10
GEOMETRIK MATERIALNI O‘RGANISHDA QO‘LLANILADIGAN DIDAKTIK
MATERIALLAR
Norquchkarova Saodat Muxtorovna
Chirchiq shahar 7-maktabning
I toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflar matematika kursida geometrik materiallarni
o‘rganishda qo‘llaniladigan didaktik materiallar hamda geometrik materiallarni o‘rgatishning
oson usullari haqida tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: geometriya, sirkul, aylana, doira, perimetr, geometrik figura, test, kartochka,
tafakkur.
Geometrik materialni o‘qitishni samarali qilishning asosi uning qanday mazmunga ega ekanligi,
qanday metod, vosita, shakllar qo‘llanishi, qay darajada ta’lim jarayoni didaktik vositalar bilan
ta’minlanganligiga bog‘liq. O‘qitishni tashkil qilishda o‘qituvchi dars jarayonini kerakli vositalar
bilan ta’minlanishiga alohida e’tibor berishi kerak. Uning qo‘lida geometrik figuralar modellari,
geometrik figuralar tasvirlangan plakatlar, amaliy ishlar berilgan kartochkalar, testlar, diktantlar,
mustaqil ishlar, eng so‘nggi pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari qo‘llanilgan dars
ishlanmalari jamlanmasi bo‘lishi, dars jarayonida ulardan kerakli daqiqada eng samaralilaridan
foydalanish lozim. Bunda o‘qituvchida so‘z va ish birligi namoyon bo‘lishi kerak. Shundagina
o‘quvchida o‘qituvchiga ishonch, darsga qiziqish ortadi. O‘quvchilarning o‘zlari ham darsda faol
qatnashishga intiladilar. Ularning geometrik material bo‘yicha olgan bilimlari xotirasida uzoq
saqlanadi va yuqori sinf geometriya kursini o‘zlashtirishda tayanch bilim bo‘lib xizmat qiladi.
Geometriyaga oid bilimlarni o‘qitishda, mustahkamlash va olingan bilim, ko‘nikma,
malakalarni nazorat qilish uchun kerakli barcha ta’lim vositalari darsning didaktik ta’minoti
deyiladi.
Didaktik ta’minot tarkibida darslik va bosma asosli daftardan tashqari ko‘rgazmali qurollar
(geometrik figuralarining modellari, geometrik figuralarining rasmlari, qismlarga ajaratilgan
geometrik figuralar tasvirlangan plakatlar), tarqatma materiallar (o‘chash, hisoblash ishlarini
bajarishga oid geometrik figuralar modellari yoki ular tasvirlangan kartochkalar, testlar, geometrik
masala yozilgan kartochkalar) nazorat qilish uchun kerakli materiallar (amaliy ishlar, testlar,
diktantlar mustaqil ishlar, dars ishlanmalari, axborot texnologiyalari, pedagogik texnologiyalar)
To‘g‘ri chiziqlarni belgilash rasm orqali va slaydlarda animatsiyalar orqali ko‘rsatilsa,
o‘quvchi tasavvur hosil qilishi oson bo‘ladi. Geometrik materiallarni o‘rgatish ko‘rgazmasiz
amalga oshirib bo‘lmaydi. Darslikdagi rasmlar asosida animatsiyalar tayyorlash samarali natija
beradi.
Ko‘pburchaklarning modellaridan foydalanish ko‘pburchaklar nima deb atalishi va nega
shunday atalishini tushunib olish, ularning tomonlari, burchaklari, uchlarini ko‘rsatish va sanash
imkonini beradi; ularning ba’zi xossalarini ochish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Geometrik
figuralar modellari yordamida geometrik figuralarni tanish va farqlash, klassifikatsiyasi bilan,
yangi figuralar (applikatsiyalar) va naqshlar tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator topshiriqlarni
bajarish mumkin.
Geometrik figuralarning modellaridan 1-sinfda o‘nlik sonlarini o‘rganishda sanoq materiali
sifatida foydalanish mumkin. Figuralarning o‘zlarini ham, ularning elementlarini ham, ya’ni
tomonlari, burchaklari, uchlarini sanash mumkin.
O‘quvchilar tayyorlagan applikatsiyalardan darsda foydalanish uchun ko‘rgazmalar, tarqatma
materiallar sifatida foydalanish mumkin. Fazoviy shakllarni esa ularning maketlari asosida
tushuntirish yaxshi natija beradi.
Geometriyaga oid qiziqarli masalalardan matematika, darslarida foydalanilsa, dars jarayoni
qiziqarli kechadi, shuning bilan birga o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi va tafakkuri rivojlanadi,
o‘z fikrini asoslash ko‘nikmalari shakllanadi, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay oladi. Faqat
tanlangan masala mazmuni murakkabligi ularning yoshiga mos tuzilishi lozim.
1-sinfda o‘quvchi shakllarning nomini aytib, ushbu shakllarni daftariga chizishni aytadi.
O‘lchov birliklarining to‘liq va qisqa nomini bilishlari kerak.
Masalan: Nuqta, kesma, siniq chiziq, bir santimetr (sm), to‘g‘ri chiziq, egri chiziq Uchburchak,
519
10
to‘g‘ri to‘rtburchak, ixtiyoriy to‘rtburchak, doira.
Metr (m), detsimetr (dm), beshburchak, 1 m=100 sm, 1dm=10 sm
2 – sinf
Burchak, to‘g‘ri burchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, perimetr, siniq chiziq, kesma, kvadrat, aylana,
doira, santimetr (sm), AB kesma, to‘g‘ri burchakdan kichik burchak, millimetr (mm), 1 sm=10
mm.
To‘g‘ri burchakdan katta burchak, radius, doira ichida yotgan nuqta, doira tashqarisida yotgan
nuqta.
Radiusi 3 sm li doira, shaklning yuzi, 1 dm = 10 sm= 100 mm, P=16sm, 14dm=140 sm,
15mm=1sm 5 mm, 24 sm=2 dm 4 sm, ko‘pburchak.
3 – sinf
1. Perimetr (P), doira, ko‘pburchak, kesma, egri chiziq, siniq chiziq, metr, teng yonli
uchburchak.
2. Teng tomonli uchburchak, ixtiyoriy uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, santimetr (sm),
millimetr (mm), 3 sm li kesma. CD kesma, 1 m=100sm=10dm.
3. To‘g‘ri to‘rtburchakning AB tomoni 3 sm, BS tomoni 4 sm uning perimetri necha sm?
Ko‘pburchak, yuza, to‘g‘ri burchakli uchburchak, radiusi 3 sm li aylana.
4. To‘g‘ri burchak, kesma, metr (m), santimetr (sm), beshburchak, aylana, perimetr (P),
uchburchakning AB tomoni 3 sm, BS tomoni 4 sm, SA tomoni 5 smga teng. Uning perimetrini
toping.
4 – sinf
1. Kesma, siniq chiziq, aylana, doira, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, o‘tkir burchak, o‘tmas
burchak, to‘g‘ri burchak, yoyiq burchak.
2. Teng yonli uchburchak, teng tomonli uchburchak, ixtiyoriy uchburchak, to‘g‘ri burchakli
uchburchak, perimetr (P), santimetr (sm), detsimetr (dm), metr (m).
3. Kilometr (km), to‘g‘ri chiziq, 10 sm li kesma, 10 dm=100sm=1000 mm, perimetri 10 sm
ga teng to‘g‘ri to‘rtburchak chizing.
4. Uchburchak, to‘rtburchak, beshburchak, doira, kilometr (km), santimetr (sm), kvadrat, siniq
chiziq, har bir bo‘lagi 3 sm dan iborat uch bo‘limdan iborat siniq chiziq chizing.
Matematik diktantni o‘tkazishdan 1 kun oldin o‘quvchilarni ogohlantirish kerak. O‘quvchilarning
yonida barcha o‘quv qurollari shu jumladan chizmachilik asboblari bo‘lishi zarur.
Olingan bilimlarning mustahkamlashning va tekshirishning yana bir usuli testdir.
Geometrik testlar – bu masalalar to‘plami emas, balki maxsus vazifalar to‘plami bo‘lib, ular
shunday tuzilganki o‘quvchi maktab dasturidan nimani va qay darajada egallaganini tekshiruvchi
omildir.
Geometrik materiallarni o‘rgatishda o‘qituvchi albatta didaktik materiallardan foydalansa,
o‘quvchi shu shakl haqida tasavvurga ega bo‘ladi va unda matematik kompetensiya shakllanadi.
Olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llaydi. O‘qituvchi mavzuni hayot bilan bog‘lab olib
borishi yaxshi samara beradi. Asosiy maqsadimiz ham o‘quvchilarimizni hayotga tayyorlashdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Azizxodjayeva N.H “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”- Toshkent.: TDPU,
2003, 174 bet.
2. Bikbayeva N.U va boshqalar ”Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi ”-
Toshkent.: O‘qituvchi, 2007, 208 bet.
3. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z „Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi“
Toshkent.: Fan va texnologiya, 2005, 312 bet.
4. www.pinterest.ru
5. www.ziyonet.uz
520
Do'stlaringiz bilan baham: |