Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Samiyeva Yodgora Toshtemirovna
Boyovut tuman 7-umumta’lim maktabining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda turli interfaol 
oyinlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan 
Kalit so‘zlar. Boshlang‘ich ta’lim,savodxonlik, tarbiya, dars jarayoni
Bola tarbiyasi inson hayotida hamisha muhim ish bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. O‘z 
farzandini kelajakka munosib qilib tarbiyalay olmaydigan inson, kamolatga yetkaza olmaydigan 
jamiyat, hech qachon rivojlanmaydi.
Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot,-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-
yo falokat masalasidir” degan fikrini ko‘p mushohada qilaman. Buyuk insonparvarning bu so‘zlari 
asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, xozirgi kunda biz 
uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir.
Dunyodagi rivojlangan davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatni rivojlantirishning 
eng zarur yo‘li–bu fan va texnikani rivojlantirishdir. Ta‘limni rivojlantirish esa fan–texnikani 
asosi hisoblanadi. Shuning uchun Prezidentimiz ta‘lim sahasida katta islohot qilish tashabbusini 
boshladi. Demak, ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat sohasida, tibbiyotda va boshqa xalq xo‘jaligi 
sohalarida keng joriy qilinayotgan ekan, buni fan-madaniyat, ijtimoiy-gumanitar sohasiga ham 
shuningdek, zamonaviy yangi-innovatsion texnologiyalarni ta‘lim-tarbiya sohasiga ham joriy 
etishni hayotning o‘zi talab etmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyati mamlakatlari qatoridan munosib o‘rin 
egallashi, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishi, xalqaro munosabatlarni 
tashkil etishda demokratik va insonparvarlik tamoillarining ustivor bo‘lishiga erishishi qat‘iy 
ma‘naviy-ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, kasbiy faoliyatida yutuqlarga erisha oladigan yangi 
kelajakning tayyorlanishiga bog‘liq. Respublikamiz xalq ta‘limi oldida turgan asosiy vazifa 
har tomonlama kamol topgan sog‘lom, qobiliyatli, o‘z Vatani va xalqiga sodiq insonlarni 
tarbiyalash va ularni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu ulug‘ maqsadni ro‘yobga chiqarish 
xalq ta‘limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning o‘z ishiga ijodiy 
yondashish, har bir ishda yuksak samaradorlikka erishish zamonaviy pedagogik usullarni 
qo‘llab darslarni samarali tashkil etishni talab qiladi. Qolaversa, boshlang‘ich ta‘lim 
yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berishning poydevori hisoblanadi. Boshlang‘ich 
ta’limda 
dars samaradorligini oshirishda o‘qituvchining o‘zida innovatsion qobilyat bo‘lishi kerak. 
Har bir o‘qituvchi bola ko‘z o‘ngida yaratuvchi hisoblanadi. Hozirgi kunda o‘quvchilarni 
bilim darajalarini hamda dunyoqarashini shakllantirish uchun o‘qituvchi har xil usul va 
metodlar bilan dars o‘tishi talab etiladi. Buning uchun oily ma’lumotli boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari o‘z ustilarida ko‘proq ishlashlari, hayotiy tajribalarga ega bo‘lishlari kerak . 
Ma’lumki, ta’lim jarayonida innovatsion texnalogiyalar va interfaol metodlarni tadbiq etishga 
qiziqish tobora keng tus olmoqda . Sababi bunday metodlarni qo‘llash, ta’lim samaradorligini, 
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni va ta’sirchanligini oshiradi.O‘quvchilarni darsga 
hamda o‘qishga bo‘lgan motivlarini shakllantiradi. 
Boshlang‘ich sinflarda zamonaviy pedagogik texnologiyani qo‘llash usulida o‘quvchilar qay 
tarzda, qanday usullar bilan o‘qitishda natija samarali bo‘ladi degan savolga javob beradi. U 
o‘zining muayyan tizimiga ega bo‘lib, bunda komponentlarning ketma-ketligi, o‘zaro bog‘liqligi, 
bir butunligi saqlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim jarayoniga yangicha yondoshib ijodkorlik, 
bunyodkorlik tadbiq etilib ta’lim samarasi yangi bosqichga ko‘tariladi. O‘quvchida menga bu 
zarur va men buni bilishga, uni hayotga qo‘llashga qodirman degan ichki ishonch va intilish 
uyg‘otiladi.
Dars jarayonida turli metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshirish bilan birga 
o‘quvchilar faolligini oshirishga ham sabab bo‘ladi. Ularni ijodkorlikka mustaqil gifiklay 
olishga undaydi. Misol uchun savod o‘rgatish davrida harflarni o‘rgatish jarayonida quyidagi 
„Ortiqchasini top“ mashqidan foydalanish o‘quvchilarni darsni yanada mustahkamlab borishiga 
sabab bo‘ladi


39

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish