10
BOSHLANǴICH SINF ÓQITUVCHISI FAOLIYATIDA NUTQNING KATTA
AHAMIYATI
Bakitgul Pirniyazova Tursinbaevna
Qórauzak tumani №33sonli maktab óqituvchisi
+998 973582405
Polat.pirniyazov.1976@gmail.com
Annotation: This article mainly includes a number of measures aimed at further improving
the professional speech and gaining experience of primary school teachers.
Key words: pedagogical activity, professional speech, education, voice features, diction,
facial expressions, pantomime
Pedagogik faoliyat- qadimdan uluǵlanib kelayotgan soha bólib, insondan yuksak mahorat,
bilim-tajriba, sabrlilikni, muomala madaniyatini talab etadi. Barchaga málumki, maktab óquvchisi
óz óqituvchisiga taqlid qilishga moyil bólib, unga hardoyim hartomonlama óxshashga harakat
qiladi. Ustozining yurish-turishi, nutq va kiyinish madaniyatiga taqlid qiladi. Sharq mutafakkirlari
ham odob, tilning, muomala madaniyatining ahamiyatliligi haqida óz asarlarida keltirib ótgan.
Bunga misol: Mahmud Qoshǵariyning “ Devonu luǵotit-turk” asarida “Erdam boshi til”, yáni
odobning, muomala madaniyatining boshi til, deyilgan. Bu misralar orqali biz inson odobining,
axloqining boshlanishi tilda, nutqda kórinadi degan xulosaga kelishimiz kerak.
Ǵazal mulkining sultoni Alisher Navoiy esa, nutq odobi haqida: insonning odob-axloqini
belgilaydigan omillaridan biri uning sózi, nutqidir, suvning mazasi muz bila, odam yaxshiligi
sóz bila ,- deb tákidlab ótgan. Málumki, boshlanǵich tálimda bolaning barcha imkoniyatlari ishga
solingan holda qobiliyatlar róyobga chiqariladi. Boshlanǵich sinf óqituvchisining sózlayotgan
nutqida óquvchilarning pedagogik-psixologik va fiziologik xususiyatlari hamda intellektual
imkoniyatlarining inobatga olinishi juda muhimdir. 1-sinfdan boshlab, tálim-tarbiya jarayonida
óqituvchi nutqi shunday yuksak mahorat bilan bayon etilishi lozimki, natijada u óquvchilar
fikrining faollashishiga, qiziqishining ortishi va diqqatining kuchayishiga, berilgan savollarga
toǵri va aniq javoblar berishga undasin. Masalan, buyuk notiq Demosfen óz duduqligini mashq
qilish orqali yengib, qadimgi Yunonistonning buyuk notiǵiga aylangan. Nutq sózlash va óqish
jarayonida havoni kóproq olish, uni tejab sarflash va tez-tez yangilab turish lozim. Nutqli nafasda
havoni chiqarish havoni olishdan kóra uzoqroq bóladi.
Óqituvchi nutqining muhim jihatlaridan yana biri – ovozning óziga xos bólishidir. Barchamizga
málumki, inson ovozi yillar ótishi bilan ózgarib borishi, bázan esa ovoz buzilish holatlari ham
yuzaga kelishi mumkin. Buning ham ,albatta, óziga xos tomonlari mavjuddir. Masalan, ovoz
zóriqishi ovozning buzulishiga olib keladi. Bunday holat, hayotda ayniqsa óqituvchilarda
50%ni tashkil qilishi kuzatilgan. Past ovozda tushuntirish baland ovozda tushuntirishga nisbatan
samalariroq ekanligi ilmda isbotlangan. Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino óz asarida: “ Ovozni
ehtiyot qilmaslik-ovozni yóqotishga, ovozni yóqotish esa, nafas olish organlarining ishdan
chiqishiga olib keladi. Buning uchun ,avvalo, óqishni past ovoz bilan boshlab, birozdan sóng asta-
sekin kuchaytirish, ammo kuchli ovoz bilan óqishni ham uzoq muddat davom ettirmaslik lozim”.
Yana shunisi ham étiborliki, óqituvchi nutq sózlayotganida óz diksiyasiga ham étibor qaratishi
lozim, talaffuzining aniq va tushunarli bólishida óqituvchi nutqning har bir sózi va jumlasi aniq
talaffuz etilgan. Nutq texnikasi óqituvchi nutqning muhim jihatlaridan biri. Bugungi kunda nutq
texnikasiga doir kópgina mashqlar tizimi ishlab chiqilgan bólib, bu tizimni ózlashtirgan har bir
tajribali óqituvchi óz nutqi orqali óquvchilarga bilim berib, ózi istagan natiyjaga erishadi. Buning
uchun esa, óqituvchidan yuksak étibor va óz ustida tinimsiz ishlash talab qilinadi. Óqituvchi óquv
materialini tushuntirish jarayonida bázan uzoq gapirishiga toǵri keladi. Bunday vaziyatda yuzning
qizarib ketishi, nafas qisilishi va qon tomirlarida birqancha ózgarishlar bólishi kuzatiladi. Demakki,
nafas olish texnikasi ham nutqinig ahamiyatliligida muhim jihatlaridan biri hisoblanarkan.
Yana shuni ham tákidlab ótish kerakki, óqituvchi shaxsi unda mavjud qobiliyatiga boǵliq
tarzda rivojlanadi. M.G.Davletshin “Zamonaviy maktab óqituvchisining psixologiyasi” nomli óz
qóllanmasida óqituvchining didaktik( fanga qiziqtirish, aniq va oson anglatish, mustaqil fikrlashga
órgatish); akademik (matematika,fizika, biologiya, ona tili va shu kabi fanlarga xos); perseptiv (
óquvchi ichki dunyosi , ruhiy holati kabi nozik jihatlarni tushunish); nutq (kechinmalarni nutq, yuz
538
10
ifodasi va pantomimika yordamida aniq ifodalash); tashkilotchilik (óz ishini toǵri tashkil qilish
va óquvchilarni jipslashtirish); avtoritar ( óquvchilarga hissiy-irodaviy tásir ótkazib, ular orasida
obró orttira bilish); kommunikativ (bolalar bilan pedagogik maqsadga mos muloqotga kirishish,
méyorni unutmaslik); pedagogik mulohaza ( óquvchini tálimiy va tarbiyaviy shakllantirish
borasidagi urinishlari natiyjasini bashorat eta olish); diqqatni taqsimlay olish ( bir vaqtning ózida
diqqatni birqancha faoliyatga qarata olish) kabi qobiliyat turlarini sanab ótgan.
Mazkur sifatlarni shakllantirish kasbiy bilimlarni órganish, shaxsiy kónikma va malakani
rivojlantirib borish natiyjasida yuzaga keladi. Kasbiy malakaga ega bólmagan pedagoglar, ayniqsa,
boshlanǵich sinf óqituvchilari yosh avlodga sifatli tálim berish, ularda yuksak mánaviy-axloqiy
xislatlarni shakllantirish imkoniga ega bólishmaydi.
Demakki, boshlanǵich sinf óqituvchilarining kasbiy tajriba va kónikmalarini oshirishda yuqorida
sanab ótilgan omillarga ustuvor tarzda qarash talab etiladi. Bunda bevosita óqituvchilarning amaliy
faoliyatlari yana bir qatorda ularning malakasini oshirish jarayonlari ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Óqituvchi nutqining asosiy xususiyatlaridan yana biri- nutqning mimik va pantomimik
harakatlari bilan mos kelishidir. Mimika bu bilamiz, óz fikrining hissiyoti va ruhiy holatini
ifodalash deganidir. Bázida óqituvchining yuz ifodasi va imo-ishorasi u aytmoqchi bólgan sózdan
ham kuchli tásir qiladi. Óquvchilar óqituvchilarning aytmoqchi bólgan sózlarini yuz ifodalaridan
bilib oladilar. Shuning uchun óqituvchi yuz ifodalarini faqatgina tálim-tarbiya maqsadida qóllab,
óz shaxsiy kechinmalarini yashira olishi lozim. Mimika, asosan, qosh, kóz va lab orqali ifodalanadi.
Ana shu detallar orqali óqituvchi hayratlanish, xotirjamlik, loqaydlik, quvonch, sózamollik, qórquv
va boshqa psixologik holatlarni ifodalaydi. Eng asosiysisi, harqanday holatda ham óqituvchining
nazari óquvchilarda bólishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, boshlanǵich sinf óqituvchising faoliyatida, ishlash davrida nutqning
ahamiyati juda ham beqiyosdir. Harbir óqituvchi kócha tilida gapirmasligi, nutq bólganda ham
ótayotgan darsiga boǵliq bólgan, hammaga tushunarli qilib nutq sózlashi kerak.
Nutq va kasbiy nutqni, muomala madaniyatini rivojlantirishda asosan Maxmud Qoshǵariyning “
Devonu luǵotit-turk” asari va Deyl Karnegining “ Notiqlik sánati haqida” asari, M.G.Davletshinning
“ Zamonaviy maktab óqituvchisining psixologiyasi” va boshqa da asar va qóllanmalarning órni
juda beqiyosdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Xalq tálimi” ilimiy-metodik jurnal 2/2013 soni
2. F.Ó.Órinova. Kichik maktab yoshidagi óquvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishning
pedagogik asoslari. – T.:2007
3. M.Qoshǵariy “ Devonu luǵotit- turk” 1074.
4. I.A.Karimov. Yuksak mánaviyat-yengilmas kuch. – T.: “Mánaviyat”, 2008.
539
Do'stlaringiz bilan baham: |