Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH TARBIYA – BOSHLANG‘ICH SINOV



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH TARBIYA – BOSHLANG‘ICH SINOV.
Ozodaxon Abdullayeva
Namangan shahridagi 22-umumiy o‘rta 
 ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisi
Annotatsiya: Respublikamiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy 
maqsad kelajagimiz poydevori bo‘lgan barkamol va sog‘lom avlodni shakllantirishdir. Chunki 
kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha qilib aytganda, xalqimizning 
ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishlariga bog‘liq.
Kalit so‘zlar: ta’lim tarbiya, maktabgacha ta’lim, yangi bilimlar va boshqalar
Har jihatdan barkamol, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil fikrlovchi shaxslarni 
tarbiyalashda boshlang‘ich sinflarda beriladigan ta’lim va tarbiyaning roli beqiyosdir. Chunki 
o‘quvchi oladigan bilim, ko‘nikma va malakalariga asos xuddi shu boshlang‘ich sinflarda qo‘yiladi.
Maktabga borish bola hayotida juda katta voqea bo‘lib, unga yangi bir dunyoni ochib beradi. 
Bola birinchi sinfga o‘qishga kelishi bilan undagi barcha bilish jarayonlarining qayta qurilishi 
amalga oshadi va u kattalarga xos xislatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Endi bola yangi psixologik 
sifatlarni talab qiluvchi o‘zi uchun butunlay yangi bo‘lgan faoliyatlarga hamda shaxslararo 
munosabatlar tizimiga kirisha boshlaydi.
Ma’lumki, agar ta’lim jarayoni to‘g‘ri tashkil qilinsa, o‘quvchi maktab dasturida berilganidan 
ko‘ra murakkabroq materiallarni o‘zlashtirishi mumkin. Bolaning mavjud yosh va individual-
psixologik zahiralaridan oqilona foydalanish uchun dastavval ikkita muhim muammoni maqsadga 
muvofiq hal etish lozim bo‘ladi. Ulardan biri, bolani ortiqcha jismoniy zo‘riqishsiz o‘qishga 
diqqat-e’tiborli bo‘lishga o‘rgatishdir. Buning uchun oilada ham, maktabda ham bola bilan olib 
boriladigan ta’lim jarayonining imkon qadar qiziqarli bo‘lishiga erishish lozim. Kichik maktab 
yoshidagi bolalarning bilishga nisbatan qiziqishlari ortishida o‘yin mashg‘ulotlari muhim ahamiyat 
kasb etadi. O‘yin orqali o‘quvchilarda bilishga nisbatan qiziqish, ehtiyoj va ularning negizida 
o‘qish motivlari tarkib topadi. Bolalar bilan tashkil qilinadigan o‘yin va mashg‘ulotlar ularning 
yosh va individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi hamda bilish 
jarayonlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Bola nimani bilsa, nimaga qiziqsa va nimadan manfaatdor bo‘lsa, shuni bajarishni yoqtiradi. 
Shunday ekan, o‘qishning dastlabki kunlarida bola oldidagi o‘qish bilan bog‘liq muammolarni 
bartaraf etishda ular uchun qiziqarli bo‘lgan mashg‘ulotlardan, o‘yin va mashqlardan foydalanish 
lozim.
Shuning uchun ta’lim jarayonini har bir bolaning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga 
olgan holda tashkil etish, bolaga maktabda ola boshlagan bilimlarining zarur, foydali bo‘lgan 
jihatlarini ko‘rsatib, ulardan kundalik faoliyatida foydalana bilish imkoniyatlarini yaratib berish 
lozim.
Bu borada o‘qituvchilar, psixologlar va ota-onalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari 
bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishini ta’minlaydi va ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni, 
muammolarni bartaraf etishda yordam beradi.
Adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Ta’lim tarbiya jurnali/2016
2. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida O‘rq-595 /2019


535

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish