Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISHNI TATBIQ QILISH
Qurbonova Nargiza 
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani 
7-son maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon:+998974522534
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinfda o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy 
innovatsion texnologiyalar asosida darslarni tashkil etishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida 
fikr yuritiladi, ularni tatbiq qilish usullari ko‘rsatib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsiya
ijodkorlik, demokratik uslub, interaktiv metodlar, multimedia.
Ma’lumki, ta’lim o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati hisoblanadi. 
Darslar mobaynida o‘qituvchilar o‘z bilimi, malakasini turli usullar: mashg‘ulotlar, topshiriqlar 
vositasida yetkazishga harakat qiladi. Bu jarayonda nafaqat o‘qituvchidan, balki o‘quvchidan 
ham o‘z ustida ishlash: ma’lumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash va hayotga tatbiq qilish 
kabi vazifalar belgilanadi.
Ta’lim-tarbiyaning maqsadi o‘qituvchi o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq o‘rinli foydalana 
olishi, malaka va ko‘nikma hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, zamonaviy 
texnologiyalar asosida bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davr haqida ma’lumotlar yetkazish 
va milliy g‘oya sharqona tarbiya va ma’naviyatini boyitish hamda ularni o‘quvchi ongiga 
singdirish, yetkazib berish bilan belgilanadi.
Bu maqsad vazifalar boshlang‘ich sinf o‘qitish davrida, ayniqsa kuchli talab qilinadi. Chunki 
bu davrda bola o‘zining tub mohiyati va vazifasini anglab yetmaydi, balki shunchaki hamma 
maktabga borishi kerak deb o‘ylaydi. Ammo ma’lum vaqt o‘tgach ya’ni vazifalar ko‘payib 
boravergach bu aqliy mehnat ekanligini anglab boradi va shu vaqtda uning o‘qishdan ko‘ngli 
soviydi hamda unda umidsizlik uyg‘onadi. O‘qituvchi esa bunday holatning oldini olish uchun 
o‘quvchiga ta’limning o‘yindan farqi va o‘ziga xos qiziqarliligi haqida tushunchalar berishi 
va uni shu faoliyatga tayyorlashi zarur. O‘qituvchi dars mobaynida o‘quvchiga shunday muhit 
yaratishi kerakki, o‘quvchi mustaqil topshiriq olganida, o‘zini tengdoshlari orasida lideri deb his 
qilsin. Bu jarayonda o‘qituvchining o‘quvchilarga bo‘lgan munosabatidan demokratik uslubdan 
foydalanishini lozim ko‘ramiz. Zero, bu uslub bolalarni birlashtiradi. O‘z-o‘zini boshqarishga, 
o‘z xatti-harakatini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatadi. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondashish hissi 
shu yoshdagi bolalar bilan demokratik muomala munosabati asosida shakllanadi. Bu muomala 
munosabatida ilg‘or pedagogik va yangi axborot texnologiyalarini tatbiq qilish muhimdir.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv 
jarayoniga qo‘llash kundan-kunga oshmoqda. Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, interfaol metodlar 
va zamonaviy axborot texnologiyalari o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina 
qolmay, ilm-fan va AKT yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan 
shaxs tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni shu davrgacha an’anaviy ta’limda 
o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga yo‘naltirgan bo‘lsa, endilikda bu ma’lumotlarni 
mustaqil tarzda qidirib topish, o‘rganish, tahlil qilish va xulosalash ko‘nikmalari shakllantiriladi. 
O‘qituvchi esa bu jarayonda o‘quvchining ta’lim-tarbiyasiga sharoit yaratadi va bevosita uni 
boshqaradi, yo‘naltiradi.
Hozirgi vaqtda ta’limda “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar” metodlari, “Sinkveyn”, “Beshinchisi 
ortiqcha”, “Bumerang”, “Bahs-munozara”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Venn” diagrammasi 
va boshqa ko‘plab zamonaviy pedagogik texnologiyalar keng qo‘llanmoqda. Bundan tashqari, 
axborotlashtirilgan multimediali ta’lim texnologiyalarini boshlang‘ich ta’limga joriy etish orqali 
o‘tiladigan fanlar mazmunini o‘quvchilar ongiga to‘liq singdirib borish, innovatsion vositalar 
bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Multimedia darslar o‘quv jarayonini ko‘rgazmali 
olib borishda ko‘maklashadi. Zero, ta’limda ko‘rgazmalilik asosiy o‘rinlardandir. Bundan 
tashqari, o‘quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi, mashg‘ulotlarni jonli va muloqot 
tarzida olib borishga imkon beradi. Bu esa o‘quvchida o‘ziga bo‘lgan ishonchni, tezkor fikrlashni 
va ijodkorlikni shakllantiradi. Shuningdek, ta’lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter 


559
10
xotirasida saqlab, ularni o‘quvchilarga xoxlagan vaqtda yetkazish imkoniyati bo‘ladi. Shu bilan 
bir qatorda multimedia usulida axborotning xilma-xilligini matn, lavha, bezak, nutq, musiqa, 
videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalar orqali ko‘rsatish ta’lim samaradorligini 
oshiradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish 
yo‘llari.
2. Sayidaxmedov N. Pedagogik amaliyotga yangi texnologiyalarni qo‘llash namunalari.
3. G‘ulomova M.X., Sobirova N.K. Yangi innovatsion texnologiya yordamida ta’lim 
samaradorligini oshirish usullari.


560

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish