatlar tarkibiga pedagogik qadriyatlarni ham kiritadi. V.A. Slastenin ta’limotida pedagogik 
aksiologiya asosida inson hayotining qadriyatlari, ta’lim va tarbiya, pedagogik faoliyat va yaxlit 
ta’limni tushunish va qaror toptirish yotadi. U aksiologiya ta’lim falsafasining asosi va hozirgi 
davr pedagogikasining metodologiyasi deb qaraydi. 
Turli manbalarda pedagogik aksiologiya XX asrning 80-yillaridan boshlab, bilimlarning 
mustaqil sohaga aylangani, 90-yillardan boshlab, uning jadal shakllanishi va rivojlanishi sodir 
bo‘lganligi ta’kidlanadi [3, 74].
Pedagogikadagi aksiologik yondashuv (yoki qiymat) kognitiv va amaliy yondashuvlar 
o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lgan mexanizm; qadriyatlar, ijtimoiy va madaniy omillar va 
shaxsiyat o‘rtasidagi munosabatni o‘rnatadi. Aslida, pedagogikadagi aksiologik yondashuvni 
ta’lim va metodologiyaning yangi falsafasi deb atash mumkin. 
Ta’kidlash joizki, aksiologik yondashuv nazariya va amaliyot o‘rtasidagi o‘ziga xos “ko‘prik” 
vazifasini o‘tab, huquqiy ta’lim mazmunini shakllantirishda pragmatik va madaniy yondashuvlar 
o‘rtasidagi aloqa mexanizmi rolini o‘ynaydi. Bu hodisalarni odamlarning ehtiyojlarini qondirish 
uchun yaratilgan imkoniyatlar nuqtai nazaridan o‘rganishga imkon beradi. Shuning uchun 
aksiologik yondoshuv, ta’limning ijtimoiy rolini oshirishning juda istiqbolli usuli hisoblanadi, 
chunki qadriyatga yo‘naltirilgan faoliyatning o‘zi inson faoliyatining barcha turlariga kiradi va 
insonning muhim xususiyatlarini rivojlantiradi. Aksiologik yondashuv insonni jamiyatning eng 
oliy qadriyati va ijtimoiy rivojlanishning yakuni deb biladi. Shuning uchun ham inson eng oliy 
qadriyat, u oʻzining huquqlari, erkinliklari, majburiyatlarini bilishi va qonunlarni hurmat qilishi 
kerak. 
Akademik litsey oʻquvchilarining ta’lim muassasalarida huquqiy bilimlarga qadriyat 
darajasida yondashuvi huquqiy madaniyatlik belgisidir. Shuningdek, licey oʻquvchilarining oʻz 


