Масъул муҳаррир


TALABALARNING NUTQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
TALABALARNING NUTQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Mirzayeva Feruza
Axmedova Ro‘zigul
Surxondaryo viloyati Boysun tumani
5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchilari
Odamning ulug‘ligi bo‘yi bilan o‘lchanmaganidek, xalqning ulug‘vorligi ham uning soni 
bilan olchanmaydi yagona o‘lchov, uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
V.Gyugo
Annotatsiya: Ushbu maqolada nutq madaniyati va talabalar ya’ni bo‘lajak o‘qituvchilarning 
nutqiy madaniyatini shakillantirish haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek o‘qituvchi nutqiga 
qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar: Nutq, nutq madaniyati, “Qobusnoma”, Xorun ar-Rashid, o‘qituvchi, bo‘lajak 
o‘qituvchi.
Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining aql-idroki, milliy urf-odatlari, ayniqsa manaviyatimizning 
asosi bo‘lgan insoniy fazilatlar qayta tiklanmoqda. Yangi adolatli jamiyat qurish uchun ma’naviy-
ahloqiy bilimlar chuqurlashtirilmoqda.
Insonni ulug‘lash, uning qadriga yetish, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni aql-idrokli, 
odobli qilib tarbiyalash, ularni kamolotga yetkazish sohasida Respublikamizda birqancha 
ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash 
mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar 
tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi. Qabul qilingan qarorga ko‘ra, oliy ta’limning 
ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol 
g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik ananalariga sadoqat tuyg‘usini 
chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam 
immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish talabi qo‘yildi. 
Bugungi ta’lim sifatiga e’tibor qaratilayotgan davrda malakali va sifatli kadrlarga bo‘lgan 
ehtiyoj ortib bormoqda va bo‘lajak pedagoglarga qo‘yilayotgan talablar ham oshib bormoqda. 
Biz yuqoridagi talablarni faol bajarishimiz uchun avvalom bor talabalarda nutqiy madaniyatni 
yuqori darajada shakllantirib olishimiz zarur. Buning uchun talabalarni mutafakkirlarimiz 
qoldirgan pedagogik asarlarni ko‘proq o‘qishlarini ta’minlash va ular orqali talabalarning nutqiy 
madananiyatini rivojlantirish darkor.
Biz, asosan XI asr Sharqning ulkan pandnomachisi Kaykovus Qobusnoma sida keltirilgan 
shunday bir ibratli hikyatni keltirdik
1
: Bir kecha xalifa Xorun ar-Rashid tush ko‘radi, tushida uning 
barcha tishlari to‘kilib ketgan emish. Xalifa tongda muabbir (tushni ta’bir qiluvchi)dan tushining 
ma’nosini so‘radi. Muabbir shunday deydi: Ey amiralmo‘minin, sendan oldin barcha yaqinlaring, 
qarindosh urug‘laring o‘ladi. Sendan boshqa hech kim qolmaydi. Bu so‘zni eshitgan Xorun ar-
Rashid Mening yuzimga bunday qayg‘uli so‘zni aytding. Mening barcha qarindoshlarim o‘lsa 
so‘ngra men qanday ishga yaraymanu qanday yashayman?- deydi darg‘azab bo‘lib va uni yuz tayoq 
bilan jazolashni buyuradi. Keyin boshqa muabbirni chaqirib, undan tushining ta’birini so‘raydi. 
Muabbir bunday deydi: Ey amiralmo‘minin, sening umring barcha qarindoshlaring umridan uzoq 
bo‘ladi. Shunda Xorun ar-Rashid deydi: Barcha aqlning yo‘li birdir va ikkovining ta’birining negizi 
bir yerga borib taqaladi, ammo bu ibora bilan u iboraning orasida farq bag‘oyat ko‘pdir. So‘ng 
muabbirga yuz tillo berishni buyuradi. Demakki , tilda bir fikrni bir qancha shaklu shamoyillarni 
ifodalash imkoniyatlari mavjud, aynan qaysi shaklni tanlash, muayyan fikr va muloqot vaziyati 
uchun eng uyg‘un ifodani topa bilish nutq egasining tilga sohiblik darajasi, mahorati malakasi, 
ma’rifatu ma’naviyatiga bog‘liq. 
Shuningdek o‘qituvchi va bo‘lajak o‘qituvchilar ham kuchli bilim salohiyatidan tashqari 
1
Kaykovus «Qobusnoma”


56
10
muomala madaniyati va notiqlik san’atiga ham ega bo‘lishi kerak. Chunki o‘quvchilarning 
tarbiyasiga o‘qituvchining ta’siri katta. Shuning uchun o‘quvchilar ayniqsa boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida o‘qituvchi juda e’tiborli va xush muomala 
bo‘lishi talab qilinadi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchilar ya’ni talabalar o‘qish jarayonidan 
bunga tayyorlanib borishlari kerak.
Talabalarning namunali o‘qutuvchi bo‘lib yetishishi uchun nutqiy madaniyatini ham 
shakllantirib borish uchun. Quyidagi nutqiy madaniyatni shakllantirish omillarini talabalarga 
ham o‘rgatish zarur:
-Nurq madaniyati bo‘lajak o‘qituvchining ma’naviy axloqiy kamoloti tarkibiy qismidir. Zero, 
nutq millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko‘rsatuvchi, o‘z ona tilimizga e’tiqodni namoyish 
etuvchi yorqin va ishonchli dalildir
1
.
-Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo‘lgan barkamol avlodni qanday 
kasb egasi bo‘lib yetishishidan qatiy nazar ma’naviy jihatdan tarbiyalash.
-Nutq madaniyati bu, avvalo, talabalarda nutqiy ko‘nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. 
Bu ko‘nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga 
malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahoratni shakllantirish.
-Nutq madaniyatiga o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Shuning 
uchun bo‘lajak o‘qituvchilar adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy 
o‘qib borishi, she’rlar yod olishi va uni deklamatsiya bilan o‘qiy olishi, radio va televideniya 
eshittirishlarini kuzatib borishini nazorat qilish.
-Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko‘rinishi nutqiy taqlid bo‘lib, talabalar yaxshiroq, 
chiroyliroq, ma’noli va ta’sirchan nutq so‘zlaydigan ustoz murabbiylarning tajribalarini 
o‘rganishga bo‘lgan ijobiy munosabatni ta’minlash. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak mukammal notiqlik san’atiga ega bo‘lish - talabalar uchun 
uzoq mehnat talab qiladigan murakkab jarayondir. Nutqning o‘tkirligi, yorqinligi va originalligi 
tinglovchi va o‘quvchilarda his-tuyg‘ui va qiziqish uyg‘otishi, uning e’tiborini qaratishi, 
aytilayotgan narsaning mazmunini yaxshilab yetkazish uchun zarurdir.
Demak, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi, adabiy 
talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshidan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday 
nutq asosida o‘rganilayotgan bilim o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shunday nutq 
madaniy nutq talablariga javob beradi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib qoyidagilarga amal 
qilshni tavsiya qilamiz:
-Matn o‘qish
2
. Matnni baland ovozda o‘qish. Bunda vaqti-vaqti bilan faraz qilinayotgan audi-
toriyaga nigoh tashlab turing. Bunda faraziy ko‘z qarashlar orqali erkin nutq hissiga erishishga 
harakat qiling. Shu bilan birgalikda matnning keyingi so‘zlarini bir zumda oldindan o‘qib xoti-
rangizda saqlash va keyin talaffuz qilishga o ’rganing. Shunda nutqingizda uzilish bo‘lmavdi.
-O‘qilgan matn ma’nosini yetkazib berish uchun ikkitadan beshtagacha bo‘lgan gaplarni o‘qib 
uni o‘quvchilarga tushunarli tarzda o‘z so‘zlari orqali ifodalab berish tushuniladi. Bu jaray-
onda shu matn mazmuniga mos bo‘lgan ibratli so‘zlar, maqollar yoki o‘gitlarni qo‘shish ham 
maqsadga muvofiqdir. 
-Nutq so‘zlash jarayonida tinglovchilarning diqqat e’tiborini o‘ziga qaratish uchun avvalo 
so‘zlovchi hayajonlanmasligi va imo ishoralardan nutqqa mos tarzda foydalanishi lozim. Tin-
glovchining zerikib qolmasligini va so‘zlovchiga nisbatan iliq munosabatda bo‘lishini ta’minlash 
uchun so‘zlovchi ovozining baland pastligiga e’tibor berishi lozim. Haddan tashqari baland ovoz-
da so‘zlangan nutq tinglovchining asabiga tegadi va bu jahl alomati hisoblanadi. So‘zlovchining 
ovozi past bo‘lgani bilan ishonchsiz ohangda bo‘lmasligi kerak. So‘zlovchi tez va shoshilib 
gapirishi xato hisoblanadi.
Bu yerda keltirilganlari talabalarning nutqiy madaniyatini o‘srish uchun zarur bo‘lgan 
jihatlar lekin yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun talabalar o‘zlarining nutqi ustida ishlashlari, 
lug‘at boyliklarini oshirshlari, ko‘proq she’r yodlashlari va nasriy asarlarni ko‘proq o‘qishlari 
maqsadga muvofiqdir. Bu vazifalar orqali talabalar nutqlarining to‘g‘ri va ta’sirchan bo‘lishlariga 
erishishadi.
1
Hamidov A. O‘qituvchi nutq madaniyati
2
T.Qudratov “Nutq madaniyati asoslari”


57
10
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami -2017-yil
2. Kaykovus-“Qobusnoma”- Toshkent: 1994yil
3. N.Mahmudov-“O‘qituvchi nutq madaniyati” - Toshkent:2009yil
4. R.Qo‘ng‘urov va b.-“Nutq madaniyati va uslubiyoti asoslari” - Toshkent:1997 yil
5. A.G‘ulomov “Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari”- Toshkent:1995 yil
6. Ortiqov A-“Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” - Toshkent:2002yil


58

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish