Масъул муҳаррир


MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI.
Esanov Yo‘ldosh Jalg‘ashovich
Boysun tumani 1-o‘rta umum ta’lim maktabida 
matematika fani o‘qituvchisi
Телефон:+99893- 796-75-74
normurodov.oibek@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarning o‘tilayotgan mavzuni o‘zlashtirilishi va 
pedagogik saloxiyatini oshirishdagi ahamiyati yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: pedagogik, texnologiya, ilmiy, ta’lim, o‘qitish texnologiyasi, dars, ko‘nikma, 
ta’lim-tarbiya.
Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni 
to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yani texnologiyalarga aylalib 
bormokda. Xuddi shu kabi talim-tarbiya sohasida ham yangi yillarda innovatsion texnologiyalarni 
qo‘llab o‘qitish orqali ham akademik litseylarda yuqori samaralarga erishilmoqda. 
Jumladan, xususiy texnologiyalarning ham ahamiyati katta. Xususiy texnologiyalar o‘quvchilar 
bilimini oshirishi bilan bir qatorda ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini va fanga bo‘lgan 
qiziqishlarini yana ham oshiradi. Xususiy texnologiya bu- talim-tarbiya mazmunining ayrim 
yo‘nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuyini o‘z ichiga oluvchi innovacion 
tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o‘qitish texnologiyalari, o‘qituvchining o‘quvchi 
bilan ishlash texnologiyalari kiradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan 
yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vaziyatlarni izlaydi, zamonaviy 
pedogogik texnologiyaga suyanib, o‘quv jarayonini samaradorligini oshiradi. O‘quvchilarni 
mustaqil fikrlashga o‘rgatib, o‘quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi. Shu 
boisdan ham, pedogogik texnologiya, didaktik texnologiya, talim texnologiyalariga o‘quv 
jarayoniga eng samaradorli vositalar deb qaralmoqda. Ulardan dunyo pedogogik amaliyotida 
keng foydalanilmoqda. Hozirgi kundagi eng dolzarb masala va vazifa talim standartlarini o‘quv 
jarayoniga tadbiq etishdan iboratdir.
Pedogogik texnologiya hozirda barcha pedogogik kasblar hamda talim tarbiya jarayonini 
tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog‘liq kasblarning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy 
pedogogik texnologiyalardan barcha pedogoglar xabardor bo‘lishlari zarur. 
O‘zbekistonda talim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati 
va talim ustuvorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli 
talimning yangi modeli yaratildi.
Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan 
bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan - “texnos” (teshne) - sanat, 
hunar va “logos” (logos) - fan so‘zlaridan tashkil topib “hunar fani” manosini anglatadi. Biroq 
bu ifoda zamonaviy texnologix jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har 
doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketmaketlikda 
bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon - bu mehnat 
qurollari bilan mehnat obektlariga bosqichma-bosqich tasir etish natijasida mahsulot yaratish 
borasidagi ishchining faoliyatidir. 
Tajriba sinov natijalari shuni ko‘rsatadiki hozirgi zamonda bilim olish jarayonida pedogogik 
texnologiyalarning ahamiyati juda katta, ayniqsa maktabda pedogogik texnologiyalar asosida 
o‘qitish hozirgi zamonda muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz, chunki maktab o‘quvchilari 
yosh va ko‘p narsaga qiziqadi, jumladan bilim olishga ham. Biz ularning bilimini so‘ndiray, 
aksincha darsni pedogogik texnologiyalari asosida qiziqarli qilib musobaqa tarzida, turli xildagi 
tarqatma materiallar asosida boyitib va ularni majburlab emas, balki o‘zi qiziqib yana bilim 
olishga tirishishi kelajakda komil inson bo‘lishi biz o‘qituvchilarning eng katta yutug‘i deb 
hisoblaymiz. Maktab o‘quvchilari ayni o‘smir yoshidagi, qiziqqon, sal narsadan zerikadigan va 
qaysi tarafga qiziqtirsangiz o‘sha tarafga moyil bo‘ladigan o‘smir yoshlar hisoblanadi. Ularni 
ham pedogogik texnologiyalari asosida darsga qiziqtira olsak, o‘qishga qiziqishini, bilim olishga 


120
10
moyilligi orttira olsak va boshqa salbiy narsalarga qiziqishi ortishiga yo‘l qo‘ymasak bizlar 
kasbimiz jihatidan oldimizga qo‘ygan ijobiy maqsadimizga erishgan bo‘lamiz. 
Tajriba natijasi shuni ko‘rsatdiki, pedogogik texnologiyalar asosida o‘tgan dars ananaviy 
o‘tgan darsga qaraganda yuqoriroq samara berdi, o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan 
qiziqishini orttirdi va o‘quvchilar qiziqqanidan vaqt qanday o‘tganini sezishmadi. O‘quvchilar 
qolgan darslar ham shu shakllarda o‘tishi kerakligi to‘g‘risidagi fikrlarni bildirishdi va hohlashdi.
Shunday qilib, muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasining mohiyatini quyidagicha izohlash 
mumkin: o‘quvchilarning talab etilgan darajada bilimdonligiga erishish uchun o‘quv materiali 
mazmunini yirik tuzilmalash, unga mos holda o‘qitish metodlari, vositalari va shakllarini tanlash 
amalga oshirilib, ular o‘quvchilarni to‘liq, kisqargan yoki chuqurlashgan o‘qitish variantlarini 
mustaqil tanlash va o‘tishga yo‘naltiriladi. Muallifning takidlashicha, muammoli-modulli o‘qitish 
texnologiyasi bo‘yicha 70 foiz o‘quv materiali yuqori darajada o‘zlashtirilgan va aniq o‘rnatilgan 
komponentlik darajani kafolatli taminlangan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. J.G‘.Yo‘ldoshev., S.A.Usmonov. “Pedagogik texnologiya asoslari” Toshkent. “O‘qituvchi” 
2004 y. 
2. N.N. Azizxo‘jaeva. “Pedagogik tehnologiya va Pedagogik mahorat” Toshkent. “AvtoNashr” 
2006 y.


121

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish