Mavzu boyicha savollar Tarbiya haqidagi shaxsiy fikringiz



Download 18,12 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi18,12 Kb.
#834884
Bog'liq
Mavzu yuzasidan savollar


Mavzu boyicha savollar

  1. Tarbiya haqidagi shaxsiy fikringiz.

  2. Olimlarning bola tarbiyasidagi qarashlari qanchalar asosli deb óylaysiz?

  3. Bola tarbiyasida ota-ona tarbiyachiga qanday amaliy yordam berishi lozim?

  4. Bog'chada tarbiyaviy ish mexanizimi qanday amalga oshirilishi lozim?

  5. Har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashda tarbiyachining ahamiyati qanday deb óylaysiz?

1. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. T.siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda Tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi Tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda Tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi Tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday Tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining Tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish. toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
2. Sharq mutafakkirlarining merosida ta’lim - tarbiya masalalari muhim o`rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada bola tarbiyasi masalalari va ularni hal etish yo`llari ko`rsatib berilgan. Abu Nasr Farobiyning fikricha bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog`i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo`lmog`i lozim degan xulosaga kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari Abu Ali ibn Sino merosida yoritilganini ko`rishimiz mumkin. Beruniy ota –onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli o`yinlar uyushtirishlari, ular bilan o`zaro suhbatlar o`tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Beruniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqidagi, shaxsning rivojlanish to`g`risidagi fikrlarining zamirida insonparvarlik g`oyasi yotadi. U har bir ota –ona o`z farzandlariga ana shu g`oyani singdirishi zarur degan xulosaga keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini muhim uyushtirish, ularni vaqtdan to`g`ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota – onalar o`z farzandlariga o`qtirishlari lozim. Bola tarbiyasi masalalari bo`yicha Abu Ali ibn Sino “Tadbir almanozil” nomli asarini yozgan. Unda olim ota – onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritilgan. Asarda oilada onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga to`xtalar ekan, ayniqsa ota –onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va xunarga o`rgatish borasida muxim fikrlar bayon etadi. Yusuf Xos Xojib “Qtudg`u bilig” asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi. Ota –onalar nazoratda bo`lgan bolaning ma’suliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota –onaning mavqyei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to`g`ri yo`l farzandlarining kelajakni, kamoloti uchun psixologiyasida muhimdir. Mirzo Ulug`bekning qarashlarida bolaning bilim olishga bo`lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o`rin tutadi. Kaykovus “Qobusnoma” pandnomasida o`z farzanding sening haqingda qanday bo`lishini istasang, sen ham ota –ona haqida shunday bo`lg`il deb yoshlarni ota –onasini hurmat qilishga e’zozlashga, mehr –oqibatli bo`lishga da’vat etadi. Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o`rin egallaydi. U o`zining qator asarlarida ta’lim –tarbiya masalalari umuminsoniyg`oya ekanligini ta’kidlaydi. Ya.A.Komenskiy o`zining “Onalar maktabi” kitobini maktabga tayyorlash bobida, shunday yozadi, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma’lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Komenskiy ota –onalar uchun quyidagi vazifalarni ko`rsatadi: 1. Bolalarda maktabga borganda o`z tengdoshlari bilan o`qigan va o`ynagan xursandchilik hissini tug`dirish; 2. Bolalarni maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, maktabdagi faoliyat turlari bilan tunishtirish; 3. Bolalar bo`lajak o`qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish.
3. Yosh avlodda komillik sifatlarini tarbiyalashdek ulug‘ maqsad yo`lida ularning ong ufqlarini kengaytirish, sog‘lom dunyoqarash va e’tiqodni shakllantirish, shuningdek, ma’naviyatga yo‘g‘rilgan xulq-atvorini tarkib toptirish bugungi ta’limning dolzarb vazifalaridan sanaladi. Hozirgi sharoitda bolada har tomonlama rivojlangan barkamol insonga xos sifatlarni shakllantiradigan ta’limtarbiya berishning maqsad va vazifalari ma’naviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikka esh bo‘lgan ijtimoiy faollikni uyg‘unlashtirishdir. “Maktabgacha ta’lim mazmuni va metodlari bola shaxsini shakllanishi, uning mustaqil shaxs sifatida tan olinishi jarayonlari kechadigan muhitda tashkil etiladi. Aynan maktabgacha davrda bolaning kelajakdagi barcha faoliyat turlarida va umuman hayotda muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam beruvchi umuminsoniy xislatlari shakllanadi”. Prezidentimiz Sh.Mirziyiyev tomonidan sohaga oid islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davr talablari va standartlari asosida rivojlantirib borilmoqda. Bu kabi yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, bolalarni yetuk shaxs sifatida kamol topishida nafaqat soha vakillari, ayni paytda keng jamoatchilik – oila va mahallaning ham o‘rni beqiyos. Bejiz xalqimizda “bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan naql shakllanmagan. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” gi Qonunida Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari ko’rsatib o‘tilgan. Xususan: ─ har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi; ─ har bir bolaning iste’dod nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi; ─ maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi; ─ maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi; ─ bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv; ─ maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi; ─ ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi; ─ ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi; ─ maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘iga belgilab berilgan. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari: ─ har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash; ─ bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish; ─ bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam ko‘rsatish; ─ bolalarning, shu jumladan alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish; ─ ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish; ─ maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; ─ maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish; ─ maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; ─ xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, o`sib kelayotgan avlodning jamiyat qoidalarini to`laqonli qabul qilishi, o`z davrining yaxshi va kerakli kishisi bo`lib yetishishi oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan o`rnatadigan to`g’ri munosabatlariga bevosita bog’liq. Ijtimoiylashuv jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o`rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki muassasa xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bo`ladi. Undan tashqari, tarbiyachining o`zi ota-onaga nisbatan ikki xil holatda – rasmiy tarbiyachi va samimiy, e’tiborli suhbatdosh tarzida namoyon bo‘ladi. Lekin oila a’zolari bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi ishlarini uyg’unlashtirish, yaxshi samaraga erishish unchalik oson ish emas. Chunki ikkala tomon bir-biriga ishongan taqdirdagina ular o`rtasida samimiy muloqot bo`lishi va tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Download 18,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish