Масъул муҳаррир


O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHDA TURLI SAVOL - JAVOB METODIDAN



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet379/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHDA TURLI SAVOL - JAVOB METODIDAN 
FOYDALANISH
Qadirova Qizlarxon Komuljonovna
Xorazm viloyati tuproqqal’a tumani 
19-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
Telefon: +998999654228
qizlarxon1989@gmail.com
Qalandarova Nigora Raximovna 
Xorazm viloyati Hazorasp tumani 
41-maktabning geografiya o‘qituvchisi
Telefon:+998942329841 
Anotatsiya:Ushbu maqolada savollarning turlari, vazifalari va maqsadlari bayon etilgan. 
Shuningdek savollarning o‘quvchilar bilimini aniqlashdagi roli va ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: Tahliliy - tanqidiy fikrlash, fikr doirasini kengaytirish,ijodiy savollar, amaliy 
savollar, aniqlashtiruvchi savollar.
Bugungi kunda mavzuni hamkorlikda o‘rganish - o‘quvchilarning bilimni o‘zlashtirish, 
singdirish, mustahkamlash bo‘yicha mahorat va malakani ketma – ketlik bo‘yicha o‘qituvchining 
bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o‘qitish va bilim olish faoliyatini 
ayniqsa savollarga to‘g‘ri yondosha olish va uni to‘g‘ri tushuntira olish orqali ifodalasak, 
ayniqsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishi, o‘zining 
fikrini mantiqiy izchillik va ketma-ketlikda tuzish, o‘zining g‘oyasi va xulosasini mustaqil va 
mantiqiy himoya qila olish malakasi va ko‘nikmasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bu vazifalarni qisqa muddatda hal qilish va bunda o‘quvchilarga yordam berish uchun ularga 
beriladigan savollarni avval yuqori ilmiy – uslubiy saviyada tuzish, buning uchun ularning turlari 
va vazifalarini yaxshi bilish kerak bo‘ladi. 
Falsafa bo‘yicha qomusiy lug‘atda “Savol” quyidagicha izohlangan.
“Savol bilish funksiyasi bo‘yicha aniqlovchi va to‘ldiruvchili , tuzilishiga ko‘ra oddiy va 
murakkab bo‘ladi”.
Savolni to‘g‘ri qo‘yish qoidalari:
- Savollar adabiy til talablariga javob berishi kerak;
- Savol aniq, ravshan, qat’iy holda ifoda qilingan bo‘lishi kerak.
Savol bilimlardagi noaniqliklarni yo‘qotish hamda aniqroq va to‘laroq hosil qilishga bo‘lgan 
ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan fikrlash vositasidir. Shuningdek, o‘quvchilarga tahliliy – 
tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishda savollarning roli kattadir. Lekin amaliyotda savol-
larni tuzish va ularni amalda qo‘llashda ko‘p hollarda kamchililklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Shu bois-
dan ushbu maqolada darslarda savollarning zaruriyati, turlari va vazifalari ochib beriladi.
Savolning vazifasi ,albatta, asosan ma’lumotni olish, uning mazmuni va ko‘lamini aniqlashdan 
iboratdir. Savollar an’anaviy shakllardagi nazoratlarda, imtihon va sinovlarda qo‘llaniladi.
Javob jarayonida bilim yoki ma’lumotning ko‘lamini aniqroq baholash hamda javobning 
aniqligiga erishish uchun savollar beriladi. “Siz aytganingiz shu matndami?” , “Shundaymi?” 
“Men xato qilishim mumkin , siz menimcha shunday degan edingizmi? Bu savollar mimikalarsiz, 
ohista , past ovozda berilishi kerak. “Nima uchun?”, “Nega?”, “Qanday qilib?”kabi savollarni 
izohlab, unga beriladigan javobning mohiyati, mazmuni tushuntirib berilishiga yordam beradi.
Aniqlashtiruvchi savollar bir vaqtda javob yo‘nalishini hamda suhbat mavzusini o‘zgartirishda 
qo‘llanishi mumkin. Shuningdek, bunday savollar javob beruvchining fikrini to‘laroq ifoda etishga 
ham yo‘llaydi. Muammoli savollar bu har bir jarayon yoki mavzu mohiyatini tushuntirishda 
paydo bo‘ladigan muammoli vaziyatga bag‘ishlangan bo‘lib, ular ijodiy savollar deb ham ataladi 
va o‘quvchilarni muammoga ijodiy yondashishga undaydi.
O‘quvchilarning javobini baholashda, javobda keltirilgan voqeaning ro‘y berish sababi va 
shart-sharoitlarini aniqlashtirishda javobdagi nuqtayi nazarni anglatuvchi savollar katta rol 
o‘ynaydi.
Savol – javob jarayonida o‘quvchining fikrlashini kengaytirish, emotsional holati – his-
hayajonini sozlash uchun qaratilgan savollar ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli har bir 


541
10
pedagog o‘quvchining bilim saviyasi va psixologik holatini ko‘taruvchi, uning fanga qiziqishini 
oshiruvchi hamda ijodiy faoliyatga yo‘llovchi savollar qo‘llashi kerak.
Amaliy savollar nazariy bilim bilan amaliyot orasidagi bog‘lanishni aniqlashga qaratilgan 
bo‘ladi. Masaslan: Hayotning qaysi jabhasida bu ro‘y berishi mumkin. 
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, o‘quvchilarni mavzu bo‘yicha mustaqil savollar tuzishga 
o‘rgatish juda foydali bo‘lib, unda o‘quvchilar savol tuzish jarayonida materialni chuqurroq 
tahlil qiladi. Va tushunib, eslab qolishadi. Savol tuzish ko‘nikmasini egallagan har bir o‘quvchida 
turli vaziyatda ham muammo bo‘yicha savol topa olish ehtimolligi katta bo‘ladi va javobda har 
bir vaziyatga o‘z nuqtayi nazaridan qarab , uni tahlil qiladi. Mustaqil nazorat savollarini tuzish 
ko‘nikmasiga ega bo‘lgan o‘quvchi tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ham ega bo‘ladi.
- Amaldagi ma’lumotlar bilan fikriy baholashlar orasidagi farqni aniqlay oladi;
- Dalillar va qarashlar orasidagi farqlarni tahlil qila oladi;
- Sabab va oqibat aloqadorligini aniqlay oladi;
- Tahlil qilishdagi xatoliklarni ajrata oladi;
- Mavzu va jarayonga aloqasi bo‘lmagan fikr va g‘oyalarni aniqlay oladi;
- Asoslangan va asoslanmagan fikrlarni ajrata oladi;
- To‘plangan ma’lumot asosida xulosasini ifodalay oladi;
- Xulosasining to‘g‘riligini isbotlay oladi;
Shunday qilib, savollarni to‘g‘ri tuzish, o‘z o‘rnida qo‘llash, o‘quvchilar bilimini baholash, 
ularda tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirishga, ijodiy qobiliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga 
yordam beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Falsafa. Qomusiy lug‘at. –Toshkent:Sharq,2004.
2. Yo‘ldoshev R., Xusainova R., Bobojonova U. Ta’limning interfaol metodlari, Urganch- 
2011


542

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish