10
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA TUSHUNCHALAR TAHLILI METODIDAN
FOYDALANISH
Namozova Farida
Boyovut tuman 33-umumta’lim maktabining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish
samarasi haqida fikr yuritilgan
Kalit so‘zlar. Boshlang‘ich ta’lim, dars jarayoni, interfaol metodlar, tushunchalar tahlili,
tabiatshunoslik
Boshlang‘ich ta’lim uchun zarur va ustuvor yo‘nalishlardan biri ta’lim mazmuning yangi-
lanishi, darsni ilg‘or tajriba va g‘oyalarga tayanib, zamonaviylashtirilgan , takomillashtirilgan
hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalar asosida o‘tish zaruriyatini keltirib chiqardi. Chunki
dars ta’lim-tarbiya berishning asosiy o‘zagidir. O‘quvchining o‘quv fanlarini chuqur o‘rganib
borishi davomida uning bilimi mustahkamlanadi, savodxonligi oshib boradi.
Ta’lim jarayonida interfaol metodlar va pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv
jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday
bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha ananaviy talimda o‘quvchirni faqat tayyor bilimlarni
egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari
qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib
chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi
va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik
funktsiyasini bajaradi. Talim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya
va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchilarni bilimli, yetuk
malakaga ega bo‘lishlarini taminlaydi.
Zamonaviy ta’lim nazariyasi o‘qituvchini o‘quv-biluv jarayonining rahbari sifatida baholaydi
. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quv jarayoniga to‘g‘ri rahbarlik qilishi uchun birinchi navbatda
chuqur bilim va yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lishi kerak . Shu jihatdan ham o‘qituvchi
o‘quvchi uchun o‘rnakdir. Uning muhim vazifalaridan biri-bolani o‘ziga jalb eta olishdir.
Interfaol usulda – o‘quvchilarga dars jarayonini yahshi tashkil etishga qulay muhit yaratiladi.
O‘quvchilarning o‘zaro fikr almashishlariga imkon beriladi. O‘zaro axborot olish va berish
uchun sharoit tug‘diriladi. Echimini kutayogan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar
va echadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda echim topadilar. Olgan axborotlarni asosida
bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar. Bunday natijaga erishish o‘quv jarayonida interfaol
metodlarni qo‘llashni taqozo etadi.
Metodlar juda xilma-xildir. Biz ulardan ba’zilarini tashkil etish va ularni o‘tkazish tartibi haqida
to‘xtalamiz. Har bir metodning o‘ziga xos tomonlari va maqsad, vazifalari bor men darslarim
jarayonida turli xil metodlardan faoydalanib darslarimni samaradorligini oshirishga harakat
qilaman. Endi darslarimda foydalanadigan ayrim metodlarga to‘xtalib o‘tsam. «Tushunchlar
tahlili» metodi.
«Tushunchalar tahlili» metodidan bir darsning o‘zida dars boshlanishida o‘tgan mavzuni
takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki bilimlari,
qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib
olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin, yoki mavuda qiyin uchragan so‘zlar
o‘rganish jarayonida ya’ni lug‘at ishi jarayonida ham foydalansak bo‘ladi. Quyida sizlarga
tabiatshunoslik darslarida foydalanish jihatlari bo‘lgan joylaridan namunalar keltirmoqchiman.
3-sinf Tabiatshunoslik fanida «Foydali qazilmalar» bo‘limini o‘tish jarayonida quydagicha tartibda
foydalansak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |