10 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA YANGI PEDAGOGIK METODLARDAN FOYDALANISHNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI Ortiqova Zevara Zoyir qizi Navoiy viloyati Qiziltepa tumani XTB ga qarashli 28-sonli maktabning boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Milliy pedagogikamiz hozirda shiddatli o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda.
Mazkur maqolada bugungi kun pedagogikasiga kirib kelayotgan yangi pedagogim tamoyillar va
uning amaliyotdagi yutuq hamda kamchiliklari xususida fikr yuritiladi.
Tayanch so‘zlar: interfaol metod, o‘rganishga o‘rgatish tamoyili, milliy pedagogika, o‘quvchi
ongi va tafakkuri
Milliy pedagogikamiz yaqin yillarga qadar o‘quvchilarga insoniyat tomonidan shu paytgacha
egallangan mavjud bilimlarni o‘rgatishni eng maqbul yo‘l hisoblab keldi. Bunda mavjud bilimlar
o‘quvchi ong va tafakkuriga tayyor holda singdiriladi. Ayni paytda pedagogikamizdagi eng muhim
yangilanishlardan biri yangicha pedagogik texnologiyalar (YPT) va interfaol metodlar asosida
dars mashg‘ulotini tashkil qilish bo‘lib turibdi. Bugungi kunda o‘qituvchidan bu tushunchalar
doirasida dars mashg‘ulotiga nisbatan noan’anaviy yondashuvlar talab qilinmoqda.
Bu kabi nostandart tajribalar zamirida o‘qituvchining darsga yangi, samarador usul va vositalar
bilan yondashishi, ijodiy jarayon sifatida qarashi mavjudligini ko‘ramiz. Yangi usul va vositalar,
metod va yondashuvlar agar fan va mavzuning o‘ziga xosligidan kelib chiqib to‘g‘ri tanlansa va
me’yorida qo‘llanilsa, shubhasiz, dars mashg‘ulotining samaradorligini oshiradi.
O‘yin texnologiyalariga asoslangan dars mashg‘ulotlarida, o‘qituvchiga bog‘liq bog‘liq
bo‘lmagan holda, o‘quvchining bilimi emas, balki uning «o‘yin-dars»dagi faolligi birinchi darajaga
chiqib qoladi va natijada o‘qituvchi mashg‘ulot jarayonida faol ishtirok etgan o‘quvchilarni
rag‘batlantirishga majbur bo‘ladi. Fikrimizni izohlashga harakat qilamiz:
− interfaol metodlarga asoslangan dars mashg‘ulotlarida muayyan qolip yoki chegaralarning
bo‘lmasligi natijasida o‘qituvchining bilim saviyasi haqida xulosalar chiqarish qiyin kechadi.
Bunday usuldagi dars mashg‘ulotida o‘qituvchidan bilimdan ko‘ra tashkilotchilik ko‘proq
talab qilinadi. O‘z bilimsaviyasiga ishonmaydigan o‘qituvchilar bundan o‘z maqsadlari yo‘lida
foydalanishadi. − interfaol metodlar natijasida dars mashg‘uloti paytida o‘quvchilarning
faollashishi, tabiiyki, mashg‘ulotning tartibsiz o‘tishiga sabab bo‘ladi. Auditoriyadagi shovqin-
suron ayrim hollarda qo‘shni auditoriyadagi dars mashg‘ulotiga ham halal berish darajasiga
borib yetadi. tajribad− dars mashg‘ulotining shovqinli va unda o‘quvchilarning haddan ortiq
erkin bo‘lib ketishi natijasida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi masofa yaqinlashib, hurmat
(subordinatsiya) yo‘qola boradi.
Yuqoridagilarni inobatga olganimizda, fikrimizcha, dars mashg‘ulotida o‘qituvchi faolligi va
tashabbuskorligining yuqori bo‘lishi o‘ta zarurligi anglashiladi. O‘zini hurmat qilgan va bilimli
o‘qituvchi mashg‘ulot paytida dars nazoratini qo‘lida tutadi. Ta’lim beruvchidagi bilim hamda
bilim olishning usul va yo‘llari uning faolligi bilan ta’lim oluvchiga o‘tadi. Buni choynakdagi
choyning piyolaga quyilishiga qiyoslash mumkin. Piyolaga choynakning harakati (faolligi) bilan
choy quyiladi va bu jarayonda ikkalasini ham faollashtirish yoki piyolaning faolligini oshirish
kutilgan samarani bermaydi.
Demak, yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol ta’lim metodlarini qo‘llashda fan, mavzu
va o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, natijani oldindan chamalay bilish
va an’anaviy dars mashg‘ulotiga nisbatan samaradorligi kafolatlangan taqdirda ta’lim jarayoniga
tatbiq etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyot:
1. Umid Xo‘jamqulov. Ta’limdagi «ko‘tarish» va «tushirish» tamoyillari. Til va adabiyot
jurnali. 2018 yil 12 son.
2. Nurumbekova Ya. Tarbiyachi kasb faoliyatida innovatsion texnologiyalar.— Guliston: Ziyo,
2012.— B. 22.
3. Sayidaxmedov N. Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarni qo‘llash namunalari. — T.:
RTM, 2000. — 46 b.