10
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN
FOYDALANISH
Kurbongul Madiyorova
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani
XTB ga qarashli 10-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Рedagoglarning xususiy fanlar asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar
jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkii etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida
loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi
ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy
ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi. Bugungi kun ta’lim standartlariga
javob berish dars jarayonida turli xildagi interaktiv usullardan foydalanishni talab qiladi.
Kalit so‘zlar: interfaol, Blum taksonomiyasi, aqliy hujum, baliq skileti, boomerang strategiyasi,
texnologiya.
Ta’lim bosqichlarining o‘zaro mazmunan bog‘liqligi, uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash;
oliy ta’limda o‘quv jarayonini tashkil etishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini joriy qilish,
bu borada o‘quv-uslubiy majmualar sifatini ta’minlash, pedagogik texnologiyalarni joriy etishda
professor-o‘qituvchilarninг komp’yuter va Internetdan foydalanish bo‘yicha savodxonligini doimiy
oshirib borish; oliy ta’limning axborot-resurs va zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minotini
yanada rivojlantirish; mazkur yo‘nalishlarda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganisho‘qituvchilarning
faoliyat yo‘nalishlari tarkibini belgilaydi.
Ta’lim ham global umumhamjamiyat tuzilmasining alohida tarkibiy qismi sifatida jamiyatda
bo‘layotgan barcha o‘zgarishlarni hisobga olishi, ana shu asosda o‘z tuzilishi va faoliyat
mazmunini o‘zgartirishi zarur.
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar
chiharish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot,
munozara, vaziyatni baholash ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blumning bilish va emotsional sohalardagi
pedagogik maqsadlarning taksonomiyasi (taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini
tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi) o‘quvchini fanga qiziqtirish, bilish faoliyatini jadallashtirish,
intellektual salohiyatini aniqlash uchun eng maqbul yo‘ldir. Interfaol ta’lim asosini interfaol
metodlar tashkil etadi.Ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasida hamkorlikni qaror
toptirish, faollikni oshirish ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlami samarali o‘zlashtirish, ularda
shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi.
Hozirgi zamon zamonaviya ta’limda darsni samarali tashkil etishda pedagog quyidagi
texnologiyalardan foydalanishi mumkin:
Aqliy hujum strategiyasi. Mazkur texnologiya o‘quvchilarni mavzu xususida keng va
har tomonlama fikr yuritish, o‘z tasavvurlari, g‘oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko‘nikma,
malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi.
‘Baliq skileti ‘ grafik organayzeri - talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala
mohiyatini tasvirlash va yyechish qobiliyatini shakllantiradi.
‘Bilaman, bilishni xoxlayman, bilib oldim’(BBB) grafik organayzeri – o‘quvchilarga
muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi.
Bumerang strategiyasi - o‘qituvchiga tarqatma materiallarning o‘quvchilar tomonidan
guruhli, individual shaklda samarali o‘zlashtirilishini, auditoriyada tashkil etiladigan suhbatning
munozaraga aylanishini ta’minlash orqali ularning faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi.
Yuqoridagi interfaol usullardan dars davomida foydalanish o‘quvchilarni dars jarayonida,
darsdan tashqarida matematika fanidan turli adabiyotlar bilan ishlash, yodda saqlash, qisqa vaqt
ichida ko‘p bilimga ega bo‘lish uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Djumaniyazova Z. Ta’lim jarayonida innovastion faoliyatni tashkil etishning pedagogik
shart-sharoitlari. “Ta’lim, fan va innovastiya”, 2015/1-son. 54-57-b.
2. Anderson & Krathwohl, A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing: A Revision
of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives, 2001.
563
Do'stlaringiz bilan baham: |