Масъул муҳаррир


OILA PSIXOLOGIYASINING IJTIMOIY MOHIYATI VA OILADAGI MUHITNING



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
OILA PSIXOLOGIYASINING IJTIMOIY MOHIYATI VA OILADAGI MUHITNING 
YOSHLARGA TA’SIRI
Kadirova Mamuraxon Yuldashovna
Angren shahar 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim 
maktabi psixologi.
Tel; +99891 780 61 80
Annotatsiya. Maqolada oila psixologiyasi, oilada muhitning yoshlarga ta’siri, ota-onaning 
oiladagi tutgan o‘rni, jamiyatda psixologlarning ahamiyati va uning ijtimoiy mohiyatini ochib 
berishga doir fikrlar keltirilgan.
 Kalit so‘zlar: oila, jamiyat, psixologik iqlim, hikmatlar, oilaviy muloqot, oilaviy muhit.
O‘zbekiston mustaqilligi tufayli Respublikada oila muammolari davlat ahamiyatiga molik 
bo‘lgan masalalar qatoridan rasmiy ravishda o‘rin oldi. 1998-yilni «Oila» yili deb e’lon qilinishi, 
«Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi, Respublikada oila manfaatiga qaratilgan max-
sus Davlat dasturining qabul qilinishi, uning mantiqiy davomi sifatida 1999-yilni «Ayollar yili» 
deb e’lon qilinishi, viloyatlarda oilaga xizmat qiluvchi turli maslahatxonalarning tashkil etilishi, 
oila muammolarini ilmiy tadqiq etish maqsadida O‘zbekiston tarixida birinchi bor oila psix-
ologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan ilmiy kadrlarni tayyorlash maqsadida 
aspirantura tashkil etilishi, ularga aspirantlarning qabul qilinishi yuqoridagi fikrimizning dalilidir. 
Oila psixologiyasini ilmiy jihatdan har tomonlama to‘liq ifodalashga harakat qilindi. 
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi, ijodiy tafakkurini o‘stiruvchi turli hikmatlardan, 
xajviy aforizmlardankeng foydalanildi. Chunki hikmat – hayotiy saboq bo‘lsa, hajv – hayot 
to‘lqinlaridagi qutqaruv eshkagidir. Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib brogan sari odam-
larning o‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari ham, ayniqsa, 
shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham ta-
komillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqq-
iyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqa-
rishi, umuman xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning 
jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, 
inson shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, 
jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy psixologik
fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarning o‘zaro muloqot munosabatlari doirasini ma’lum 
darajada chegaralanib qolishiga, ularda ajdodlarimizda kuzatilgan tabiiylikni ma’lum darajada 
buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning yu-
zaga kelishiga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham 
o‘z ifodasini topadi. 
Oila psixologiyasi orqali yoshlarni oilaviy hayotda bo‘ladigan muammolar, qonuniyatlar 
haqida ilmiy tasavvurlar bilan tarbiyalash, ularni bu jarayonga tayyorlash va oilaning shaxsning 
shakllanishidagi roli haqida ularga tasavvur berish; oilaviy hayotda bo‘ladigan muammolarga 
konstruktiv tus berishga, destruktiv yo‘nalishdagilardan saqlanishga o‘rgatish; yoshlarda oilaning 
mustahkamligini ta’minlovchi bilim va malakalarni shakllantirish hamda muammoli vaziyatlarda 
psixologik jihatdan oqilona chiqib ketish malakalarini o‘rgatish; yoshlarning o‘zlariga turmush 
o‘rtog‘ini to‘g‘ri tanlash masalalari; yoshlarni oilaviy muloqotga tayyorlash kabi ko‘plab 
masalalarga javob topish mumkin. 
Oila va oilaviy munosabatlar masalasi o‘tgan asrlarda ham davrning muhim muammosi bo‘lib 
kelgan. Zotan har bir inson umrining ko‘p vaqti oilada o‘tadi. Shuning uchun oiladagi nozik 
ruhiy, hissiy – psixologik holatlar bolalar ichki hissiyotlari va ruhiyatiga katta ta’sir o‘tkazadi. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bola tarbiyasiga eng avvalo ota – onaning shaxsi, hayot 
faoliyatlari, turmush tarzi bilan birgalikda oiladagi psixologik muhitning ta’siri katta bo‘ladi. 
Oilada muhit va o‘zaro muloqot qanday bo‘lsa, bola xuddi shu muhit ta’sirida ulg‘ayadi. Umu-
man, har qanday oilaning tarbiyaviy ta’sirchanligi va samaradorligi ko‘p jihatdan oilada qaror 
topgan ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro va bolalariga, axloqiy-ruhiy holatiga bog‘liq.
Insonda muloqot madaniyati o‘z – o‘zini bilish va boshqa odamlarni tushuna olishdan 
boshlanadi. Ya’ni atrofdagilarning psixologik xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olishdan boshlanadi. 


138
10
Undan keyin esa ularning xulqi va usulini jamlay bilish lozim bo‘ladi. Muloqot madaniyati odamda 
ilk yoshlikdan boshlab shakllana boradi.
Muloqotda buyruq ohangining o‘stirilishi oilada o‘zaro raqobatni vujudga keltiradi. Chunki 
do‘q-po‘pisa, oiladagilarga nisbatan tez–tez bildirilib turilgan norozilik, samimiy muloqotga putur 
etkazadi.
Har bir oilada bolalar uchun g‘amxo‘rlik qilinishi tabiiy holdir. Bolalar kattalarning 
g‘amxo‘rligiga muhtoj bo‘ladilar, kattalar bolalarga g‘amxo‘rlik qilar ekan, bola o‘zini baxtiyor 
his qiladi.
Har bir oilaning sog‘lom bo‘lishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu 
muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, so‘ng o‘zi yashayotgan davlatning fuqarosi 
sifatida o‘z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini ta’minlovchi, hal qiluvchi omil 
bo‘lgan inson kamolotida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Shunday ekan, psixologiya fanining bir 
bo‘lagi bo‘lgan “Oila psixologiyasi”ning ham o‘rni ushbu fan doirasida o‘z o‘rni va ahamiyatiga 
egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. M.V.Halimova va boshqalar. Psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi. – Andijon: 2016-yil, 
106-bet.
2. Oila psixologiyasi. – Toshkent: Sharq, 2010-yil, 10-bet.


139

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish