10
BOLA TARBIYASIDA OILA VA JAMIYATNING O‘RNI
Qo‘chqorova Dilfuza Rahmonberdiyevna
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani
3-son MTT tarbiyachisi
Telefon:+998977640478
Atamurotova Shoxida Shomurotovna
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani
19-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998932826255
qizlarxon1989@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada bola tarbiyasi, bola psixologiyasining rivojlanishi, muhitning
bola tarbiyasidagi ahamiyati, ota - onaning, oilaning tarbiyachi ustozning vazifalari xususida fikr
yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Bola tarbiyasi, tarbiya jarayoni,ota, ona, oila vazifasi, jismoniy va ma’naviy
rivojlanish.
Bola – hayotning shunday ne’matiki, u bilan butun qayg‘ungni unutasan. Nigohi bilan senga
butun borliqni hadya etgandek bo‘ladi, go‘yo. Ha, biz o‘zbek millati bolajon xalqmiz. Shu bois
Davlatimiz bir qator Qonun va Qarorlarida bola huquqlarini mustahkam belgilab o‘tgan. Bu
beg‘ubor qalb egasi jamiyatning ustuni bo‘lmish oilaning mustahkamligini taminlovchi, shu
bilan birga kelajakning asosiy bo‘g‘ini sanaladi.
Bola- xuddi qushdek pedagog qo‘lida parvozga tayyorgarlik ko‘radigan polapon. U uchish
san’atini oiladan, jamiyatdan, ustozlardan o‘rganadi. Ular kabi hayotda ishonch bilan qadam
tashlashni orzu qiladi. U xuddi hayotning yozilishga shaylanayotgan kitobiga o‘xshaydi.
Jamiyatdagi, borliqdagi hamma narsani nurli ko‘zlariga ota, ona nigohi; tarbiyachi, ustoz o‘gitlari
bilan anglay boradi. Uning shaffof tuyg‘ulari biz tarbiyachilar yo‘naltirgan tomon o‘sa boradi. Shu
bois bola boshidan, o‘g‘lon yoshidan degan hikmat shakllangan.
Haqiqatan, bola psixologiyasi jamiyatda ota-ona, tarbiyachi, ustoz bilan muloqotidan shakllanadi.
Ota-ona bolasi kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratgisi keladi. Ammo uning ma’naviy va
jismoniy rivojlanishiga e’tibor qaratilyaptimi? Holbuki, bugungi rivojlanish davrida ko‘pchilik ota-
onalarimiz chet ellarda biznes ishlari bilan band bo‘layotgan bir paytda bola tarbiyasi tarbiyachi,
ustozlar yoki buvi va bobolar zimmasida qolmoqda. Bolani sog‘lom muhitda tarbiyalash, bolaga
vaqt ajratish, ota-ona mehridan bahramand etish, jismoniy va ruhiy dunyoqarashiga e’tibor
qaratish lozimligi eng dolzarb mavzulardan bo‘lib qolmoqda. Bolaga olamni tanitish, tabiatni
asrash, farzandlik burchini anglatish, ota-ona, kattalarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, Vatanga,
oilaga muhabbat tuyg‘usini tuydirish, do‘stlikni asrash, buyuk tariximiz va qadriyatlarimiz bilan
tanishtirib borish asosiy vazifalarimizdan bo‘lib bormoqda.
Bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktabgacha va maktab yoshidagi
bolalarning rivojlanishiga nisbatan qo‘yiladigan talablar asosida bolaning har tomonlama barkamol
rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustuvor masalalardan sanaladi.
Muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish, bolani o‘yin jarayoniga jalb qilish va
uni tashkil qilishda hamkorlik munosabatlariga erisha bilish, kattalar va tengdoshlari bilan hayotiy
vaziyatlarda odob qoidalariga muvofiq o‘zini tuta olish qobiliyatini shakllantirish hozirgi kunda
bosh mavzularimizni qamrab oladi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy- tarixiy tajriba asosida bolani har tomonlama
o‘stirish, uning ongi, xulq- atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib, bola tarbiyasi
uning ruhiyati bilan bog‘liqlikda olib boriladi.
Bola rivojlanishining quyidagi sohalari mavjud:
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanishi;
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
4. Bilish jarayonining rivojlanishi;
5. Ijodiy rivojlanish.
547
10
Hozirda sog‘lom fikrlaydigan kelajak avlodni shakllantirish bizning bosh maqsadimizdir. Bola
o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy
faollik ko‘rsatishi, turli harakatlarning faolligiga uyg‘un ravishda maqsadli bajara bilishi, turli
hayotiy va o‘quv vaziyatlarida erkin fikr bayon qila olishi lozim. O‘z harakatlarini hissiyot va
sezgi a’zolari yordamida boshqara bilishini shakllantirish, shaxsiy gigiyenasini tashkillashtirish,
sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanishini tartibga solish, xavfsiz hayotiy faoliyat asoslariga rioya
etish kabi bir qator hayot qoidalariga amal qilishni o‘rgatish biz tarbiyachi ustozlarning dastlabki
vazifamizdir.
Bundan tashqari, bola o‘zgalar nutqini eshitishi va tushunishi, o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz
me’yorlariga amal qilishi, qulay grammatik shakllar va gapning turli shakllaridan foydalana
olishi lozim. Chet tilini o‘rganishga, badiiy asarlarga qiziqish uyg‘otish, so‘zning lug‘aviy
ma’nosi, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lish, gapning turli ma’no
shakllarini mustaqil ravishda tuza olish va so‘zlay olish, yozish malakalari va vositalaridan
foydalanishni bilish bola psixologiyasining o‘sib borishiga zamin hozirlaydi. Bu kabi qirralarni
o‘zida shakllantirgan bola kelajakda albatta mustaqil fikriga ega bo‘lgan haqiqiy inson bo‘lishi
tabiiy.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi.Toshkent - 2018.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-Toshkent. Sharq
nashriyot- matbaa konserni, 1997.
3. ZiyoNET “Kutubxona” internet tarmog‘i.
548
Do'stlaringiz bilan baham: |