10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISH
Djo‘rayeva E’zozxon Turg‘unboyevna
Oltiariq tumani 20-maktab
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
tel: 91-151-44-38
e-mail:djurayeva@mail.ru
Annotatsiya: maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirish, nutq ko‘nikmasi
hosil qilishda o‘qituvchining vazifalari xususida so‘z boradi
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, boshlang‘ich sinf, pedagog, nutq ko‘nikmasi, nutqni
shakllantirish
Boshlang‘ich sinf ta’limida o‘quv jarayonini tashkil etish holati jiddiy bo‘lib, o‘quv faoliyatini
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Chunki bu davrda o‘quvchining ta’lim tushunchalarini
qabul qilish salohiyati yuqori saviyada bo‘lib, ularni muntazam ravishda nazorat qilib borish lozim
bo‘ladi. Darslarda ko‘proq ularni qiziqtirish uchun innovastion texnologiyalardan foydlanish
maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, hamkorlikka asoslangan o‘quvchilarning faolligini oshirishga
mo‘ljallangan o‘quvchilarni boshqarish fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar manfaati
bilan hisoblashish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning “men”nini sezish,
his qilish, o‘zini boshqarish fikrini aniq, lo‘nda va puxta bayon eta olishga o‘rgatishdan iboratdir.
Boshlang‘ch sinflar ona tili dasturida belgilangan muhim talablardan biri o‘quvchilar nutqini
o‘stirishdan iborat. Chunki, o‘quvchilar nutqining qay darajada ekanligi ularning o‘qish va yozish
malakalari, o‘z fikr-mulohazalari, tasavvur tushunchalarini boshqalarga yetkaza olishlariga bog‘liq.
Nutqi rivojlangan o‘quvchilar faqat o‘qish va yozuv darslaridagina emas, balki boshqa darslarda
ham bilimlarni puxta o‘zlashtirishga to‘laqonli erishadilar. Nutqi yaxshi rivojlanmagan o‘quvchilar
esa, dars mavzularini o‘zlashtirishda qiynaladilar. Shuning uchun ham ona tili dasturining barcha
bo‘limlariga nutq o‘stirish vazifalari singdirilgan. Bu mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda
boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiyaning samaradorligini ta’minlash, jumladan, ona tili darslarida
puxta bilim, ko‘nikma va malakani hosil qildirish muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda
“Sifat so‘z turkumi”ni o‘rganish dastlabki bosqich sanaladi. O‘quvchilar sifat mavzusini ongli
ravishda o‘zlashtirib, ma’lum so‘z boyligiga, og‘zaki va yozma nutqdan to‘g‘ri foydalanish
malakasiga, tegishli sifatni sinonim bilan almashtirib yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari hamda
imlo xatolarisiz o‘z fikrini bayon qilishlari kerak. Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, bog‘lanishli og‘zaki va yozma nutq o‘stiriladi. Sifat
mavzusini jadvallar, tarqatmalar, texnik vositalardan foydalanib o‘tish darsning samaradorligini
ta’minlaydi. Sifat mavzusini o‘tishda darslikdagi qoida, mashqlar bilan chegaralanib qolmaslik
kerak. Imkon darajasida qo‘shimcha adabiyotlardan, ayniqsa, “G‘uncha”, “Gulxan”, “Bilimdon”,
“Bilimlar dunyosi” kabi jurnallardagi ma’lumotlardan o‘quvchilarning didi, qiziqishlari va bilim
saviyasiga mos ravishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Narsa belgisi tushunchasini “Klaster”
usulini qo‘llash asosida tushuntirish yaxshi natija beradi. “Saralash” usuli ham natijaga ko‘ra eng
samaralisi hisoblanadi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi mavzuning o‘quvchiga
to‘laqonli tushunarli bo‘lishini ta’minlashi uchun dars jarayonida o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga
qaratilgan pedagogik texnologiyalardan, interfaol usullardan unumli foydalanish va shu bilan
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirish – ta’lim samaradorligi hamda sifatini
oshirishda katta yordam beradi. Umuman olganda, o‘qituvchi tomonidan amalga oshirilayotgan
barcha vazifalar o‘quvchi bilimini rivojlantirishga, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lishi
kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги Қонуни ва “Кадрлар тайёрлаш
миллий дастури” – Т.: 1997.
2. Эшмуҳаммедов Р. ва бошқалар. Таълимда инновацион технологиялар. – Т.: 2008.
3. Фузаилов С. ва бошқалар. 2-синфлар учун бошланғич синф она тили дарслиги. –Т.:
2012.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |