10
MAKTAB TA’LIM TIZIMIDA VA HAYOTDA ONA TILINING TUTGAN O‘RNI
Qo‘chqarova Dilnozaxon Xolmurodovna
Faeg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani
13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ta’lim maqsadi silsilasida ona tili ta’limi maqsadi alohida o‘rinda turadi. Chunki
maktab ta’limi ona tilini ta’lim oluvchiga o‘rgatmaydi - ta’lim oluvchi ona tilini ta’lim dargohiga
kelgunga qadar biladi va undan o‘z kundalik amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol
foydalana oladi. Maqolada ta’limning barcha tur, bo‘g‘in, bosqich va ko‘rinishlarida ona tili
ta’limining o‘ziga xos maqsadi va zarurati mavjudligini hisobga olib, ona tili o‘qitishda yuzaga
keladigan bugungi kun muammolari hamda uning hayotimizdagi o‘rni haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: tafakkur, fikrlash, nutq madaniyati, til, jamiyat, soha, faoliyat, adabiy, tarbiya.
Ona tili fanini o‘qitishdan maqsadi quyidagilardir:
1. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan muhim talab - o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish
bo‘lib, bunda ona tili mashg‘ulotlarida maxsus aqliy faoliyat usullari -til hodisalarini kuzatish,
taqqoslash, guruhlash, ajratish, umumlashtirish, o‘xshash hodisalarni ichidan nutq sharoiti uchun
eng qulayini to‘g‘ri tanlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishda voqea bo‘ladi.
2. Nutq madaniyatini rivojlantirish. Til bu hayotimiz davomida asosiy aloqa vositasi
hisoblanadi, shu sabali maktab davridanoq bolalarni chiroyli fikrlashga, o‘z tafakkuridagi
fikrlarni madaniyat bilan bayon etishga o‘rgatishda ona tili fani bevosita xizmat qiladi. Ona
tili mashg‘ulotlari fikrni bayon qilishda nutqning badiiy qimmatini oshiradigan vositalar:
maqollardan, frazeologik birikmalardan, badiiy asarlardan olingan o‘tkir ko‘chirma va yorqin
obrazlardan, o‘zbek xalqining qochiriq so‘zlaridan, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a
kabi badiiy tasvir vositalaridan, ritorik so‘roq gaplaridan foydalanishga o‘rgatmog‘i lozim.
3. O‘quvchilarni tarbiyalashda ona tili fani shaxsning bilim olishi, rivojlanishi, tarbiyalanishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilining barcha bo‘limlari bu muhim maqsadni amalga oshirishda
katta imkoniyatlarga ega: masalan, sinonim yoki antonym so‘zlarni o‘rganishda bir-biriga o‘xshah
va teskari ma’noli so‘zlarning qayerda va qanday tartibda qo‘llanilishi va qanday ma’no kelib
chiqishini o‘rganish orqali o‘quvchilarning fikrlashi yaxshilanadi. So‘z boyligining oshishi va
adabiy tilde so‘zlashish qobiliyatining shakllanishi o‘quvchilarda ona rili va adabiyotga nisbatan
qiziqishni oshiradi.
Til hayotimiz davomida barcha sohalar bilan bog‘liq bo‘lib, jamiyatning shakllanishi va
rivojlanishida uning o‘rni kattadir. Jamiyatning kelajagi yoshlar va maktab kelgusi avlodni
tarbiyalaydigan dargohdir. Maktabni tamomlagan o‘quvchi ijtimoiy hayotdan o‘rin oladi.
Bunda unga, ayniqsa, ona tilidan bilganlari, to‘g‘ri yozish va o‘qish malakalari, mazmunli
va chiroyli so‘zlash san’ati, ish qog‘ozlari bilan muomala qila olish o‘quvchiga qo‘l keladi.
Shuning uchun ona tili darslarida nazariya va amaliyotni o‘zaro bog‘lash orqali o‘quvchilarni
kelajakda jamiyatning turli sohalarida faoliyat olib borishlariga yordam beradi. O‘quvchilarning
grammatika, orfografiya va punktuasiyaga oid nazariy bilimlar bilan amaliy tayyorgarligi,
ayniqsa, og‘zaki va yozma nutq madaniyati hamda savodxonligi orasida ma’lum farq bo‘lishi
mumkin. Grammatika va yozuv qoidalarini ongli o‘zlashtirmay turib, mustahkam tayyorgarlikka,
puxta malakaga ega bo‘lish mumkin emas. Shuning uchun har qanday sharoitda ona tili o‘qitish
jarayonini amaliy ishlarga bo‘ysundirish lozim.
Hayotiy va chiroyli jumlalar o‘quvchilarga chuqur singib boradi, ularning bilimlarini ongli
o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Ona tili darslarini hayotga bog‘lash prinsipi bu fanning
hayotimizda tutgan beqiyos o‘rnini hamda o‘z faoliyati davomida o‘quvchilarga nutq madaniyati,
to‘g‘ri va chiroyli yozish qoidalarini shakllantirishda qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ona tili ta’limi va maqsadining tadrijiy taraqqiyoti, O‘quv qo‘llanma, Dilorom Yo‘ldosheva,
Toskent, 2013.
2. N.Maxmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov. V.Qodirov, Z.Jo‘raboyeva, G.Ziyodullayeva. Ona
tili. 5- sinf. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. “Tafakkur” nashriyoti, Toshkent, 2011 yil.
549
Do'stlaringiz bilan baham: |