10
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA
YO‘NALTIRISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH
Nozilova Rohila Evadilloyevna
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 25-sonli umumiy o‘rta
ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon:+998(91)779 61 26
rohilanozilova@gmail.com
Annotatsiya: maqolada boshlang‘ich sinflarda dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarni kasb-
hunarga yo‘naltirish, kasb-hunarlar haqidagi ma’lumotlarni ilg‘or pedtexnologiyalar yordamida
boyitish, bu boradagi tushunchalarini kengaytirish borasida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, kasb-hunar, interfaol metodlar,zamonaviy va qadimiy
kasblar,mustaqil fikrlash, hamkorlikda ishlash, kasb-hunarga qiziqish
Hozirgi fan-texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrda o‘quvchilarni kichik maktab
yoshidan boshlab kasb-hunarga yo‘naltirish ularning kelajakda o‘zlari orzu qilgan kasbning
yetuk mutaxassisi bo‘lishlariga zamin yaratadi.
Shu o‘rinda boshlang‘ich sinflarda darslarni o‘tish jarayonida kasb-hunarlar borasida ilg‘or
pedtexnologiyalar asosida ma’lumotlar berib borish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarga qadimdan ota-bobolarimiz shug‘ullanib kelgan kasb-korlar bilan birga, hozirgi
paytda yangi zamonaviy kasblar bo‘yicha ma’lumotlar berib borish ularda bu mavzularda
tushuncha hosil bo‘lishiga, bu kasblarni o‘rganish, o‘zlari qiziqqan kasblar borasida ma’lumotlar
yig‘ish va uni egallashga doir fanlarni chuqur o‘zlashtirishga harakatni kuchaytiradi.
Boshlang‘ich sinflarda, ayniqsa “O‘qish” darslarida kasb-hunarga oid mavzularni o‘tishda
o‘quvchilarni zeriktirmasdan, qisqa vaqtda ayrim mavzuga doir kasb-hunarlar haqidagi
tushunchalarni boyitishni misol tariqasida 3-sinf “O‘qish” fanidan Janni Rodarining “Kasblarning
rangi qanaqa” mavzusida quyidagicha tashkil qilish mumkin:
Bu she’rda novvoy, otboqar, bo‘yoqchi, ishchi kabi kasb egalarini shoir ranglar asosida
tasvirlab bergan, o‘quvchilarga bu kasblardan tashqari yana qanday kasblarni bilishlarini so‘rash
va bu kasb egalarining rasmlarini doskaga ilish,so‘ng ularga turli rangdagi qog‘ozlarni berish
va kasb egalarining rasmlari tasvirlangan ko‘rgazmalar yordamida ulardagi ranglar qaysi kasbga
doir bo‘lishi mumkinligi va fikrlarini asoslab berishlarini so‘rash asosida ularni kasblar borasida
o‘ylash, fikrlash, bu kasblarning ahamiyatini anglash kabi tushunchalarini shakllantirish mumkin.
Shuningdek, 4-sinf Tabiatshunoslik “Globus “ mavzusini o‘tishda darsning mustahkamlash
qismida sinf o‘quvchilariga globus tasvirlangan ko‘rgazmaga Yer yuzida mavjud bo‘lgan kasblarni
yozish topshirig‘ini berish va ularning ichidan sayyoramiz, insonlar uchun eng muhimlarini
tanlash kerakligini so‘rash,ularni belgilash va kasblarning qanchalik muhimligi borasidagi
fikrlarini so‘rash ,bunda ayrim o‘quvchilar muhim deb bilgan kasblarni boshqa o‘quvchilar inkor
qilishi mumkinligini hisobga olgan holda ularning fikrlari , har bir kasbning o‘rni aniqlanadi.
O‘quvchilarga darslar o‘tish jarayonida qadimiy va axborot texnologiyalariga doir dasturchi,
veb-dizayner, kopirayter kabi zamonaviy kasblar to‘g‘risida ma’lumot berib borish, so‘ng ularni
“Tushunchalar tahlili” metodi asosida mustahkamlab olish mumkin.
Mazmuni
Tushuncha
Reklama uchun matn yozuvchi
Veb-dizayner
Kompyuter qurilmalariga dastur o‘rnatuvchi
Kulol
Zargar
Shu bilan birga, matematika fani darslarida iqtisodga oid kasblar haqida ma’lumotlar berib
borish, boshlang‘ich sinflarda kasb-hunarga oid maqol, topishmoqlar ko‘plab berilishini hisobga
olgan holda, qiziqarli o‘yinlar shaklidagi metodlardan foydalanish ham yaxshi samara beradi.
Masalan, topishmoq qatoridagi so‘zlarni almashtirib berish va qatorlarni to‘g‘ri joylashtirib,
uning mazmunini anglab, javobini topish, maqollarni o‘tishda mos rasmlardan foydalanib, rasm
asosida berilgan maqollar ichidan mosini topish topshiriqlarini bajarish o‘quvchilarda katta
521
10
qiziqish uyg‘otadi.
Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida hunarsiz kishini bir xil tikanli butaga o‘xshatib,
undan na o‘ziga, na o‘zgaga foyda borligi, agar kishi qanchalik oliy nasab bo‘lsa ham, hunari
bo‘lmasa xaloyiqning izzat-hurmatidan noumid bo‘lishini ta’kidlagan.
Shunday ekan, kelajakda yosh avlodning munosib kasb egasi bo‘lishiga bolalikdan poydevor
qo‘yish, buning uchun o‘quvchilarga boshlang‘ich sinfdan qadimiy kasblar bilan birga, zamonaviy
kasblar to‘g‘risida ma’lumot berib, ularning ahamiyatini tushuntirib borish, o‘quvchilarning
qaysi kasblarga qiziqishini aniqlash, bu haqda ko‘proq ma’lumot to‘plashiga, ularda bu kasbga
qiziqishni uyg‘otishda ham qiziqarli, ham foydali bo‘lgan metodlardan foydalanib darslar
tashkil etib borilishi asosida o‘quvchida o‘zi mustaqil fikrini bildirish, o‘ylash, erkin muloqotda
bo‘lish, hamkorlikda hamda individual ishlash, kasblarning qanchalik insonlar hayotida tutgan
o‘rni borasida tushunchalarga ega bo‘lib borishi va kasb egallashda to‘g‘ri yo‘lni tanlashiga
ko‘maklashish muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 3-sinf “O‘qish” darsligi M.Umarova va boshqalar
2. 4-sinf “Tabiatshunoslik” darsligi A.Bahromov
3. Kaykovus “Qobusnoma”
522
Do'stlaringiz bilan baham: |