10
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA TURLI XIL O‘YINLARDAN FOYDALANISH
Otabayeva Shoira Atabayevna
Xorazm viloyati Urganch tumani
47- son UDUMning Ingliz tili o‘qituvchisi
+ 998973604943
shoiraotabayeva@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada ingliz tilini o‘qitishda turli xil qiziqarli o‘yinlardan foydalanib, dars
o‘tish usullari va ularni o‘quv jarayoniga tadbiq etish.
Kalit so‘zlar: Raqobat, nutq, tinglab tushinish, gapirish, yozish, fikrlash, tasvirlash.
Ingliz tili fanini o‘qitishda turli xil o‘yinlar va interfaol usullardan foydalanib , fanni
o‘rgatishning o‘rni juda beqiyosdir. Dars jarayonida qiziqarli o‘yinlar orqali o‘quvchilarning
fanga bo‘lgan qiziqishlari tobora ortib boradi. Darsda faol bo‘lmaydigan o‘quvchilar ham agar
o‘qituvchi o‘yin tarzida mavzuni tushuntirib bersa, o‘quvchi o‘zi sezmagan holda mavzularni
tushunib , o‘rganib eslab qolishi mumkin. Sinfda o‘quvchilar o‘rtasida raqobat, ayni paytda
jamoatchilik muhitini hosil qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning ustozlarga bo‘lgan hurmat –
e’tiborini yanada oshiradi. Quyida sizga ingliz tili darslari davomida o‘qitish samaradorligini
yanada oshirishga xizmat qiluvchi o‘yinlarni taqdim etmoqchiman.
“Simon says” ( Saymon aytadi ) o‘yini.
Bu o‘yin asosan o‘quvchilarning tinglab tushinish mahoratini oshiradi. Bunda o‘qituvchi
barcha gaplariga “Simon says “ so‘zini qo‘shib aytsa o‘quvchilar bajaradi. Agar u shu so‘zni
qo‘shib aytmasa o‘quvchilar bajarmaydi. Masalan: “ Simon says : Rise your hands – Simon
aytadi : Qo‘llaringizni ko‘taring “ Bu holda o‘quvchilar buyruqni bajarishadi . “ Show your
nose- Burningizni ko‘rsating” bu holatda esa o‘quvchilar buyruqni bajarmaydilar , o‘yin shu
tariqa davom etaveradi. Oxirida kim qolsa, o‘sha o‘quvchi g‘olib sanaladi.
“ Spider “ ( O‘rgimchak ) o‘yini
Bu o‘yinda o‘quvchilarning lug‘at boyligi bilan birga yozish malakasi ham oshadi. O‘yin guruh
shaklida o‘ynaladi va sinf uch guruhga bo‘linadi . Doskaga katta qilib o‘rgimchak rasmi chiziladi.
Har bir guruhdan bitta o‘quvchi navbat bilan chiqib, o‘rgimchakning bitta oyog‘iga berilgan
mavzuga mos so‘z yozishi kerak . Qaysi guruh davom ettirolmasa , o‘sha guruh o‘yinni tark etadi.
Masalan “ Family – oila a’zolari”ga mos so‘zlar ( father , mother, brother – ota , ona , aka )
“ Mime “ ( Pantomima)
Bu o‘yin orqali o‘quvchilarning fikrlash ya’ni thinking skill mahorati oshadi va rivojlanadi. Bu
o‘yin ham yakka shaklda o‘ynaladi. O‘quchilar navbatma- navbat chiqib, stol ustidan bitta rasm
olib so‘zsiz imo – ishora bilan uni o‘quvchilarga tushuntirishi kerak . Nimaligini topgan o‘quvchi
o‘yinni davom ettiradi va o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Masalan, biror bir hayvonni
harakatlari bilan tushuntirishadi .
“ Describe the picture”( Rasmni tasvirlang )
Bu o‘yinning bosh maqsadi- o‘quvchilaring og‘zaki nutqini shakllantirish va so‘z boyligini
oshirishga xizmat qiladi. Bu o‘yin ham yakka tartibda o‘ynaladi. O‘qituvchi o‘quvchiga
boshqalariga eshittirmasdan bitta so‘z aytadi va o‘sha o‘quvchi boshqalarga o‘sha so‘zni nomini
aytmasdan boshqa so‘zlar yordamida tushuntiradi va nimaligini topgan o‘quvchi o‘yinni davom
ettiradi. Masalan, “ruchka” so‘zini o‘quvchi shunday tushuntirishi mumkin. “ It is a thing. We use
it to write in the papers. “(U narsa- buyum. Biz uni qog‘ozlarga yozish uchun foydalanamiz.)
“Word activity “ ( So‘z o‘yini )
Bu o‘yin orqali o‘quvchilarning yozish mahorati oshadi. O‘qituvchi bitta so‘z doskaga yozadi
va o‘quvchilar shu so‘zning oxirgi harfi bilan boshalnadigan so‘z bilan davom ettirishadi va vaqt
beriladi . Vaqt tugagandan keyin o‘quvchilar yozgan so‘zlarini o‘qib berishadi. Kim ko‘p va to‘g‘ri
yozgan bo‘lsa a’lo baholar bilan baholanadi . Masalan , pencil- lamp- pen- name…
“ Back drawing “ ( Orqaga chizish ) o‘yini
Bu o‘yinda o‘quvchilarning bilimdonligi, harf va raqamlarni qanchalik darajada bilishlari
tekshiriladi. O‘yin asosan guruh shaklida o‘ynaladi. O‘quvchilar doskada bir qator bo‘lib turishadi
va o‘ng tarafga o‘girilishadi. Navbatma – navbat oldinda turgan o‘quvchining orqasiga o‘zlari
xohlagan raqamni barmoqlari bilan chizishadi va o‘sha o‘quvchi qanday raqam chizilganini aytishi
531
10
kerak. Masalan, 5 – five deyishadi. Agar topa olmasa o‘yinni tark etadi va oxirida qolgan o‘quvchi
g‘olib sanaladi.
“Find the letter” ( Harfni toping ) o‘yini
Bu o‘yinning bosh maqsadi o‘quvchilarning fikrlash va og‘zaki nutqini yanada shakllantirishga
xizmat qiladi. Bunda sinf uch guruhga bo‘linadi va har bir guruhdan bitta o‘quvchi navbat bilan
doskaga chiqib, o‘zi xohlagan harfni boshi bilan so‘zsiz ko‘rsatadi va qolgan o‘quvchilar qanday
harfligini aytishadi.Kim topsa o‘yinni davom ettiradi. Masalan, H, T, P….. harflari bo‘lishi mumkin.
Aziz ustozlar ushbu o‘yinlarni har bir darsimizda qo‘llab ko‘rsak, darsimiz yanada qiziqarliroq
va yosh avlodga chet tillarni o‘rgatishimizda juda foydali va samaraliroq bo‘ladi va shu yo‘l bilan
biz o‘qituvchilar ko‘zlagan maqsadimizga albatta erisha olgan bo‘lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Jalolov J. “Chet tili o‘qitish metodikasi “. T ,- 2012
2. Xoshimov O‘, Yoqubov I “ Ingliz tili o‘qitish metodikasi “ T, - 2003
532
Do'stlaringiz bilan baham: |