atmosfera ta’siriga chidamliligi
deyiladi;
– qoplamga shikast yetkazilganida avtokorxona sharoitida
oson tiklanishi lozim;
– ommaviy tarzda foydalanish mumkinligi va arzon bo‘lishi
lozim.
Hozirgi paytda mavjud bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallari
yuqorida sanab o‘tilgan talablarning barchasiga to‘la javob
bermaydi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik hollarda
qoplam ko‘p qatlamli qilib tayyorlanadi. Qoplamni hosil qilgan
har bir qatlam bir yoki bir nechta talabga javob berishi darkor.
11. 2.
Lok-bo‘yoq qoplami hosil qilish
Bo‘yashdan oldin sirtlar chang, iflosliklar, zang, pay-
vandlashda hosil bo‘lgan flus qoldiqlari, neft mahsulotlari,
yog‘li dog‘lar, eski qoplam qoldiqlaridan tozalanadi.
Bu maqsadlar uchun ko‘p sondagi mexanik, kimyoviy,
elektrokimyoviy, termik, ultratovushli va boshqa usullardan
foydalaniladi. Avtotransport korxonasida qo‘llash mumkin
bo‘lgan detallarni bo‘yashga tayyorlashning oddiy operatsiyalari
jumlasiga quyidagilar kiradi: erituvchilar yordamida sirtni
yog‘sizlantirish: zanglagan yuzalarni metall cho‘tka va jilvir
qog‘oz yordamida ketkazish. Lok-bo‘yoq qoplami hosil
qilishga tayyorlangan sirtga qoplamning birinchi qatlami –
grunt beriladi (11.1- rasm).
Gruntovkalar lok yoki emallarning yaxshi ilashishi uchun
xiz mat qiladi, ular bo‘yaladigan sirt (metall, yog‘och) bilan
lok-bo‘yoq qoplamalar o‘rtasida bog‘lovchi qatlam vazifasini
o‘taydi. Gruntovkalar lok-bo‘yoq qoplamida muhim vazifani
bajaradi, ya’ni pardaning qarshiligi yuqoriligi hisobiga metallni
korroziyalanishdan saqlaydi. Gruntovka – grunt tashkil topgan
material, odatda, kist, bo‘yoq sepuvchi moslama yoki botirish
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sirtni bo‘yashga tayyorlash va
gruntovkalash o‘rtasidagi vaqt juda qisqa bo‘lishi maqsadga
muvofiq, chunki bu vaqtda sirtga chang o‘tirishi, yoki sirt
zanglashi mumkin. Grunt quritilganida unchalik katta bo‘l-
magan qalinlikka (15–20 mkm) ega bo‘ladi. Gruntovka qilingan
sirtdagi sidirilgan chiziqlar, hosil bo‘lgan pachoqlar to‘la
saqlanadi. Detallarni tayyorlashda ular sirtida chiziqlar va turli
notekisliklar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, mavjudlari esa
mexanik ishlov berish yo‘li bilan bartaraf etiladi. Unda ham iloji
bo‘lmasa, mahalliy va umumiy shpaklovkadan foydalaniladi.
Mahalliy shpaklovka yuzadagi yirik notekisliklarni bartaraf
etish uchun beriladi. Umumiy shpaklovka bo‘yaladigan butun
sirtni silliqlash maqsadida beriladi. Mahalliy shpaklovkalashda
tarkibida 75–80 foiz to‘ldiruvchi (bo‘r, oxra va boshqalar)
bo‘lgan quyuq pasta (shpaklovka)dan foydalaniladi. Quriganida
elastikligi yetarli bo‘lmasligi, darzlar va yoriqlar paydo
bo‘lishini e’tiborga olib, bir marta surtishdagi qalinligi 0,5 mm
dan ortmasligi lozim. Shpaklovkaning har bir qatlami (ularning
soni ikkitadan ortmaydi) yaxshilab quritiladi va dag‘al abraziv
jilvir qogozlar (N 80–120) yordamida jilvirlanadi va chang
hamda abraziv kukunlardan tozalanadi.
Zarur bo‘lganida, bo‘yaladigan umumiy sirtni tekislashda
sirtga 50–100 mkm qalinlikda umumiy shpaklovka beriladi va
quri tilganidan so‘ng kichik donali N 150–220 jilvir qog‘oz bilan
jilvirlanadi. Umumiy shpaklovka bo‘yoq sepuvchi moslama
yordamida beriladi.
Ishlov berilgan shpaklovka, u bo‘lmaganida esa, grun-
tovkalangan sirtga bir necha qatlam bo‘yoq beriladi. Bo‘yoq
qatlami soni qatlamning tashqi ko‘rinishi, ekspluatatsiya
sharoiti va boshqa sharoitlarga asoslanib tanlab olinadi.
11. 1- rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |