Масъул муҳаррир


XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATIV



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet393/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATIV 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Qurbonova Sevara Alisherovna
Xorazm viloyati Shovot tuman
 48-maktab fransuz tili fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada ,,Xorijiy tillarni o‘qitishda axborot kommunikativ 
texnologiyalardan foydalanish”bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblangan 
xorijiy tillarni o‘qitishda axborot kommunikativ texnologiyalaridan foylanishning ahamiyati
kommunikativ texnologiyalaridan foydalanish natijasida o‘qituvchi va o‘quvchi(talabalar ham)
erishadigan yutuqlari asosan televideniye misolida ko‘rsatiladi. 
Kalit so‘zlar; Kommunikativ, samara, televideniye, manba, o‘quvchi, talaba, televizion, ax-
borot, faoliyat, axborot, dastur, voqelik, zamonaviy, xorijiy, imkoniyat, ta’lim, ma’lumot. o‘quv 
–tarbiya, material, malaka, nutq, muloqot, tushuncha, vosita. 
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston dunyoga tanildi, xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashki-
lotlar bilan bevosita hamkorlik ishlari rivojlandi. Butun jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib 
o‘rin egallashga intilayotgan, o‘z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni 
bilishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirdi. Bu borada muhtaram Prezidentimiz 2012-yil 10-dek-
abrdagi ,, Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi 
PQ 1875-sonli qarori ayni muddao bo‘ldi va xorijiy tillar 2013-2014-o‘quv yilidan bosqichma-
bosqich umumta’lim maktablarining 1-sinflaridan boshlab o‘qitila boshlandi. Bu qaror butun 
ta’lim tizimida axborot kommunikativ texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llash uchun turtki 
ham bo‘ldi. Bugungi kunda yuqori kasbiy malakaning asosiy talablaridan biri xorijiy tillarni 
mukammal bilish bo‘lib qoldi. Xalqaro muloqot tillar o‘rtasida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan 
fransuz tilini samarali o‘rgatishda maktab, litseylarda butun bir ta’lim vositalari tizimidan foy-
dalanilmoqda. S. G. Shapovalenko fikri bo‘yicha ta’lim tizimi vositalari bu ko‘plab o‘zaro bog‘liq 
ta’lim vositalari majmuasi bo‘lib, chet tili o‘quv predmetini o‘rganishda eng muhim sanaladi. 
Oliy ta’limda OAV foydalanishning majmuaviy tarzda olib boorish g‘oyasi olimlar tomonidan 
ilgari surilmoqda. Ular quyidagilar:
-yangi o‘quv materiali bilan tanishuv bosqichida;
-yangi o‘quv materialini darsda qo‘llash bosqichida;
-o‘quv materialini ijodiy qo‘llash bosqichida o‘quv o‘rganish, kommunikativ topshiriqlarni 
yechish jarayonida va boshqalar. 
Ta’lim vositalarining o‘zaro aloqalari va bog‘liqligi jamlanmasini biz , , ta’lim vositalari 
majmuasi’’ deb bilamiz. Ta’limga qo‘yilgan didaktik topshiriqlarni samarali bajarishda va til 
o‘rganishning har bosqichida ta’lim vositalarining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganamiz. Ta’lim 
vositalarining majmuaviy qo‘llanish tushunchasi darsga alohida olingan ta’lim vositasi emas, 
balki butun bir o‘quv-tarbiya jarayonidagi ta’lim vositalaridan mos holda qo‘llash bilan bog‘liqdir 
va ularni majmuaviy qo‘llash optimal darajadagi o‘zaro bog‘liqligi, dars etaplarining har bir 
bosqichidagi o‘quv-tarbiyaviy topshiriqlarni yetarli darajada yaxshi bajarishimizga yordam 
beradi. Bunda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish maqsadida o‘quv jarayonida turlicha 
qiyinchilik darajasidagi har xil majmualar tizimini qo‘llash haqida gap bormoqda. Bunday ta’lim 
vositasi majmualari qo‘llanilishi gapirish, tinglash, o‘qish va yozish malakalarini egallash uchun 
nazarda tutilgan, (shu bilan birga, leksik, fonetik va grammatik ko‘nikmalar ham). Ayniqsa, 
xorijiy til (fransuz tili) ta’limida bunday ta’lim vositalarining majmuaviy qo‘llanilishi boshqa 
xorijiy tilni o‘rganishda muhim ta’lim texnologiyasi sanaladi. 
Televideniye chet tili ta’limida katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, u inson rivojlanishida 
emotsional his tuyg‘ular orqali ko‘rib, tinglab o‘rganishga imkon beradi. YUNESKO ma’lumoti 
bo‘yicha inson nutq orqali eshitganlarining 15%, ko‘rgan ma’lumotlarining 25%, ham ko‘rib, 
ham eshitgan ma’lumotlarni 65%ini eslab qolar ekan. Televizion dasturlar juda ommabop bo‘lib, 
jamiyatning turli tabaqalari, turli yoshdagi va kasbdagi insonlar uchun eng maqbul axborot 
yetkazuvchi vosita hisoblanadi. Chunki u axborotlarni yuqori darajadagi estetik did, yorqin va 
ifodali tarzda yetkazadi va muntazam ravishda asoslab berishi jamoat auditoriyasi uchun eng 
kuchli ma’lumot beruvchi vositadir. 


561
10
Televideniyeda berilayotgan har qanday voqelik tomoshabinning ko‘z oldida hozirning o‘zida 
sodir bo‘layotgandek seziladi. U o‘zini voqelikning ishtirokchisi kabi sezadi. Xorijiy tillarni 
o‘qitishda Aktdan foydalanib, voqelik va kechinmalarni eslab, ularni amalda qo‘llash juda samarali 
ekanligini ko‘ramiz. Televideniye vositalarining axborot imkoniyatlari til o‘rganuvchilarga 
xorijiy til vakillari bilan autentik uslubda muloqot qilish imkoniyatini beradi. Bular tabiiy 
til muhitining ishtirokchisini, jumladan, gap strukturasining o‘zgarishi nutq semantikasining 
o‘zgarishi kabilardir. Televideniyeda jamiyatning ijtimoiy turmush tarsi aks etadi, har bir 
millat mentalitetining o‘ziga xosligi milliy qadriyatlar kabi va shuning uchun ham telemuloqot, 
telejavoblar zamonaviy madaniy tilni o‘rganish uchun asosiy manbalardan biri bo‘lishi mumkin. 
Ta’limda televideniyedan foydalanish talabalarning o‘quv faoliyatida telexabarlarning aniq 
tushunishi malakalarini shakllanishi uchun vosita bo‘ladi. 
Litsey o‘quvchilari va talabalar bilimini to‘ldirishda televizion dasturlar eng qulay manba 
bo‘lib, hozir kuchli va keng hajmdagi axborotlarni o‘z hayotlari, kasblarida qo‘llashiga, ularda 
tanqidiy fikrlarni rivojlanishi va voqelikka haqiqiy baho bera olish ko‘nikmasi shakllanishiga olib 
keladi. O‘quvchilarda shunday imkoniyatlar paydo bo‘ladiki, u dunyoda sodir bo‘layotgan u yoki 
bu voqelik O‘zbekiston televideniyesida qanday talqin qilinayapti va Fransiya televideniyesida 
qanday talqin qilinayapti, ular orasida qanday tafovutlar mavjudligini o‘quvchi va talabalar 
tushunib yetadi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Le Robert de poche. - Paris, 1995. 
2. Le petit Larousse illustré. –Paris, 1995. 
3. Parlez-vous français?-Paris, Gallimard, 1964. 
4. www pedagog. uz


562

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish