10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA ONA TILIDAGI TINISH BELGILARINI
ISHLATISHNING AHAMIYATINI TUSHUNTIRISH
Hambilova Rohila Totliboyevna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar
10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel: 93-661-68-21 e-mail:karimovam1004@gmail.com
Karimova Sevara Oribjon qizi
Navoiy viloyati Zarafshon shahar
3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi
Tel: 93-318-42-68 e- mail:karimovam1004@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili fanidagi tinish
belgilari va ularning nutqimizda va yozuvimizda katta ahamiyat kasb etishi haqida tushuntirish
shuningdek, yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda punktuatsiyaning – tinish
belgilarining alohida ahamiyati borligini yetkazib berish. Til-millatning ko‘zgusi degandek,
millatimizning ma’naviy merosini yozuvimiz hamda tilimiz tashkil etishi to‘g‘risida tushuncha
berish.
Kalit so‘zlar: Didaktik, ta’lim jarayoni, qiziqish, tennis, tinish belgilari.
Rivojlanib borayotgan serquyosh O‘zbekistonimiz har bir jabhada ilg‘or o‘rinlarga ko‘tarilib
bormoqda. Jumladan, ta’lim sohasi ham, o‘qituvchilar ham bundan mustasno emas. Bu yo‘lda
iqtidorli, iste’dodli o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy yuksalishi o‘qituvchilarning asosiy
vazifasidir. Har bir o‘quvchi o‘z ona tilini bilishi , uning qonun-qoidalariga amal qilishi, o‘ta
muhim masala hisoblanadi. Shu o‘rinda ona tilimizning yozuv qonun-qoidalari, imlo qoidalari,
tinish belgilari, uning ishlatilish ahamiyati qanchalik darajada muhim ekanligini o‘rganishi
nutqimizni va yozuvimizni betakror va jozibador bo‘lib chiqishiga katta xizmat qiladi.
Yozma nutq madaniyati va savodxonlikni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri- yozuvda
imlo qoidalariga qat’iy amal qilish, gap va matn tuzish me’yorlariga rioya qilish hisoblanadi.
Bilamizki, tinish belgilari muayyan tilda yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon
qilishda, uni ixchamlashda yozma nutq qismlarining o‘zaro mantiqiy grammatik munosabatlarini
ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalardir. Tinish belgilari markaziy, asosiy
belgilar tizimiga mansub bo‘lib, u qo‘shimcha, yordamchi belgilar tizimidan iborat. Tinish
belgilarining asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo‘linishini ko‘rsatish, shuningdek , uning
sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.
Hozirgi o‘zbek yozuvida tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi,
vergul, qavs, tire, ko‘p nuqta, nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, ikki nuqta.
Ularning aksariyati 19-asr 2-yarmida ayrim gazeta va toshbosma kitoblarning nashr etilishi
bilan paydo bo‘lgan.
Har bir tinish belgisining gapda o‘z o‘rni bor. Masalan, so‘roq va undov belgisi birikkan
holda kuchli hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplardan so‘ng qo‘yiladi: Nimalar qilyapsiz o‘zi?!
Men bu ishni qiling deganim yo‘q-ku?!
Ushbu gapda kuchli his-hayajon ifodalangan.
Ikki nuqta esa uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi yoki ularni oydinlashtiruvchi
so‘zdan keyin ishlatiladi: Maktabimizdagi hamma: o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar majlisda
ishtirok etdilar.
Qo‘shtirnoq belgisi, ko‘chirma gapni ajratib ko‘rsatish uchun foydalaniladi. ,,Kuch-birlikda”
deydi Amir Temur bobomiz. ,,Apil-tapil qilingan ishning umri qisqa” , -degandi Sa’diy Sheroziy
Vergul- eng ko‘p qo‘llaniladigan tinish belgi bo‘lib, ajratilgan bo‘laklarni, kirish va undalma,
undov so‘zlarni nutqda takrorlangan so‘zlarni ajratishda ishlatiladi: Sen dalaga qovun, tarvuz,
qovoq eksang yaxshi bo‘lardi. Maktabimiz stadionida bolalar tennis, futbol o‘ynashadi.
“Gap tuz” ta’limiy o‘yinimizda esa o‘qituvchi nuqta , so‘roq va undosh belgisi yozilgan
tarqatmalarni teskari holatda qo‘yadi, o‘quvchi esa qaysi tinish belgisini olsa shu belgiga mos gap
tuzishi kerak bo‘ladi. Bunda o‘quvchining og‘zaki nutqini aniqlash va baholash ham mumkin.
Hattoki boshlang‘ich sinflarda tinish belgilariga oid ko‘plab she’rlar yod olinsa, yanada maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Masalan Ko‘r hassada axtarar… nurni, Och-yig‘lar, to‘q-tinglar qilpillab shular
126
10
jumlasidandir.
O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi davrida xalq ta’limi sohasida,o‘qitish-o‘rgatish
ishlarida,ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda sifat bosqichiga ko‘tarilishdek mas’uliyatli vazifalar turibdi.
Har bir darslik, qo‘llanma, uslibiy ko‘rsatmalar bu ishlarning olg‘a siljishiga yordamlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.Mahmudov, A.P.Madvaliyev ,,O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari’’ 2005
2. 4-sinf ona tili metodikasi 2017
3. E.Xo‘janiyozov ,,O‘zbek tilida tinish belgilarining ishlatilishi’’ 2016
4. Internet saytlari
127
Do'stlaringiz bilan baham: |