Масъул муҳаррир


MAKTABLARDA OMMAVIY SPORT TURLARINI RIVOJLANTIRISH



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
MAKTABLARDA OMMAVIY SPORT TURLARINI RIVOJLANTIRISH 
BAROBARIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB ETISH
Pirmatova Nigora Normuminovna,
Abdullayev Sherali Sharipovich
Navoiy viloyati Navoiy shahri 9 -maktab
jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari 
Annotatsiya: Ushbu maqolada farzandlarimiz bilan birgalikda ommaviy sport o‘yinlari 
musobaqalarini qishloq va mahallalarda tashkil qilib, mahalla birinchiliklarini o‘tkazib turish 
hamma uchun foydali hisoblanishi,ommaviy sport turlarini qishloq maktablarida rivojlantiribgina 
qolmay, ota-onalar o‘rtasida ham targ‘ib qilish haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Ommaviy sport, sog‘lom turmush tarzi, musobaqa, mashg‘ulot, mashqlar.
Yurtimiz mustaqilligining ilk yillaridanoq hurmatli birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov- 
sog‘lom avlod tarbiyasini eng ustivor vazifa deb belgiladi va barkamol avlodni tarbiyalash 
masalasiga katta e’tibor qaratib, ,,buyuk davlatni faqat sog‘lom millat, sog‘lom avlodgina qura 
oladi’’-deb ta’kidlaydi. Ana shu maqsadda istiqlolning dastlabki yilidayoq ,,Sog‘lom avlod uchun’’ 
xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etildi,onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash uchun 
ilk qadamlar qo‘yildi. Birinchi davlat mukofotining ,,Sog‘lom avlod uchun’’ ordeni deb atalgani- 
bu boradagi intilishlar qanchalik qat’iy va uzoq maqsadlarni ko‘zlagandan dalolat beradi.
Muhimi shundaki, davlatimiz rahbari mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish 
nafaqat bolalar va o‘smirlarni,balki butun xalqni ommaviy sport harakatiga jalb qila oladigan,o‘ziga 
xos samarali tizimni shakllantish,sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlarining uzviy 
va ajralmas qismi deb bildi. Bu sohadagi tadbirlarni tashkil etish taklifini berdi. Bugungi kunda 
yurtimizda jismoiy tarbiya va sportning ta’limdan tashqari tizimi ham tobora rivojlanmoqda. Bu 
o‘quv maskanlari va mahallalarda turli sport to‘garaklari faoliyatlari qo‘yilishi, sport maydonchalari 
vamajmualarining barpo etilishiga yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bularning barchasi yurtimizdagi 
yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi,ularning jismonan baquvvat bo‘lishlari,shu tariqa sog‘lom 
turmush tarzini o‘z hayyotlarining ma’no mazmuniga aylanishida o‘z aksini topayotganidan 
dalolat beradi.
Sport – muayyan qoidalar asosida tashkil etilgan, jismoniy yoki intellektual qobilyatlarini 
taqqoslashdan iborat bo‘lgan jarayonda yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlardir. Umuman 
olganda sport inson hayotining ajralmas qismidir. Shunday ekan bugungi kunda sportni 
ommalashtirish,uniyanada rivojlantirish borasida har bir mamlakatda alohida say-harakatlar 
amalga oshirilmoqda. Barchamizga ayonki, yurtimizda yoshlarni sportga jalb qilish,ularni 
sport sohasida yurtimiz ravnaqini yanada yuksaltirish uchun ko‘plab imkoniyatlar davlatimiz 
tomonidan yartilmoqda.
Ommaviy sport turi 50 nafardan ortiq qatnashchilar ishtirok etgan ommaviy 
krosslar(marafon),turli xil estafeta musobaqalari, uloqturuvchilar, sakrovchilar, velosepedchilar, 
kurashchilar, bokischilar, suzuvchilar va boshqa qator sport turlari bo‘yicha ommaviy tadbirlarni 
tashkillashga maktab o‘quvchilarining ikkita sinfining o‘quvchilari to‘lik qatnashish imkoniyatiga 
ega.
Mamlakatimizda yoshlar siyosati davlat dasturi va jismoniy madaniyat va sportni ommaviy 
rivojlantirishga oid qator hukumat qarorlari va mamlakatmiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 
farmonlari davlat ahamiyatiga molik muammo - o‘quvchi yoshlarimizni jismoniy rivojlanganligi 
va jismoniy tayyorgarligining garmonik shakllanishiga qaratilganligini shart qilib belgilangani 
ham shunda. 
Ommaviy sport asosan o‘quvchilar organizmini sog‘lomlashtirish,yoki bo‘sh vaqtini foydali 
o‘tkazish, sport turlarining eng soda texnik elementlari, musobaqa qoidalari, shug‘ullanishdan 
o‘zlarining organizmlariga bo‘ladigan ijobiy ta’siri haqidagi boshlang‘ich bilimlarni amaliy 
malakalarni egallashni maqsad qilib qo‘yadi.Ommaviy musobaqalarga o‘quvchilarimizni ota-
onalari bilan birgalikda musobaqalarga jalb qilsak,katta yoshlilar o‘rtasida ham ba’zi sport 
turlari haqida qisqacha ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.Haftaning dam olish kunlarida “Sportchi 
oila birinchiligi’’ musobaqalarini o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Marafon yugurishlarda 
ishtirok etgan ota-onalar o‘z organizmida yugurishning foydasini his qilgach, o‘zlari mustaqil 


536
10
ravishda shug‘ullanib boshlashadi. 
Qolaversa, ommaviy sport o‘quvchilarni sport iqtidori sohibi ekanligini e’tiborga olmaslik 
xususiyati bilan maktab sportining mahoratni oshirish guruhidagilardan farqlanadi. Ommaviy 
sport turlari bilan barcha o‘quvchilar shug‘ullanishlari mumkin. Bu bilan o‘zining jismoniy 
madaniyatliligining salohiyatini boyitadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xonkeldiyev Sh, Abdullayev A. va boshqalar «Sog‘lom turmush tarzining jismoniy 
madaniyati» O‘quv qo‘llanmasi, 2010-yil
2. F.Xo‘jayev,B.Safarov,Z.Raximov. Jismoniy tarbiya o‘qitish metodikasi( metodik 
tavsiya).2013-yil
3. B. Umarov, G. Solihova. Sog‘lom avlod asoslari. Toshkent. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti. 
2001-yil


537

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish