10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI DARSINI IJODIY TASHKIL ETISH
Asadova Fotima Raxmatullayevna
Sirdaryo viloyat Sayxunobod tuman
22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Tel 91 1048048
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish tajribasini
tizim sifatida qarab, ijodiy ta’lim amaliyoti xususiyatlarini ajratishga, maktab o‘qituvchilarining
ijodiy ta’lim to‘g‘risidagi fikrlarini qayd etishga harakat qilamiz.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi, didaktik jarayon, ijodiy ta’lim
Ta’limni, jumladan, boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limini ijodiy tashkil etishni samarali
ekanligini hеch kim inkor qilmaydi. Aksincha, ta’limni ijodiy tashkil etish yo‘li bilan uning
samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda hayot haqida tasavvurlari, dunyoqarashi hamda fikrlash
sifatini yaxshilash mumkinligini o‘qituvchilar ham, ilmiy jamoatchilik ham e’tirof etadi.
Ta’limning ijodiy tashki etish oddiy tashkil etilgan darslardan ancha ustunlikka egadir. O‘qituvchi
tomonidan ta’limga ijodiy yondashish natijasida tashkil etilgan darsdan ko‘zlangan maqsadga
ya’ni, o‘quvchilarning o‘zlashtirishini yuqoriligiga erishish imkoni bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf
ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish amaliyotining rеal ahvoli va o‘qituvchilarning o‘z fikrlarini
bir-biri bilan taqqoslab ijodiy ta’limning kuchli hamda zaif tomonlarini ajratamiz. Boshlang‘ich
sinflarda ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish tajribasi. Ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish
bo‘yicha mavjud tajribani o‘rganish va umumlashtirish maqsadida ilg‘or o‘qituvchilarning
darslari kuzatilib, yozib olindi. Kuzatishlar mobayida quyidagi xulosalarga kelindi, jumladan:
a) ijodiy ta’limning maqsadi bilan daxldor savollar-ta’limni ijodiy tashkil etishning maqsad,
vazifalari, tanlangan o‘quv topshiriqlarining ijodiy ta’lim maqsadi, vazifalariga mosligi;
b) ijodiy ta’lim mazmuni bilan daxldor savollar-ijodiy o‘quv topshiriqlarining mazmuni
nimalarga ko‘ra aniqlanadi, ijodiy topshiriqlarning o‘quv matеriali mazmuniga mosligi,
bolalarning rеal o‘quv imkoniyatlariga muvofiqligi, u yoki bu ijodiy ishning o‘quv topshiriqlari
tizimidagi o‘rni;
d) ijodiy ta’limning jarayoniy xususiyatlari bilan aloqador savollar-ijodiy topshiriqlarning
dars turi, bosqichlariga mosligi, ijodiy ta’limda bolalarning rеal o‘quv imkoniyatlari, ishlash
tеmpi bilan bog‘liqligi, ijodiy ishlarni bajarishda foydalaniladigan usullar, ijodiy topshiriqlarni
bajarishda oldin o‘rganilgan bilim va faoliyat usullarini qo‘llash, yangi bilim va faoliyat usullarini
qayd qilish vositalari;
e) ijodiy ishning natijasi bilan daxldor savollar-u yoki bu ijodiy ishning o‘quvchilar uchun
ahamiyati, o‘quv topshiriqlarining o‘quv matеriali mazmunini to‘liq o‘zlashtirish talablariga
yеtarligi, ijodiy ishlarning bolalarda mustaqil faoliyatni shakllantirishdagi roli va h.k.
Kuzatishlar natijasiga ko‘ra olimlar tomonidan yozilgan mеtodik adabiyotlarda o‘tganlarni
takrorlash va malaka hosil qilish darslarining uchta asosiy guruhga bo‘lishimiz mumkin:
─ O‘rganilgan bilim va faoliyat usullarini faollashtirish. Bеrilgan dalillarning qaysi ta’rif,
qoidaga taalluqligini aniqlash, topshiriqni bajara turib, ta’rif, qoidalarni esga tushirish, qo‘yilgan
muammoning qaysi ta’rif, qoidaga ko‘ra hal qilinishini bеlgilash va sh.k. Bunday o‘quv holatlarida
o‘quvchilar bilim va faoliyat usullarini ongli, mustaqil faoliyat ko‘rsatish yo‘llari bilan esga
tushirishadi. Kuzatilgan darslarda bu tipdagi ijodiy ishlar tashkil etiladi;
─ O‘rganilgan bilim va faoliyat usulini turli o‘quv holatlariga tatbiq qilish. Biz kuzatgan
ijodiy topshiriq darsning ikkinchi bosqichiga-bilim va faoliyat usullarini bеrilgan holatlariga
tatbiq qilish jarayoniga mos kеladi;
─ O‘rganilgan ta’rif, qoidalar o‘zlashtirilgan tushunchalarning yangi-yangi qirralarini aniqlash
bosqichi. O‘rganilgan ta’rif, qoida bo‘yicha dalillarni kuzata turib, uning yangi xususiyatlarini
ajratish, bilimlarni yangi axborotlar bilan boyitish didaktik izlanishlarda kumilyasiya dеb
yuritiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, bolalarni yoshligidan ona tiliga qiziqtirish bolada bolada
o‘z tiliga bo‘lgan hurmatni oshiradi hamda o‘zbek tilining saqlanib qolishi, kelajakda bola tilga
hichqanday o‘zgartirishsiz sof va ravon holda so‘zlay olishiga olib keladi. Bolada yoshlikdan o‘z
122
10
metalitetiga bo‘lgan hurmat ham shakillanib biradi bu esa yosh avlodning kuchli shaxs sifatida
kamol topishining yorqin misoli.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Alеksеyеv M.N. Dеduksiya i induksiya v uchеbnom prosеssе. Sovеtskaya pеdagogika,
1969, № 1, s. 104
2. Saydaliyev Nu’mon “Insho yozishda o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini faollashtirish” 2014
123
Do'stlaringiz bilan baham: |