Масъул муҳаррир


O‘QUVCHILAR VA O‘QITUVCHILARNING TANLOV VA TADBIRLARDAGI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
O‘QUVCHILAR VA O‘QITUVCHILARNING TANLOV VA TADBIRLARDAGI 
ISHTIROKI VA ULARNI RAG‘BATLANTIRISHDAGI MUHIM OMILLAR
O‘razmetova Nargiza Bahodirovna 
Xorazm viloyat Gurlan tuman 
xalq ta’limi bo‘limi boshlang‘ich ta’lim metodisti 
+998 941155603
Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘quvchilar va o‘qituvchilarning tanlov va tadbirlardagi ishtiroki 
va ularni rag‘batlantirishdagi muhim omillar haqida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, masofaviy ta’lim 
jarayonida tashkil etilgan online- olimpiada va tanlovlar haqida fikrlar o‘z aksini topgan.
Kalit so‘zlar: o‘qituvchi, o‘quvchi, metodist, tanlov, online-olimpiada, rag‘bat.
Hozirgi kunda kasb va hunarlar orasida tafovvut qolmagan,aslida. Ular orasida birgina farq 
bor. Bu esa o‘z kasbining ustasi bo‘lish, qanday kasb yoki hunar bilan shug‘ullanmasin uni san’at 
darajasiga ko‘tarishdir. Zero, fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo yozgan edi: “ Kelajak bundan keyin 
ikki toifadagi kishilarga tegishlidir: fikrlovchi kishilarga va mehnat kishisiga. Mohiyatan ular bir 
butunni tashkil qiladi, chunki fikrlash – mehnat qilish demakdir.” 
Bugungi kunda oldimizga yangi maqsadlar, yangi rejalar va yangidan-yangi ilg‘or o‘y-fikrlar 
bilan qadam tashlaydigan davrimiz keldi. Bugun o‘qituvchilarning mehnati qadr topmoqda, 
ularni turli xil jamoat ishlaridan ozod qilib, bor kuchi bilan, iqtidori bilan, ilmi bilan bolaga 
bilim berish va ularni tarbiyalashdek birgina ulkan mas’uliyat yuklanmoqda. Barkamol avlodni, 
komil insonni tarbiyalash pedagog-o‘qituvchilarning bosh maqsadi ekan, bu borada o‘qituvchilar 
o‘z ustida ishlashlari, zamonaviy bilimlarni egallashlari, yangi ped-texnologiyalarni qo‘llay 
bilishlari, tajribasini ommalashtirishlari muhim hisoblanadi. 
Fan va texnika rivojlanib borayotgan bir davrda, bir daqiqa bo‘lsa ham “tinib” qolsak, go‘yo 
zamondan bir yilga orqada qolganday bo‘lamiz. Chunki bugungi kunda har qadamda axborotga, 
yangilikka duch kelamiz. O‘qituvchi-pedagog esa zamon bilan hamnafas bo‘lmog‘i lozim. 
Hozirgi kunda ta’lim tizimi masofaviy bo‘lishiga qaramay tanlov va online olimpiadalar bir zum 
bo‘lsa ham to‘xtab qolgani yo‘q. Global tarmoqdagi Telegram mesenjeri orqali ta’lim tizimiga 
doir turli kanal va guruhlarda online olimpiadalar, tanlovlar o‘tkazilib turibdi. Eng quvonarlisi bu 
olimpiadalardagi testlar o‘quvchi yoshiga mos, murakkabligi jihatdan esa o‘quvchilarni mantiqan 
fikrlashga, o‘ylanishga majbur qiladigan savollardan tuzilganligida bo‘lsa, yana bir quvonarli 
jihati rag‘batning borligidadir. Ya’ni o‘quvchilar olgan o‘rinlarini tasdiqlovchi diplomlarga 
ham ega bo‘lishmoqda. Bunday rag‘batlantirish o‘quvchini yanada o‘z ustida ishlashga bilim 
olishga ishtiyoqini oshirishga xizmat qiladi. Bunday tanlov va olimpiadalarga jalb qilishda 
esa o‘qituvchining o‘zi ham jonbozlik ko‘rsatishi kerak. Ijtimoiy tarmoq orqali berilayotgan 
bunday diplomlarni kimlardir qoralashga ham harakat qilishdi. Biroq buning ijobiy tomoni 
ko‘pligini isbotlash qiyin emas. Birinchidan, o‘quvchi turli xil bemani saytlarga kirib vaqtini 
o‘tkazayotgani, yoki vaqtini bekorga sarflayotgani yo‘q. U olimpiadada qatnashyapti. Savollarga 
javob topayapti, o‘qiyapti, intilyapti. Ikkinchidan , bola bu mehnati uchun rag‘batlantirilyapti. 
Bu esa o‘ziga ishonch hissini oshirishga xizmat qiladi. Turli xil tanlovlarda qatnashib, o‘z 
iqtidorini ham namoyish qilish imkoniyatlaridan ham foydalanish kerakligi o‘qituvchilar albatta 
o‘quvchilarga bot-bot eslatishi, ularning bunday tanlovlarda yutuqlarga erishishiga ishonishini 
aytib, tanlovda qatnashishiga o‘zida xohish paydo qilishi zarur. Masalan, o‘quvchilar o‘rtasida 
rasmlar online-tanlovi yoki “Kimning xati chiroyli?” tanlovi, yana “Yosh notiq” tanlovlarini 
o‘tkazib, ularning o‘z bilim va iqtidorini, ijodkorligini rivojlantirishga erishish mumkin. Bu kabi 
tanlovlarni tashkil qilishda metodist-o‘qituvchilarning ham mas’uliyati katta. Chunki, bunday 
tanlovlarni tuman miqyosida, shahar yoki viloyat miqyosida o‘tkazish, ularni holisona baholash, 
faollik ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarni ham alohida rag‘batlantirib borish, ularni tuman, shahar, 
yoki viloyat miqyosida o‘qituvchilariga o‘rnak qilib ko‘rsatish, ishlarini ommalashtirishi zarur. 
O‘qituvchi-pedagoglarni rag‘batlantirish esa bevosita o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya 
jarayonining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Sabab, o‘qituvchi uchun rag‘bat- bu katta 
mas’uliyat degani. Ustoz-muallim o‘quvchilarga yanada ishtiyoq bilan bilim berishga kirishadi. 
Fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy shunday yozgan edi:
Ustod muallimsiz qolsa gar zamon,


525
10
Nodonlikdan qora bo‘lardi jahon. 
Shunday ekan, o‘qituvchi pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularga metodik jihatdan bo‘lsin, 
ruhiy jihatdan bo‘lsin qo‘llab quvvatlash ota-onalarning, metodist-o‘qituvchilarning vazifasi 
hisoblanadi. Bu borada o‘qituvchilar uchun ham tashkil qilinayotgan tanlovlar va tadbirlar, 
bilimlarini sinash uchun turli xil testlar, o‘z ustida ishlashi uchun, turfa chellenjlarning bo‘lib 
o‘tayotogani juda quvonarli hol. O‘qituvchilarning bu boradagi o‘zlarini sinashlariga va iqtidorini 
namoyon qilishlariga undash esa metodist o‘qituvchilar zimmasidadir. Shunday ekan, shiddat 
bilan o‘tib borayotgan zamonda o‘qituvchilar bir qadam oldinda yurishini unutmasligimiz va 
buni taminlashimiz zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Boshlang‘ich ta’lim jurnali “Sano-standart” T: 2019-yil 12-son
2. www. pedagog.uz
3. www. ziyo.net


526

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish