Kurs ishi mavzu: Kichkina shahzoda asarida mavzu va g'oya
O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O'ZBЕKISTONMILLIYUNIVЕRSITЕTI
XORIJIYFILOLOGIYAFAKULTЕTI
FRANSUZ TILI VA ADABIYOTI YO'NALISHI
FAN O'RGANILAYOTKAN TIL ADABIYOTIDAN
KURS ISHI
MAVZU: Kichkina shahzoda asarida mavzu va g'oya
Qabul qildi: Xurshida Tayyorladi: Boboqulova Jamila
TOSHKЕNT - 2019
Mundarija:
Kirish
I. BOB. Adabiyotshunoslikda mavzu va g'oya .
1.1 Badiiy asarda " mavzu" tushunchasi .
1.2 Badiiy asarda "g'oya "ning ifodalanishi.
II . BOB . .. Antuan de Sent-Ekzyuperining «Kichik shaҳzoda» ertagi.
2.1. «Kichik shahzoda» ertagining janrlik xususiyatlari
2.2. «Kichik shahzoda» ertagining mavzu va g'oyasi
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Jahon xalqlari madaniy va ma'naviy boyliklari bilan tanishish o'z milliy merosimizga o'zgacha ko'z bilan qarashni taqozo etsa, o'zaro qiyoslash uni munosib baholashga imkon yaratadi. Shu ma'noda, mumtoz va zamonaviy chet el adabiyotidan baHramand bo'lish, o'rganish va tadqiq etish ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi, chunki jahon adabiy jarayonidan habardor kishi o'z milliy adabiyotini o'zgacha mehr va talabchanlik bilan baholaydi. Bu borada badiiy tarjimaning roli beqiyosdir.
Shu o'rinda O'zbekistonda francuz madaniyati, tili va adabiyotiga bo'lgan qiziqish ham doimo katta bo'lganligini ta'kidlash lozim. Asosan XX asrdan boshlab tarjima qilina boshlagan fransuz adabiyoti vakillarining asarlariga bizda talab va ehtiyoj yuqori bo'lib kelgan. Ayniqsa, o'zbek o'quvchilari orasida fransuz nasriga qiziqish katta ekanligi kuzatiladi. Mari Arue Volьter, Onore de Balzak, Fredrik Stendalь, Gyustav Flober, Gi de Mopassan, Romen Rollan, Marsel Eme, Alьber Kamyu, Fransua Moriak, Jorj Semenon, Fransuaza Sagan singari yozuvchilarning bir qancha asarlari bir necha yillardan buyon o'zbek tilida o'qilmoqda, ba'zilari qayta-qayta nashr etilmoqda.1
Ertak epik asarlar ichida eng qiziqarlisi bo'lib, uning kelib chiqishi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Turli davrlarda adabiy ertakka murojaat etish nafaqat muallifning ist'edodi va istagi gina bo'lib qolmastan, balki usha davr taqazosi hamdir. Eng muhimi ertak haysi turda bo'lishidaan qat'iy nazar hech qachon o'lmagan.Qaysi asryoki davr bo'lmasin ertaklar yaxshilikka etaklagan, ko'ngillarni hushlab insonlarda ezgu niyatlarni alqagan va eng asosiysi yovuzlikka qarshi turgan.
Mazkur tadqiqot ishimizda biz fransuz adabiyotida kichkina shahzoda asarining o'ziga hos hususiyatlari, asosan asaring mavzu va g'oyasini o'rganishni maqsadi qilib olganmiz.
Tadqiqotimizning vazifasi quyidagi masalalari yechimini belgilab berdi:
1.mavzu tushunchasini yoritish;
2.badiiy g'oya tushunchasiga aniqlik kiritish;
3.Asarda bosh qahramon muammosining qanday hal
etganligini aniqlash;
4. Asarlarda ma’naviy poklik goyasining oziga xos talqinlarini
korsatib berish;
6. Sent-Ekzyuperi ijodining Ozbekistonga kirib kelishi va tadqiq
etilishi masalasini yoritish;
7. «Kichkina shahzoda» asarining M.Umarov va X.Sultonov
tomonidan qilingan tarjima variantlarini o`rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |