Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA ONA TILIDAGI TINISH BELGILARINI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA ONA TILIDAGI TINISH BELGILARINI 
ISHLATISHNING AHAMIYATINI TUSHUNTIRISH 
Hambilova Rohila Totliboyevna
 Navoiy viloyati Zarafshon shahar 
10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Tel: 93-661-68-21 e-mail:karimovam1004@gmail.com 
Karimova Sevara Oribjon qizi 
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 
 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi
Tel: 93-318-42-68 e- mail:karimovam1004@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili fanidagi tinish 
belgilari va ularning nutqimizda va yozuvimizda katta ahamiyat kasb etishi haqida tushuntirish 
shuningdek, yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda punktuatsiyaning – tinish 
belgilarining alohida ahamiyati borligini yetkazib berish. Til-millatning ko‘zgusi degandek, 
millatimizning ma’naviy merosini yozuvimiz hamda tilimiz tashkil etishi to‘g‘risida tushuncha 
berish.
Kalit so‘zlar: Didaktik, ta’lim jarayoni, qiziqish, tennis, tinish belgilari.
Rivojlanib borayotgan serquyosh O‘zbekistonimiz har bir jabhada ilg‘or o‘rinlarga ko‘tarilib 
bormoqda. Jumladan, ta’lim sohasi ham, o‘qituvchilar ham bundan mustasno emas. Bu yo‘lda 
iqtidorli, iste’dodli o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy yuksalishi o‘qituvchilarning asosiy 
vazifasidir. Har bir o‘quvchi o‘z ona tilini bilishi , uning qonun-qoidalariga amal qilishi, o‘ta 
muhim masala hisoblanadi. Shu o‘rinda ona tilimizning yozuv qonun-qoidalari, imlo qoidalari, 
tinish belgilari, uning ishlatilish ahamiyati qanchalik darajada muhim ekanligini o‘rganishi 
nutqimizni va yozuvimizni betakror va jozibador bo‘lib chiqishiga katta xizmat qiladi. 
Yozma nutq madaniyati va savodxonlikni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri- yozuvda 
imlo qoidalariga qat’iy amal qilish, gap va matn tuzish me’yorlariga rioya qilish hisoblanadi.
Bilamizki, tinish belgilari muayyan tilda yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon 
qilishda, uni ixchamlashda yozma nutq qismlarining o‘zaro mantiqiy grammatik munosabatlarini 
ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalardir. Tinish belgilari markaziy, asosiy 
belgilar tizimiga mansub bo‘lib, u qo‘shimcha, yordamchi belgilar tizimidan iborat. Tinish 
belgilarining asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo‘linishini ko‘rsatish, shuningdek , uning 
sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir. 
Hozirgi o‘zbek yozuvida tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi, 
vergul, qavs, tire, ko‘p nuqta, nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, ikki nuqta.
Ularning aksariyati 19-asr 2-yarmida ayrim gazeta va toshbosma kitoblarning nashr etilishi 
bilan paydo bo‘lgan. 
Har bir tinish belgisining gapda o‘z o‘rni bor. Masalan, so‘roq va undov belgisi birikkan 
holda kuchli hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplardan so‘ng qo‘yiladi: Nimalar qilyapsiz o‘zi?! 
Men bu ishni qiling deganim yo‘q-ku?! 
Ushbu gapda kuchli his-hayajon ifodalangan.
Ikki nuqta esa uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi yoki ularni oydinlashtiruvchi 
so‘zdan keyin ishlatiladi: Maktabimizdagi hamma: o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar majlisda 
ishtirok etdilar.
Qo‘shtirnoq belgisi, ko‘chirma gapni ajratib ko‘rsatish uchun foydalaniladi. ,,Kuch-birlikda” 
deydi Amir Temur bobomiz. ,,Apil-tapil qilingan ishning umri qisqa” , -degandi Sa’diy Sheroziy
Vergul- eng ko‘p qo‘llaniladigan tinish belgi bo‘lib, ajratilgan bo‘laklarni, kirish va undalma, 
undov so‘zlarni nutqda takrorlangan so‘zlarni ajratishda ishlatiladi: Sen dalaga qovun, tarvuz, 
qovoq eksang yaxshi bo‘lardi. Maktabimiz stadionida bolalar tennis, futbol o‘ynashadi.
“Gap tuz” ta’limiy o‘yinimizda esa o‘qituvchi nuqta , so‘roq va undosh belgisi yozilgan 
tarqatmalarni teskari holatda qo‘yadi, o‘quvchi esa qaysi tinish belgisini olsa shu belgiga mos gap 
tuzishi kerak bo‘ladi. Bunda o‘quvchining og‘zaki nutqini aniqlash va baholash ham mumkin. 
Hattoki boshlang‘ich sinflarda tinish belgilariga oid ko‘plab she’rlar yod olinsa, yanada maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Masalan Ko‘r hassada axtarar… nurni, Och-yig‘lar, to‘q-tinglar qilpillab shular 


126
10
jumlasidandir.
O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi davrida xalq ta’limi sohasida,o‘qitish-o‘rgatish 
ishlarida,ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda sifat bosqichiga ko‘tarilishdek mas’uliyatli vazifalar turibdi. 
Har bir darslik, qo‘llanma, uslibiy ko‘rsatmalar bu ishlarning olg‘a siljishiga yordamlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.Mahmudov, A.P.Madvaliyev ,,O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari’’ 2005
2. 4-sinf ona tili metodikasi 2017
3. E.Xo‘janiyozov ,,O‘zbek tilida tinish belgilarining ishlatilishi’’ 2016
4. Internet saytlari


127

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish