10
O‘QUVCHILARNING TARIXIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA MUSTAQIL
ISHLARDAN FOYDALANISH TЕXNOLOGIYASI
Seytirzaeva Gulzoda Goyipnazarova
Chirchiq shahar 13 - umumta’lim maktabi
Tarix fani o‘qituvchisi.+998994015332
Ushbu maqolada o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirishda mustaqil
ishlardanfoydalanish texnologiyalarining ahamiyati, yuqori sinf o‘quvchilarining tafakkurini
o‘stirishdagi o‘rni, psixolog va pedagog olimlar ta’limotlari, ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar
yoritilgan.
Kalit so‘zlar. Tarixiy tafakkur, ta’lim-tarbiya, o‘quvchilar tafakkuri, mustaqil ish,
pedtexnologiya, psixologiya, ko‘nikma va malaka.
Tafakkur – ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog‘liq muhim bir yangilik qidirish va
u sari fikran olib chiqishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, inson o‘z tafak-
kuri orqali voqelikni analiz va sintez qilishda obyektni bevositava umumlashtirib, o‘z ongida
aks ettirish jarayoni tushuniladi.
Jumladan, mashhur faylasuf T.Edison, “Sivilizasiyaning buyuk vazifasi – odamni fikrlashga
o‘rgatishdir”, deb e’tirof etgan bo‘lsa, rus shoiri A.S.Pushkin esa, “Fikr! Buyuk narsa! Insonning
ulug‘vorligi ham fikrdan bo‘lmaynimadan?”, degan edi. O‘qituvchi o‘quvchilarga singdirmoqchi
bo‘layotga tushuncha yoki bilimni, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish usul va metodlarini,
avvalo,o‘zi puxta egallagan bo‘lishi hamda yuqori darajadagi fikr va tafakkur sifatlariga
egabo‘lishi lozim. Bu xislatlar, albatta, muvaffaqiyatlarga erishish garovi bo‘ladi. Shuninguchun
ham, o‘qituvchining hal qiluvchilik salohiyatiga baho berib, “Har qanday ta’lim va tarbiyada
eng asosiy omil – muallim, uning tafakkur dunyosidir”, degan edi mashhur pedagoglardan
biri D.Disterveg..O‘quvchilarda tafakkurni shakllantirish vazifasi barcha fanlar asosida
amalgaoshiriladi.– “Qarama-qarshi obrazlar” usuli (o‘quvchidan mustaqillik va faollikni talab
qiladi);
– topshiriq yechimini “tezlashtiruvchi” usul (“savol-javob” metodiga o‘xshash);
– chuqur tahlil qilish usuli (obyekt har tomonlama chuqur tahlil qilinadi);
– “ijodiy” mulohaza usuli (muammoli vaziyatni hal etishda xizmat qiladi);
– “ixchamlashgan” fikr yuritish usuli (shakllangan ko‘nikma va malakalarga asoslanadi);
– Umumlashgan usul (mantiqiy fikr yuritish usuli).
Psixolog olimlar tomonidan ta’lim jarayonida “qarama-qarshi obrazlar” usulidan
foydalanishning afzallik tomonlari yetarli darajada ochib berilgan. Ularning e’tirof
O‘qituvchi: Mana bu rasmga razm solib ko‘r-chi? (Yuzlari qip-qizil, muskullari
o‘ynab turgan qullar qo‘zg‘oloni boshlig‘i rasmini ko‘rsatadi). Bu odamni kim deb atasak
bo‘ladi?O‘quvchi: Bu kishi ham qulga o‘xshaydi. Chunki unda kiyinish va bezanish degannarsadan
asar ham yo‘q, biroq jismonan baquvvat, tetik.
O‘qituvchi: Mana bunisi-chi? (Bola rasmini ko‘rsatadi).
O‘quvchi: Bu qul bola.
O‘qituvchi: Endi qulga to‘liqroq ta’rif berchi?
O‘quvchi: Qul barcha haq-huquqlardan mahrum qilingan, turli yoshdagi, turli jismoniy tuzilishdagi
inson hisoblanib, quldorlar uchun eng arzon ishchi kuchi sanaluvchi shaxsdir.O‘quvchilar boy va
quldorga ham xuddi mana shunday analogik ta’rif beribo‘tadilar. O‘quvchilarda tarixiy tafakkurni
shakllantirish, tarix fanini o‘qitishning muhim shartlaridanbiri darsning zamon talablariga mos
ravishda tashkil etilishidir. Bunda, asosan,o‘quvchilarni passiv tinglovchilar darajasidan, darsning
faol ishtirokchisi, subyekti darajasiga ko‘tarish ko‘zda tutiladi. Darsning samaradorligi ko‘p
hollarda o‘quvchilar qadarajada faol qatnashuviga bog‘liqdir. O‘quvchilarda fanga qiziqish,
tanqidiy qarash,qolipsiz fikrlash kabi hislatlar shakllansagina darslar jonli, hayotiy va zamon
talabigamos bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.
O‘smir o‘quvchida ba’zinarsa va hodisalar to‘g‘risida fikrlash, biror xulosaga kelish jarayonlari
sodir bo‘ladi.Shu tariqa ularda ma’noga ega tushunchalar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham
tarixdarslarida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirish, yakka tartibdagi tushunchalarni
umumlashtirish, umumlashgan xulosa (hukm)lardan yana umumlashgan (to‘planma)tushuncha
37
10
(xulosa)lar chiqarishga o‘rgatadigan mustaqil ishlarni tashkil qilish muhim ahamiyat kasb
etadi. Masalan, 6-sinf tarix darsida mehnat qurollari haqidagi tasavvurlarni o‘quvchilar ongida
shakllantirishda quyidagi topshiriqni bajarishni taklifEslatma: jadval 9-sinf “O‘zbekiston tarixi”
(Toshkent, “O‘zbekiston”, 2006-yil ma’lumotlariga asoslanib mualliflar tomonidan tuzilgan.
Bu usulning muhim va qulaylik tomoni shundaki, o‘quvchilar 3 ta davlatdagi soliq tizimi
haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari bilan birga, osongina taqqoslash hamda xulosa chiqarish
imkoniga ham ega bo‘ladilar. O‘quvchilar chizmaning har birining ichiga soliqlarning turlarini
nomma-nom yozadilar va har bir soliqning muhimligi, uning qanday ahamiyat kasb etishi hamda
uning xususiyati va xarakteriga baho beradilar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘quvchilarga tarix darslarida ularning tarixiy bilimlarga bo‘lgan
tafakkur tushunchalarini o‘stirishda yakka tushunchalarni umumlashtirib xulosalash, umumlashma
tushunchalardan yakka tushunchaga keltirib xulosalar chiqarishda mazkur ta’lim usullaridan keng
va o‘rinli foydalanish ularning tafakkurini shakllantirishda juda yaxshi samara beradi. Chunki
tarixiy ma’lumotlarni taqqoslab o‘rganish ularda mantiqiy fikrlash, tarixiy voqealarning mohiyatini
tushunish, o‘sha davr ijtimoiysiyosiy hayotining obyektiv-subyektiv sabablarini aniqlash ko‘nikma
va malakalarini takomillashtirish hamda ularning tarixiy tafakkurlarini shakllantirishda muhim
o‘rin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi”. – T., 1997.
2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T.: “Ma’naviyat”, 2008. – 5-bet.
3. Barkamol avlod orzusi. “Sharq” nashriyot-manbaa konserni bosh tahririyati. – T., 1999. –
43-bet.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |