557
10
“Jismlarning suzishi”
O‘quvchilar oldidagi uchta suyuqlik quyilgan idishga uchta
bir xil jism botirilgan
Masalan, tuxum: birinchi idishdagi jism suyuqlik sirtida, ikkinchisida ichida,
uchinchisida
tubida suzmoqda.
Savol: Nima uchun bitta jism o‘zini har xil tutmoqda? Jismning suyuqlikda bo‘lishi qanday
omillarga bog‘liq?
O‘quvchilar turli fikrlar bildiradilar, o‘z fikrlarini isbotlashga urinadilar.
Har qanday holatda ham muammoning yechimiga yo‘l topishda jism bir xil bo‘lganligi uchun
unga e’tibor qaratmasdan, suyuqlikka e’tibor qaratish lozim. Suzish shartlari suyuqlikka bog‘liq.
O‘quvchilarning o‘zlari og‘irlik kuchi
va Arximed kuchini bilib olib, ular o‘rtasidagi
munosabatlarni tushunib olib jism qachon suzadi, qachon cho‘kadi degan xulosaga kelib oladilar.
2) Frontal laboratoriya jarayonida
7-sinf Fizika darsligida “Ishqalanish kuchi.Tinchlikdagi ishqalanish”
mavzusidan shunday
muammoli vaziyatni yaratish mumkin.
Savol qo‘yiladi: Ishqalanish kuchi nimalarga bog‘liq? Bu savolga javob topishni uchun mustaqil
ishlash tashkillashtiriladi, kerakli jihozlarni tanlaydilar. O‘quvchilar ishqalanish kuchi dinamometr
bilan aniqlanishini, ishqalanish kuchi nimalarga bog‘liqligini nazariy jihatdan o‘rganganlar.
Jism massasi(brusokni dinamometrga ilib aniqlaydilar).Brusok harakatlanadigan sirt(yog‘och,
daftar jildi, linoleum, chizg‘ich va h.k.z.)
Tajribani o‘tkazib bo‘lgach o‘quvchilar mustaqil holatda xulosalar chiqaradilar: “Ishqalanish
kuchi” ga bog‘liq bo‘ladi”
3) Tajribalarni mushohada qilish jarayonida.
7-sinflar uchun “Nyutonning birinchi qonuni-inersiya qonuni” mavzusiga bag‘ishlangan dars.
Dengizda harakatlanayotgan kemani tasavvur qilish taklif qilinadi.
Palubada turib koptokni
yuqoriga otdingiz. Koptok qayerga tushadi?
O‘quvchilar shoshilib javob berishni boshlaydilar: mening oldimga, palubaga, tog‘ridan-to‘g‘ri
mening qo‘limga, suvga. O‘qituvchi, “Sinfimizda qanchalik turma-tur qarashlar, ko‘plab fikrlar.
Kimning javobi to‘g‘ri ekan-a? Koptok qayerga kelib tushar ekan?”
“Ishqalanish kuchi.Tichlikdagi ishqalanish” mavzusini hikoya qilishdan boshlaymiz:
“Bolalar hammamiz muzg‘aloqda bo‘lganmiz, toyib yiqilib ketmaslik uchun qanchalar
kuch sarflaganmiz, qanchalik kulguli holatlarga duch kelganmiz. Biz tan olishimiz kerakki, biz
yurayotgan oddiy tuproq muvozanat saqlab turishimiz uchun qanchalar bebaho xossalarga ega.
Velosiped bilan sirpanchiq yo‘lda harakatlanganimizda ham shunday hodisalarga duch kelamiz”.
6-sinf fizika darsligida “Modda zichligi” mavzusini o‘tishda o‘quvchilar qo‘liga qand bo‘lagini
berib, chizg‘ich yordamida uning massasini aniqlash topshiriladi.
Topshiriq: Qand bo‘lagi massasini aniqlang.
Jihozlar: chizg‘ich, zichliklar jadvali.
O‘lchashlarni amalga oshirish rejasi
Qand bo‘lagi bo‘yi, eni va balandligini o‘lchash. Formulaga asosan modda hajmini hisoblash.
Jadvaldagi ma’lumotlardan qandning zichligini aniqlash. Formulaga asosan modda massasini ham
hisoblash mumkin bo‘ladi.
Fizika darslarida muammoli o‘qitish metodikasidan foydalanish o‘quvchilarning
mantiqiy
fikrlashlarini, vaziyatga ijodiy yondoshishlarini , nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va
to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-
5712-sonli farmoni.
2. N.Sh.Turdiyev. 6-sinf “Fizika darsligi”. T. 2017
3. P.Q.Habibullayev.A.Boydedayev va boshqalar.7-sinf “Fizika darsligi”. T.2017