10
“6-7-SINF FIZIKA DARSLARIDA BA’ZI MAVZULARNI O‘QITISHDA MUAMMOLI
O‘QITISH METODIKASIDAN FOYDALANISH”.
Qosimova Gulhayo Bazarovna
Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani
35-sonli umumta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi.
Telefon:+998(94)-425-25-74 Gulhayo 90@inbox.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining 6-7-sinflarda fizika darslarida
ba’zi mavzularni o‘qitishda muammoli o‘qitish metodikasidan foydalanib o‘qitish haqida fikr
yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Muammoli o‘qitish, fizik hodisalar, tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik, PISA
xalqaro baholash dasturi,fizik tajribalar.
Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qadam qo‘ygan hozirgi kunda
O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga
oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamalakatimizning dunyodagi rivojlangan,
zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta’lim-tarbiya
sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘la olishimiz bilan
uzviy bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim va
maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib
kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi
darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiy jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy
etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida
jahonning 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish,
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan
ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifasi belgilangan.[1]
Yuqoridagi ko‘zlangan vazifalarni amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida sinfdan
tashqari to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini oshirish,
berilgan topshiriqlarni bajarish orqali ularning ijodiy, tanqidiy fikrlash va hayotiy muammolarni
hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, bu borada o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlash
va ularni bartaraf etish biz pedagoglar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid g‘oyalarni bilishi
va bu fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal qila olishi tushuniladi.
Umumta’lim maktablari fizika fanini o‘qitishda muammoli o‘qitish metodikasidan foydalanish
ayniqsa samarali hisoblanadi.
1) Dars jarayonida:
6-sinf Fizika darsligida “Atmosfera bosimi.Torrichelli tajribasi” mavzusini o‘rganishda quyidagi
muammoli vaziyatni yaratish mumkin: qaynatilgan va archilgan tuxumni grafin og‘zidan ichiga
tushirish uchun faqat oldindan yoqilgan qog‘ozni uning ichiga tashlab va tezgina tuxumning o‘zi
bilan og‘zini berkitsak: Muammoli vaziyat tug‘iladi: tuxum o‘z-o‘zidan, tashqi ta’sirlarsiz grafin
ichiga kiradimi?
Inson anglash faoliyatini amalga oshirayotganda muammoli vaziyatlarga duch keladi.
Muammoli vaziyatlardan chiqib ketish uchun o‘quvchilarga oddiygina qarama-qarshiliklarni
tushuntirib qo‘yish yetarli emas. Shunday tashkillashtirish kerakki, ularning o‘zlari bu vaziyatdan
chiqib ketishga harakat qilsinlar, eng asosiysi ularning tushunchalaridagi ba’zi jihatlari olamdagi
haqiqiy holatdan farq qilib turganligini anglab yetsinlar.
“Atmosfera havosi unda turgan jismga bosim ko‘rsatadimi?”
Agar salbiy javob olinsa:
“Suv o‘ziga botirilgan jismga bosim ko‘rsatadiku, nima uchun havo bosim ko‘rsatmas ekan?”
Dars davomida tajribalar bilan olib boramiz: suv bilan yarim to‘ldirilgan stakan va qog‘oz
bo‘lagi.
Ba’zan savolning qo‘yilish shakli ham muammoli vaziyatni vujudga keltiradi:
557
10
“Jismlarning suzishi”
O‘quvchilar oldidagi uchta suyuqlik quyilgan idishga uchta bir xil jism botirilgan
Masalan, tuxum: birinchi idishdagi jism suyuqlik sirtida, ikkinchisida ichida, uchinchisida
tubida suzmoqda.
Savol: Nima uchun bitta jism o‘zini har xil tutmoqda? Jismning suyuqlikda bo‘lishi qanday
omillarga bog‘liq?
O‘quvchilar turli fikrlar bildiradilar, o‘z fikrlarini isbotlashga urinadilar.
Har qanday holatda ham muammoning yechimiga yo‘l topishda jism bir xil bo‘lganligi uchun
unga e’tibor qaratmasdan, suyuqlikka e’tibor qaratish lozim. Suzish shartlari suyuqlikka bog‘liq.
O‘quvchilarning o‘zlari og‘irlik kuchi va Arximed kuchini bilib olib, ular o‘rtasidagi
munosabatlarni tushunib olib jism qachon suzadi, qachon cho‘kadi degan xulosaga kelib oladilar.
2) Frontal laboratoriya jarayonida
7-sinf Fizika darsligida “Ishqalanish kuchi.Tinchlikdagi ishqalanish” mavzusidan shunday
muammoli vaziyatni yaratish mumkin.
Savol qo‘yiladi: Ishqalanish kuchi nimalarga bog‘liq? Bu savolga javob topishni uchun mustaqil
ishlash tashkillashtiriladi, kerakli jihozlarni tanlaydilar. O‘quvchilar ishqalanish kuchi dinamometr
bilan aniqlanishini, ishqalanish kuchi nimalarga bog‘liqligini nazariy jihatdan o‘rganganlar.
Jism massasi(brusokni dinamometrga ilib aniqlaydilar).Brusok harakatlanadigan sirt(yog‘och,
daftar jildi, linoleum, chizg‘ich va h.k.z.)
Tajribani o‘tkazib bo‘lgach o‘quvchilar mustaqil holatda xulosalar chiqaradilar: “Ishqalanish
kuchi” ga bog‘liq bo‘ladi”
3) Tajribalarni mushohada qilish jarayonida.
7-sinflar uchun “Nyutonning birinchi qonuni-inersiya qonuni” mavzusiga bag‘ishlangan dars.
Dengizda harakatlanayotgan kemani tasavvur qilish taklif qilinadi. Palubada turib koptokni
yuqoriga otdingiz. Koptok qayerga tushadi?
O‘quvchilar shoshilib javob berishni boshlaydilar: mening oldimga, palubaga, tog‘ridan-to‘g‘ri
mening qo‘limga, suvga. O‘qituvchi, “Sinfimizda qanchalik turma-tur qarashlar, ko‘plab fikrlar.
Kimning javobi to‘g‘ri ekan-a? Koptok qayerga kelib tushar ekan?”
“Ishqalanish kuchi.Tichlikdagi ishqalanish” mavzusini hikoya qilishdan boshlaymiz:
“Bolalar hammamiz muzg‘aloqda bo‘lganmiz, toyib yiqilib ketmaslik uchun qanchalar
kuch sarflaganmiz, qanchalik kulguli holatlarga duch kelganmiz. Biz tan olishimiz kerakki, biz
yurayotgan oddiy tuproq muvozanat saqlab turishimiz uchun qanchalar bebaho xossalarga ega.
Velosiped bilan sirpanchiq yo‘lda harakatlanganimizda ham shunday hodisalarga duch kelamiz”.
6-sinf fizika darsligida “Modda zichligi” mavzusini o‘tishda o‘quvchilar qo‘liga qand bo‘lagini
berib, chizg‘ich yordamida uning massasini aniqlash topshiriladi.
Topshiriq: Qand bo‘lagi massasini aniqlang.
Jihozlar: chizg‘ich, zichliklar jadvali.
O‘lchashlarni amalga oshirish rejasi
Qand bo‘lagi bo‘yi, eni va balandligini o‘lchash. Formulaga asosan modda hajmini hisoblash.
Jadvaldagi ma’lumotlardan qandning zichligini aniqlash. Formulaga asosan modda massasini ham
hisoblash mumkin bo‘ladi.
Fizika darslarida muammoli o‘qitish metodikasidan foydalanish o‘quvchilarning mantiqiy
fikrlashlarini, vaziyatga ijodiy yondoshishlarini , nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va
to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-
5712-sonli farmoni.
2. N.Sh.Turdiyev. 6-sinf “Fizika darsligi”. T. 2017
3. P.Q.Habibullayev.A.Boydedayev va boshqalar.7-sinf “Fizika darsligi”. T.2017
558
Do'stlaringiz bilan baham: |