Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti
Sharq Filologiyasi fakulteti
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: Turk-ingliz 2-gruppasi
1-kurs talabasi
ABDULAZIZOVA Fozila Ilhomjon qizining
Adabiyotshunoslik fanidan 2-oraliq nazorat ishisi
Badiiy asar tahlili
Toshkent 2020
MEN SEVGAN BADIIY ASAR TAHLILI
(2-oraliq nazorati)
1. Muallif – Uluğbek Hamdamov
2. Asar nomi, janri i muallifning ijodiy metodi : Nomi: Ota; Janri: roman; Metodi: realizm .
3. Asarning tematik tasnifi : tarixiy asar Ikkinchi Jahon Urushi davrlari
4. Asar mavzusi : Otaning farzandi uchun chekkan azoblari, otaning fidoyiligi, qizini or-nomusi kabi asrashi; Barcha insonlarning gunohkorligi va nuqsonlardan holi emasligi kabi otaning ham ayrim kamchiliklari ochib berilgan.
5. Asarning asosiy g‘oyasi va maqsadi. Özbek otalariga xos bölgan xislatlarni ochib berish; uning oilasi, ayoli, farzandi va jamiyat bilan aloqasini yoritgan. Romanning hajmi katta bo`lmasa ham voqealar bir inson umriga teng. Dastlab urush o`chog`ida tiriklik uchun kurash tasvirlansa, nihoyasida osuda osmon ostida omonatni topshirishga tayyorlik manzarasi yuz ochadi. Asarda tug`ilish va o`lim orasida turgan inson “Ota” haqida bayon qilingan.
6. Asar sarlavhasi haqidagi fikringiz: Özbek adabiyotida bosh mavzu otalar bölgan asarlar juda kam. Ulug`bek Hamdamning “Ota” romanida o`zbek otalarining chinakam umumlashma timsoli aks etgan. Asarning boshlanishida ham “Barcha otalarga bag`ishlanadi” degan jumla oqqa tushirilgan. Asarni o`ib chiqib, mehribon, jonkuyar, ammo gunohkor otani ko`z oldimga keltira olganim uchun asar sarlavhasi juda to`g`ri tanlangan deya olaman.
7. Asardagi milliy kalorit (qanday milliy an’analar, udumlar aks etganligi) Asar Ikkinchi Jahon Urushi vaqtlaridagi xalqimizning ahvolini yoritar ekan, insonlarning milliy an`analarimiz va udumlarimizni bajarishga qo`rqqanligini, tutqunlikdan qiynalganligini ajoyibb tarzda ochib beradi. Bularni so`zma-so`z ifodalamasa ham o`quvchining qalbida bu hislarning kechishi aniq. Shuningdek yosh bolachalarning bir “o`yini” keltirib o`tilgan: Chuli-chuli-kattalar o`yin o`ynaganda ularning atrofida go`yo o`yin o`ynayotgandek, aslida esa, o`yindan tashqarida bo`lgan va o`z ko`yiga tashlab qo`yilgan, kattalarning ortidan u yoq-bu yoqqa chopib yuradigan yosh bola.
8. Badiiy asardagi konflikt turi : Inson-inson, inson-jamiyat
9. Asar kulminatsiyasi. Otaning nikohsiz farzandli bo`lgan o`z qizini so`yib tashlashi. Albatta, bu qo`pol eshitilishi mumkin, ammo yozuvchining o`z so`zlari bilan : Sevinch… o`sha Sevinch, hamma sevinchlagan Sevinch, dunyoga kelishi uchun daryo-daryo ko`z yoshlar to`kilgan Sevinchning bag`riga pichoq tortildi, u chavaqlandi: qornidan to bo`g`zigacha tilimlandi. Ota qildi bu ishni…
10. Asardagi yechim : Avval Valadi zino deb qabul qilmagan nevarasini qabul qilib, u bilan birga yashashni boshladi. Ammo u na o`lik, na tirik edi. Ochiq osmonga qarab o`limiga ham rozi bo`lgan bir ota qoldi undan.
11. Asarda mavjud folklor namunalari (maqol, mif, ertak, afsona va hk.) Iboralar: “Hom sut emgan banda”; “Hamma ajdaho komidan qochsa, u ichiga otiladiya..”…
12. Asardagi eng yaxshi aforizm yoki falsafiy mushohada.”Urushda nima arzon ekan? Urushda jon arzon ekan!”
Do'stlaringiz bilan baham: |