744
10
huquqlarini toʻliq anglab yetishi, qonunlarga boʻysinishi va uni hurmat qilishi, oʻzining huquqiy 
majburiyatlarini bajarishi, qonunni buzmaslik va huquqbuzarlikka qarshi kurashishi ham huquqiy 
madaniyatlik belgisi hisoblanadi. 
Biz shaxsning huquqiy madaniyatini insonning huquqiy faoliyati asosidagi qadriyatlar tizimi 
sifatida belgilaymiz. Huquqiy qadriyatlar, bizning fikrimizcha, huquqiy madaniyatning asosidir. 
Ular inson va jamiyatning shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni qonun orqali tartibga solishda 
ehtiyojlarini qondiradigan bir xil ma’naviy qadriyatlarni anglatadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, davlat rivojlanishining tarixiy jarayoni jamiyatda huquqiy 
qadriyatlarning ustuvorligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Masalan, davlat rivojlanishining 
turli bosqichlarida bular jamoat tartibi, qonunga bo‘ysunish, milliy qadr-qimmat, hukmron 
tabaqaning irodasi, fuqarolik va boshqalar edi (59). Yangi, demokratik davlatning shakllanishi 
va rivojlanishi sodir bo‘layotgan hozirgi bosqichda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining 
zamonaviy qadriyatlari - inson hayoti, uning huquqlari, erkinligi, adolat, qonun ustuvorligi
odamlarning huquqiy tengligi va boshqalar birinchi oʻringa chiqadi [4, 571-584].
Zamonaviy huquqiy aksiologiya gumanistik huquqiy qadriyatlarning mazmuni va tuzilishini 
ochib beradi. Eng muhim huquqiy qadriyat – inson shaxsidur, bu mamlakatimiz asosiy qonunida 
va xalqaro hujjatlarda ham aks ettirilgan va oʻz-o‘zidan qadriyatlar ierarxiyasida inson huquqlari 
eng muhim qadriyatlar maqomiga ega bo‘ladi. Inson huquqlari har bir inson o‘z qadr-qimma-
tini e’tirof etishini ta’minlaydi. Eng muhim qadriyatlardan yana biri bu erkinlik tushunchasidir. 
Erkinlik faqat qonun bilan belgilangan holda boshqalarga zarar keltirmaydigan har qanday nar-
sani qilish, o‘z e’tiqodlari, tushunchalari, manfaatlariga muvofiq harakat qilishdur. 
Erkinlikning qadr-qimmati boshqa huquqiy qadriyat - adolat bilan bog‘liq. Adolat - bu ijtimoiy 
munosabatlarning tartibidir.
Huquqiy madaniyat jarayonida aksiologik yondashuv oʻz mohiyatiga koʻra voqelikni atroflicha 
oʻrganish hamda chuqur idrok yetishda muhim oʻringa ega. Akademik litsey oʻquvchilarining 
huquqiy madaniyatini rivojlantirishda aksiologik yondashuvdan kutiladigan maqsad – 
qonunlar, davlat ramzlari, huquq sohasidagi mutaxassislarning boy tajribasi va barcha huquqiy 
qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyati, ularni qadriyat darajasida bilish,sinchiklab oʻrganishdan 
iborat. Akademik litsey oʻquvchilarining huquqiy madaniyatini rivojlantirishda aksiologik 
yondashuv samaradorligini oshirishda oʻquvchilar orasida tajriba-sinov ishlari olib borilishi kerak. 
Bundagi maqsad litsey oʻquvchilarining huquqiy qadriyatlar haqidagi tasavvurini boyitish uchun 
ularga aksiologik yondashish va shu orqali ularning qadriga yetish, dars jarayonida huquqiy 
bilimlarini rivojlantirishdan iborat. Litsey oʻquvchilarining huquqiy madaniyatini rivojlantirishda 
aksiologik yondashuvda, pedagogik metodlardan keng foydalaniladi. Oʻquvchilarning huquqiy 
madaniyatini rivojlantirishda aksiologik yondashuvni faqat ta’lim jarayonida emas, balki 
auditoriyadan tashqari tashkil qilinadigan huquqqa oid tadbirlar va tanlovlar, toʻgarak ishlarida 
ham uzviy tashkil qilish lozim. Shuningdek, aksiologik yondashuvni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish uchun ta’limning turli shakl va uslublaridan keng foydalanish zarur boʻladi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida aksiologik yondashuv asosida akademik litsey 
oʻquvchilarining huquqiy savodxonligini oshirish orqali ularning huquqiy madaniyatini 
yuksaltirish pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashti-
rish toʻgʻrisida PF-5618-son, 2019 yil 9 yanvar
2. Kaldibekova A, Xodjaev B. Pedagogik aksiologiya.– T.: 2009. 
3. Сластенин В. А., Чижакова Г. И. Введение в педагогическую аксиологию. – М.: Ака-
демия, 2003
4. Сальников В. П. Правовая культура//Теория государства и права. Курс лекций /Под 
ред. П. И. Матузова, А. В. Малько.-М.:Юристъ,1999


745

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   513   514   515   516   517   518   519   520   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish