Масъул муҳаррир


BOLA TARBIYASIDA OILA VA JAMIYATNING O‘RNI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet383/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOLA TARBIYASIDA OILA VA JAMIYATNING O‘RNI
Qo‘chqorova Dilfuza Rahmonberdiyevna
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani 
3-son MTT tarbiyachisi
Telefon:+998977640478
Atamurotova Shoxida Shomurotovna
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani 
19-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998932826255
qizlarxon1989@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada bola tarbiyasi, bola psixologiyasining rivojlanishi, muhitning 
bola tarbiyasidagi ahamiyati, ota - onaning, oilaning tarbiyachi ustozning vazifalari xususida fikr 
yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Bola tarbiyasi, tarbiya jarayoni,ota, ona, oila vazifasi, jismoniy va ma’naviy 
rivojlanish.
Bola – hayotning shunday ne’matiki, u bilan butun qayg‘ungni unutasan. Nigohi bilan senga 
butun borliqni hadya etgandek bo‘ladi, go‘yo. Ha, biz o‘zbek millati bolajon xalqmiz. Shu bois 
Davlatimiz bir qator Qonun va Qarorlarida bola huquqlarini mustahkam belgilab o‘tgan. Bu 
beg‘ubor qalb egasi jamiyatning ustuni bo‘lmish oilaning mustahkamligini taminlovchi, shu 
bilan birga kelajakning asosiy bo‘g‘ini sanaladi.
Bola- xuddi qushdek pedagog qo‘lida parvozga tayyorgarlik ko‘radigan polapon. U uchish 
san’atini oiladan, jamiyatdan, ustozlardan o‘rganadi. Ular kabi hayotda ishonch bilan qadam 
tashlashni orzu qiladi. U xuddi hayotning yozilishga shaylanayotgan kitobiga o‘xshaydi. 
Jamiyatdagi, borliqdagi hamma narsani nurli ko‘zlariga ota, ona nigohi; tarbiyachi, ustoz o‘gitlari 
bilan anglay boradi. Uning shaffof tuyg‘ulari biz tarbiyachilar yo‘naltirgan tomon o‘sa boradi. Shu 
bois bola boshidan, o‘g‘lon yoshidan degan hikmat shakllangan. 
Haqiqatan, bola psixologiyasi jamiyatda ota-ona, tarbiyachi, ustoz bilan muloqotidan shakllanadi. 
Ota-ona bolasi kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratgisi keladi. Ammo uning ma’naviy va 
jismoniy rivojlanishiga e’tibor qaratilyaptimi? Holbuki, bugungi rivojlanish davrida ko‘pchilik ota- 
onalarimiz chet ellarda biznes ishlari bilan band bo‘layotgan bir paytda bola tarbiyasi tarbiyachi, 
ustozlar yoki buvi va bobolar zimmasida qolmoqda. Bolani sog‘lom muhitda tarbiyalash, bolaga 
vaqt ajratish, ota-ona mehridan bahramand etish, jismoniy va ruhiy dunyoqarashiga e’tibor 
qaratish lozimligi eng dolzarb mavzulardan bo‘lib qolmoqda. Bolaga olamni tanitish, tabiatni 
asrash, farzandlik burchini anglatish, ota-ona, kattalarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, Vatanga, 
oilaga muhabbat tuyg‘usini tuydirish, do‘stlikni asrash, buyuk tariximiz va qadriyatlarimiz bilan 
tanishtirib borish asosiy vazifalarimizdan bo‘lib bormoqda. 
Bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktabgacha va maktab yoshidagi 
bolalarning rivojlanishiga nisbatan qo‘yiladigan talablar asosida bolaning har tomonlama barkamol 
rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustuvor masalalardan sanaladi. 
Muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish, bolani o‘yin jarayoniga jalb qilish va 
uni tashkil qilishda hamkorlik munosabatlariga erisha bilish, kattalar va tengdoshlari bilan hayotiy 
vaziyatlarda odob qoidalariga muvofiq o‘zini tuta olish qobiliyatini shakllantirish hozirgi kunda 
bosh mavzularimizni qamrab oladi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy- tarixiy tajriba asosida bolani har tomonlama 
o‘stirish, uning ongi, xulq- atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib, bola tarbiyasi 
uning ruhiyati bilan bog‘liqlikda olib boriladi. 
Bola rivojlanishining quyidagi sohalari mavjud:
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanishi;
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
4. Bilish jarayonining rivojlanishi;
5. Ijodiy rivojlanish.


547
10
Hozirda sog‘lom fikrlaydigan kelajak avlodni shakllantirish bizning bosh maqsadimizdir. Bola 
o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy 
faollik ko‘rsatishi, turli harakatlarning faolligiga uyg‘un ravishda maqsadli bajara bilishi, turli 
hayotiy va o‘quv vaziyatlarida erkin fikr bayon qila olishi lozim. O‘z harakatlarini hissiyot va 
sezgi a’zolari yordamida boshqara bilishini shakllantirish, shaxsiy gigiyenasini tashkillashtirish, 
sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanishini tartibga solish, xavfsiz hayotiy faoliyat asoslariga rioya 
etish kabi bir qator hayot qoidalariga amal qilishni o‘rgatish biz tarbiyachi ustozlarning dastlabki 
vazifamizdir.
Bundan tashqari, bola o‘zgalar nutqini eshitishi va tushunishi, o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz 
me’yorlariga amal qilishi, qulay grammatik shakllar va gapning turli shakllaridan foydalana 
olishi lozim. Chet tilini o‘rganishga, badiiy asarlarga qiziqish uyg‘otish, so‘zning lug‘aviy 
ma’nosi, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lish, gapning turli ma’no 
shakllarini mustaqil ravishda tuza olish va so‘zlay olish, yozish malakalari va vositalaridan 
foydalanishni bilish bola psixologiyasining o‘sib borishiga zamin hozirlaydi. Bu kabi qirralarni 
o‘zida shakllantirgan bola kelajakda albatta mustaqil fikriga ega bo‘lgan haqiqiy inson bo‘lishi 
tabiiy. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi.Toshkent - 2018.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-Toshkent. Sharq 
nashriyot- matbaa konserni, 1997.
3. ZiyoNET “Kutubxona” internet tarmog‘i.


548

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish