O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
_____________________________________________ FAKULTETI
____________________________________________ YO’NALISHI
_________________________________________________FANIDAN
KURS ISH
Mavzu: O'zbek adabiyotida hikoya va novella
Bajardi: ____________________
Qabul qildi: _________________
Toshkent – 2020
O'zbek adabiyotida hikoya va novella
Hikoya — badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida H. qadim anʼanalarga ega. Oʻtmishda H. folklor asarlari tarkibida bayon unsuri boʻlib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida H.chilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa qoʻshgan. Asarda’ 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz), OTenri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Choʻlpon (oʻzbek) H. janrining asoschilari hisoblanadi. Yev-ropa adabiyotida H. novella deb ham ataladi.
Oʻzbek adabiyotida H. juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar — Kultegin va Toʻnyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabgʻu-zmyning "Qisasi Rabgʻuziy" asarida ham axloqiy xarakterdagi H.ning yaxshi namunalari bor. Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 5-maqolotidagi "Hotami Toy hikoya-ti", 20-maqolatidagi "Ul qul hikoyati", "Sabʼai sayyor" dostonidagi yetti musofir H.lari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-asrda yaratilgan Poshshoxojaning "Gulzor" va "Miftoh ul-adl" asarlari oʻzbek H. chiligining rivojlanishiga asos boʻlgan.
Oʻzbek adabiyotida realistik H. janri 20-asr boshlarida shakllandi (Choʻlpon, "Qurboni jaholat", "Doʻxtur Muhammadyor, 1914; A.Qodiriy, "Uloqda", 1915 va boshqalar). 20-yillarda Gʻ.Gʻulom, A.Qahhor, Oydin va boshqa bu janrda barakali ijod qildilar. 30-yillarda A.Qahhor H. ustasi sifatida tanildi. 50—60-yillarda S.Ahmad, 60 —70-yillarda Oʻ.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyo-tiga salmoqli hissa qoʻshdilar.
"H." atamasi kengroq maʼnoda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. Soʻzlab berilgan bunday voqelik oʻz qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos boʻlishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr maʼnosida tushunilmaydi. Mas, Oʻ.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani 9 personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan. Sh.Xolmirzayev "Olaboʻji" asarini "romandan katta hikoya" deb ataydi. Hozirgi oʻzbek H.chiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.Aʼzamov, N.Eshonqu-lov, Sh. Boʻtayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi.
H. inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani loʻnda ifodalashga moʻljallangan. Unda shu voqeaga qadar per-sonaj hayotida nima boʻlgan, qanday roʻy bergan, kim bilan — bular toʻgʻrisida maʼlumot berish shart emas. Juda zarur boʻlsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Mas, A.Qahhorning "Oʻgʻri" H.sida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim deyilmaydi. Egamberdi paxta-furushdan kichkina shart evaziga ikkita hoʻkiz olgan Qobil boboning ertasi toʻgʻrisida "Bu shart kuzda maʼlum boʻladi", deb xabar beradi, xolos. Gʻ.Gʻulom esa "Mening oʻgʻrigina bolam" H.sidagi oʻgʻrining kechagi kunini loʻnda detallar orqali toʻldi-radi. Uydan biron narsa olmay chiqib ketgan yigitning ertangi kuni haqida hech qanaqa maʼlumot bermaydi.
Ixchamlik H.ning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan bir-gina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yoʻli, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat boʻlib qolishi mumkin. Biroq har qanday koʻrinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi.
H. mazmuniga koʻra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, satirik, yumoristik yoʻnalishlarda boʻlishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqeiy H.lar (N.Fozilovning "Ustozlar davrasida") ham boʻladi. Oʻzbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bogʻliq bir necha yozuvchi tomonidan yozilgan "hashar H.lar" ham uchraydi.
So‘zning qudratidan to‘g‘ri foydalanish, uni behudaga isrof qilmaslik yaxshi asar yaratish omillaridan biridir. Umuman, har doim So‘zga ehtiyojimiz borligini, So‘z kuchiga tayanib ish yuritishimizni unutib qo‘ymayapmizmi?
Hozir So‘zga, badiiy adabiyotga bo‘lgan hurmatsizlik, istagan kishining kitob chiqaraverishini ko‘rib, hayron qolasiz. Ko‘pgina xususiy gazetalarda chop etilayotgan sayoz asarlarni o‘qib, yaxshigina bezak berilgan "kitob"larni varaqlab, shunday xulosaga keladi kishi. O‘quvchiga estetik zavq bermaydigan, fikrlashga, mushohada qilishga undamaydigan, aksincha, ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladigan yengil-elpi «asar»larning ko‘payib ketayotgani, haqiqatan ham, achinarli hol. Ularning "hikoya" yoki "qissa" nomi ostida berilishini qanday tushunish mumkin?
Ushbu "hikoya"larning aksariyatida birxillik ko‘zga tashlanadi. Takroriy jumlalar, mantiqsiz gaplarni aytmasa ham bo‘ladi. Ba'zi beo‘xshov gaplar o‘quvchining g‘ashiga tegadi ("Sira payqamagan ekanmiz, Mavjuda opaning sochlari saqichday(?) qop-qora, mayin jingalak tolalari yaltirab turarkan", "Bo‘ladi kulgi! U kishining yuzlari lavlagiday(?) qizaradi").
Bunday asarlarning "syujet"i ham deyarli bir xil: qishloqdan o‘qish yoki ishga kelgan qiz shaharlik bir yigit bilan tanishadi. Oralarida ishqiy munosabat paydo bo‘ladi. Natijada qiz... Ota-onasi oldiga borishdan, odamlarning gap-so‘z qilishidan nomus qilib hayotida bir fojea yasaydi. Mana shu "ikki og‘iz gap" butun asar davomida kengaytirilib, qizning ruhiy holati, azoblarini yozish bilan "boyitiladi". Voqealar ko‘pincha qizning kundaliklari tarzida bayon qilinadi.
Bu kabi xom mashqlar o‘quvchiga nima bera olishi mumkin? Deyarli hech qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lmagan (ko‘pincha "kimlargadir saboq bo‘lishi uchun yozdik" qabilidagi gaplar bilan asar kamchiligi xaspo‘shlanadi) "ko‘cha hikoyalari" xususiy gazetalarda nega bu darajada ko‘payib ketyapti? Ularning "hikoya", "qissa" deb berilishi battar asabga tegadi. Axir, hikoya (qissa) yozish xamirdan qil sug‘urishdek oson ish emaski, istagan kishi qo‘liga qalam olib ijod qilaversa... "Eri qo‘shnisi bilan yurib ketibdi, qizi o‘qishni bahona qilib kayfu safo surib yurgan emish" kabi g‘iybatnamo gaplar qachondan beri adabiyotga hikoya janri sifatida da'vo qiladigan bo‘lib qoldi? Adabiy tilning oddiy qoidalari talablariga ham javob bera olmaydigan "poyintar-soyintar" jumlalardan iborat "hikoya"lar badiiy ijod namunasi bo‘la oladimi? Vaholanki, shunchaki zerikkanda, bekorchilikda o‘qilayotgan asar hech qachon badiiy asar darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ularning deyarli bir xil sarlavhalariga e'tibor bering: "Nafs bandalari", "Hirs bandalari" va hokazo.
Ming afsuski, "yangi yozuvchi"larning "muxlis"lari ham ko‘p. Ulardan bu haqda so‘rasangiz, asarning zo‘rligini, "maza qiladigan" joylari ko‘pligini aytishadi. Nahotki, ularda ham haqiqiy adabiyot shunday bo‘ladi, degan tushuncha shakllangan? Lekin mutolaa qilishga, fikrlashga o‘zida kuch topa olgan (ayniqsa, bugungi tezkor zamonda bu juda muhim) kishi haqiqiy asar bilan oddiy to‘qimani ajrata oladi. Binobarin, qimmatli vaqtini bunday "ko‘cha hikoya"larini o‘qish uchun sarflamaydi.
Badiiy asarda mazmun va shaklning bir-biriga mutanosibligi juda muhim. Jumladan, hikoya va qissalarda ham. Hikoyani dunyo xalqlari adabiyotida eng ko‘p rivoj topgan janr deb aytish mumkin. O‘zbek hikoyachiligining eng yaxshi namunalarini yaratgan Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor asarlarini qayta-qayta o‘qib, zerikmaysiz... Aslida, nomlari keltirilgan buyuk adiblarimizning yuksak iste'dodi zamirida yaratilgan asarlar bilan biz aytayotganlarni bir-biriga solishtirish biroz erish tuyulishi mumkin. Chunki ular bilan xususiy gazetalarda berilayotgan "hikoya"lar o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Qahhorona hikoyalarni o‘qimagan kishining hikoyaga bo‘lgan munosabati va u haqdagi tushunchasi haminqadar bo‘ladi.
«Hikoya janri ijodkordan badiiy, to‘laqonli tasvirni talab qiladi. Faqat bayonchilik bilan cheklanib qolish hikoya yozish degani emas. Afsuski, kundalik, haftalik nodavlat, hattoki davlat matbuot nashrlarida ham bunday talabga javob bera olmaydigan hazmi yengil asarlar ko‘payib ketdi. Achinarlisi, mualliflar ushbu "hikoya"larini jamlab, kitob qilib chiqarishyapti.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: ular badiiy asar darajasida bo‘lmasa ham, odamlar qo‘ldan qo‘ymay o‘qishyapti-ku? Men bunga ko‘proq yozuvchilarning o‘zlari aybdor, deb o‘ylayman. Chunki badiiy jihatdan yetuk asarlar keyingi yillarda kam yaratilyapti.
Orada paydo bo‘lgan bo‘shliq tufayli oldi-qochdi "hikoya"larning «bozori chaqqon» bo‘lib ketdi. Natijada o‘quvchi didi o‘tmaslashib, har qanday yengil asarni ham badiiy asar sifatida qabul qila boshladi. Aslini olganda, bu ham katta muammolardan biri. Bunga yechim topish faqat 2-3 kishining yoki ma'lum bir jamoaning ishi emas, bu adabiy jamoatchilik miqyosidagi masalaga aylanishi kerak. Chinakam adabiyot namunalarini chop etadigan jiddiy nashrlarga moddiy jihatdan yordam berish lozim, deb o‘ylayman».
Bizningcha, bu borada adabiyot muallimlari zimmasiga ham katta mas'uliyat yuklanadi. Ular yosh avlodga badiiy asar, xoh u hikoya bo‘lsin, xoh qissa yoki roman, qanday asosga qurilishi, chinakam asarning oddiy to‘qimalardan farqini tushuntirib berishlari, o‘quvchilarda estetik didni shakllantirishlari lozim. Adabiyot darslarida o‘quvchilarga nafaqat o‘qigan asari mazmunini gapirib yoki she'rni yoddan ifodali o‘qib berishni topshirish, balki adabiy janrlar, badiiy asarga qo‘yiladigan talablar haqida ham ko‘proq bilim berib borish talab qilinadi. Toki ertaga ular saviyasi past, sayoz asarlarni o‘qib, vaqtlarini zoe ketkazmay, ongu shuurlarini haqiqiy adabiyot namunalari mutolaasi bilan boyitsinlar.
«Adabiyot - so‘z san'ati, deymiz. San'at nima? Estetik ahamiyatga ega bo‘lgan, insonni ruhan oziqlantiradigan va his-tuyg‘ularini tarbiyalaydigan, eng muhimi, uni hayratga soladigan go‘zallikning uyg‘unlashuvini san'at deyish mumkin. Adabiyot inson ruhini tarbiyalaydi. Shu ma'noda, adabiyot quroli so‘z bo‘lib, uning Abdulla Qahhor aytmoqchi, "atomdan kuchli" ekanligi ham shunda. Hikoyanavislik, qissanavislik, umuman, badiiy asar yozishning ham o‘z me'yori va qonun-qoidalari bor. Ko‘cha gazetalarida chiqayotgan voqealar bayoni badiiyatdan ancha yiroq bo‘lgan, bayonchilikka asoslangan to‘qima yoki uydirma voqealardir.
Hikoyada voqealar tasvirlanar ekan, albatta, qahramon ruhiyati o‘zi yashayotgan muhit bilan uyg‘un holda yoritiladi. Bu, o‘quvchini o‘sha obraz bilan yaqinlashishga, atrof-muhitga e'tiborli bo‘lishga undaydi. Biz nazarda tutayotgan "hikoya"lar bundan batamom uzoq. Ularni o‘qigan katta yoshdagi kishilar agar badiiy asar qanday bo‘lishini yaxshi tushunsa, ensasi qotib, gazetani qayta qo‘liga olmas, lekin endigina adabiyotni tushunayotgan, balog‘at yoshidagi o‘smir yigit-qizlar uchun bu ma'naviy-ruhiy zarba bo‘lishi mumkin. Hali hayotning achchiq-chuchugini bilmagan yoshlar ota-onasining yoki sinfdoshining bir og‘iz og‘ir gapi uchun o‘zini osib qo‘ygan qahramondan qanday tarbiyaviy jihatni o‘rganishi mumkin? Yoki yo‘ldan adashgan benomus qizning pullari evaziga unga "yordam bergan" ginekolog ayolning qilgan ishi - "yordam"i noto‘g‘ri ekanini "yangi yozuvchi" biladi-yu, uni bu ishi uchun bir hafta ichida "jazolaydi": o‘sha qiz uning o‘g‘li uylanayotgan kelin bo‘lib chiqadi. Ginekolog bunga dosh berolmay, o‘z "sir"ini aytolmay ko‘z yumadi. Xuddi shu voqea boshqa gazetada ginekolog erkak qahramon ishtirokida beriladi. Unda na ruhiy azoblanish, na so‘zning ta'sir kuchi bor. Bu kabi "hikoya"lar shundoq ham nur tezligida o‘tayotgan umrimizni bekorchi narsalar uchun sarflashga sabab bo‘lib, his-tuyg‘ularimizga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Oqibatda, bizda fikrlashga, tafakkur qilish va mantiqiy so‘zlashga bo‘lgan e'tibor yo‘qolib boraveradi. Axloqsizlikni bayon qiluvchi bu kabi uydirmalarning ziyoni ko‘p. Bu borada hamma faol bo‘lishi kerak. Axir har bir ijodkor o‘z xalqining ma'naviy qiyofasi-ku».
"Ko‘cha hikoyalari" psixologik jihatdan ham salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani bor gap. Qahramon yo‘lini tutib, oxirini o‘ylamay noto‘g‘ri ish tutayotganlar yo‘q deysizmi? Ko‘pchilik mualliflar bunday to‘qimalarini asosan qalam haqi olish uchun yozayotgani sir bo‘lmasa kerak. Tahririyat jamoasidan buyurtma olib yozayotganlar ham bor. Qalam haqi asar saviyasiga qarab berilsa, ushbu "hikoya"larning muxlisga ta'sir ko‘rsatadigan bahosi qanday bo‘lar ekan?
To‘g‘risi, taniqli yozuvchilar, el nazaridagi adiblarning badiiy jihatdan yetuk asarlarini bunday gazetalarda deyarli uchratmaymiz. Ehtimol, ularning o‘zlari buni xohlashmas. Ammo chinakam badiiy asarlar bilan gazeta mavqeini oshirish kerak emasmi? Jahon adabiyotining noyob durdonalari hisoblangan asarlarni o‘zbek tilida o‘qishni kim istamaydi, deysiz? Afsuski, asliyatdan tarjimalar juda kam. Bu ham bir muammo.
Xullas, bu boradagi fikr-mulohazalarga yakun yasashning iloji yo‘q. Hozircha esa mavzuga emas, maqolaga nuqta qo‘yib turamiz.
Novella (ital. novella) — nasrning kichik janri, hikoyaning bir turi. Dastlab qissa hajmidagi asarlar ham N. deb atalgan. N. hikoyadan syujet va kompozitsiyasining qatʼiyligi, tavsifiyligi va psixologik tasvirdan xoliligi, voqealarning gʻalati va hayratomuzligi, ramziy unsurlarning mavjudligi va boshqa bilan ajralib turadi. Jahon adabiyoti klassiklari G. Mopassan, A. P. Chexov, E. Xeminguey, nemis novellachilari L. Tik, G. fon Kleyst va boshqa N.ning yaxshi namunalarini yaratganlar. Oʻzbek adabiyotida A. Qahhorning "Mayiz yemagan xotin", "Dumli odam" singari hikoyalari hajviy N. janr talablariga koʻproq javob beradi.
Abdulla Qahhor bemor hikoyasi tahlili
– Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida nihoyatda mahoratli. Abdulla Qodiriy so‘zga qanday nuktadon bo‘lgan bo‘lsalar, Qahhorda ham bu sifat kuchli va u aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini ochiq-oshkor bildirmagan. Masalan, siz aytayotgan “Bemor” hikoyasini olsak, unda bir ayol og‘ir kasal bo‘lib yotibdi. Kinnachilar, mullalar dam solib yotishibdi. Shunda bemor ayolning bolasiga qarata: “Sen Xudodan o‘tinib so‘ra, yosh bolaning duosi qabul” deyishadi. Bola: “Xudoyo ayamni daydiga davo ber” deyapti, bola uxlab qolgan vaqt onasini joni uzildi. Bolani ko‘tarib olayotgan vaqtda ham uyqusirab: “Xudoyo ayamni daydiga davo ber” deydi. Hikoya shu bilan nihoyasiga yetadi. Bu bilan yozuvchi nima demoqchi? “Xudo yo‘q, bo‘lsa bir bedavoning dardiga nega shifo berolmadi” degan iddaodami?! Bu burungi zamon dinsizlarining hikoyasi – buni bugungi kunda nashr qilishda qayta elakdan o‘tkazish kerak.
– Vaholanki, hikoya maktab adabiyot darsligiga kiritilgan.
– Hozir ham o‘shandagi nodonliklar uchrab turadi. Keyinchalik vaqt hammasini izmiga soladi, albatta. Abdulla Qahhorning “Shohi so‘zana”, “Sarob”, “Sinchalak”, “Qo‘shchinor chiroqlari” kabi asarlari ham partiyaning chaqirig‘iga javob tarzida yozilgan. Bularni qayta nashr qilish masalasida shoshmasdan ish tutish lozim. Ammo filologik nuqtai nazardan talabalar Abdulla Qahhor adabiy mahoratini, yosh yozuvchilar tili va uslubini o‘rganishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |