Texnologiya fani bo‘yicha quyidagi dars turlarini qo‘llash mumkin: Kombinasiyallashgan
dars , operasiyalarni o‘zlashtirish darsi , kompleks ishlarni bajarish darsi, nazorat tekshirish
topshiriqlarini bajarish va malaka hosil qilish darsi. Texnologiya darsi asosan ustaxonalarda
olib borilishi sababli, darsni tashkil etish shakli, o‘quvchilar bajaradigan ishni xarakteriga qarab
belgilanadi. M: o‘quvchilarning hammasi bir xil ishni bajarishi lozim bo‘lsa, darsni umumiy
shaklini qo‘llash mumkin. Bunda o‘qituvchi barcha o‘quvchilarga bir xil yo‘riqnoma beradi
va o‘quvlarni umumiy talablar asosida buyumni tayyorlash texnologiyasi to‘liq bajarilishini
kuzatib biladi. Agar ba’zi o‘quvchilar orqada qolayotgan bo‘lsa, o‘qituvchi bu o‘quvchiga yakka
tartibda yo‘riqnoma beradi va shuni kuzatib boradi. Barchamizga ayonki barcha fan sohalarida
bo‘lgani kabi, texnologiya fanining ham rivojlanishi unga qaratilayotgan e’tiborga bog‘liq. Shu
jumladan, respublikamizda boshqa fanlar kabi texnologiya fanidan ham turli ko‘rik tanlovlar
va olimpiadalar o‘tkazish, uni fanlar orasida o‘z o‘rniga , mavqeyiga ega bo‘lishi uchun Xalq
Ta’limi Vazirligi tomonidan yaxshiroq e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Masalan
qizlar uchun “Zardozlik”, “Kashtachilik”, “Pazandalik” kabi online tanlovlar shular jumlasidandir.
Texnologiya fanini to‘g‘ri tashkil etish bolalarni qiyinchiliklarni yengishga, qo‘yilgan maqsadga
erishish yo‘lida matonat va qat’iyat bilan kirishishga, boshlangan ishni chala tashlab ketmay,
balki oxiriga yetkazishga o‘rgatish lozim. Bu o‘rinda ijobiy natijalar: mehnatdan quvonish,
lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo‘lishi juda muhimdir.
128
10
O‘zbekiston tabiiy resurslar, foydali qazilmalar, metall va qotishmalar, plastmassalar, yog‘ochlar
va o‘simliklarga boy o‘lkadir. Respublikamizning bu tabiiy boyliklari sanoatda, turmushda
foydalanadigan xom ashyo bo‘lishi bilan bir qatorda texnologiya darslarida bajariladigan
ishlar uchun kerakli material bo‘lib ham xizmat qiladi. O‘quvchilarni ilk yoshligidan boshlab
bolalarda ona tabiatga qiziqish va muhabbatni, undagi go‘zalliklarni ko‘ra bilishni tarbiyalash
kerak. Tabiiy materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbur qiladi. Kuzatishlar esa
badiiy ijodiy qobiliyatlarni, konstruktorlik g‘oyasini, tushunchalarning aniqligini uyg‘otadi. Turli
tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini, turli asboblardan foydalanishni talab
qiladi va ularni ishlatish bilim, ko‘nikma, malakalarini beradi. Turli tabiiy materiallarni to‘plash
o‘qituvchi qo‘ygan maqsadga bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar ko‘rib chiqilgan va batafsil muhokama
qilingan yoki o‘zlari o‘ylab topgan tasvir uchun material to‘playdilar va aksincha, avval
qandaydir materialni to‘plab, keyin qanday ish bajarishni aniqlashlari kerak. Tabiiy materiallarni
o‘quvchilar dastlab o‘qituvchi rahbarligida sayr vaqtida to‘playdilar. Tabiiy materillarni to‘plash
jarayonida o‘quvchilar atrofdagi o‘simliklar dunyosi, hashoratlar bilan tanishadilar, daraxtlar,
gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, tabiiy materiallni qachon va qanday to‘plash va qanday
saqlash lozimligini bilib oladilar. Tabiatni qo‘riqlash va unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish,
uni asrash masalalariga alohida e’tibor berish har bir o‘quvchining burchidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida ” gi Qonuni. “ Barkamol avlod-
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori ”- T.”Sharq” NMK.1998 yil
2. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standari va o‘quv dasturi Mehnat ta’limi, kasb tanlashga
yo‘llash, Tasviriy san’at, Chizmachilik, Musiqa madaniyati, Jismoniy tarbiya (1-9 sinflar)
“Toshkent-2010”
3. Muslimov N.A, Sharipov Sh.S.v.b. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo‘llashni o‘qitish
metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2009 427 b
129
Do'stlaringiz bilan baham: |