Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

rezinaning eskirishi 
deyiladi. 
Eskirish murakkab ko‘p bosqichli o‘zgarish jarayoni bo‘lib, 
bunda ma’lum bosqichlarda rezinaning elastikligi, yemirilishga 
qarshi turg‘unligi va mustahkamligi sezilarli darajada kamayadi. 
Boshqacha aytganda, vaqt o‘tishi bilan rezina buyumlarning ish 
qobiliyati, shuning bilan birga, avtomobilni ishlatish ishonchli-
ligi kamayadi. Rezinaning eskirishidagi vujudga keladigan o‘zga-
rishlar jumlasiga rezina elastikligi yo‘qolishining tiklanmasligi 
kiradi. Natijada rezina yuqori darajadagi mo‘rtlik xususiyatiga 
ega bo‘lib qoladi, buning natijasida uning sirtqi qatlamlarida 
asta-sekin chuqurla shadigan yoriqlar paydo bo‘ladi va oqibat-
natijada buyum to‘la ishdan chiqadi. 
Rezinalar eskirishining oldini olish turli xil uslublar asosida 
amalga oshiriladi. Rezinalarning eskirishini sekinlashtirish 
maqsadida rezina tarkibiga eskirishga qarshi qo‘shilmalar 
(ingibitorlar) qo‘shish juda samarali hisoblanadi. Eskirishga 
qarshi qo‘shilmalar rezina tarkibidagi kauchukka nisbatan 1–2 
foiz miqdorda ara lashtiriladi, buning natijasida rezinaning 
oksidlanish jarayoni bir necha yuz va hatto ming barobar 
sekinlashadi. Shu maqsadda bazi bir rezina buyumlar germetik 
polietilen g‘iloflarga joylab ishlab chiqarilmoqda. 
Ammo rezinalar eskirishining oldini olish uchun faqat 
texnologik vositalardan foydalanish yetarli emas, shuning uchun 
qo‘shimcha bir qator ekspluatatsion chora-tadbirlar qo‘llash 
lozim (ba’zi bir choralar to‘g‘risida yuqorida fikr yuritilgan edi). 
Haroratning ortishi natijasida rezinaning eskirishi tezlashadi, 
jumladan, harorat har 10°C ga ortganida rezinaning eskirish 
tezligi 2 barobarga ortadi. Yuqori yuklanishdagi uchastkalarda 
rezinaning oksidlanish jadalligi yana-da yuqori bo‘ladi. 
Rezinaning eskirish jarayonini sekinlashtirish uchun rezina 
buyumlarning imkon qadar deformatsiyalanmagan holda 
bo‘lishiga va mumkin qadar 30°C dan yuqori bo‘lmagan 
haroratlarda ishlatilishiga erishish lozim. 
Rezina buyumlarni quyosh nuridan himoyalash muhim 
ekspluatatsion tadbirlar jumlasiga kiradi. Chunki quyosh 
nuri nur ta’siridagi eskirishni yuzaga keltiradi. Bu ta’sirning 
xususiyati rezinaning nur tushib turgan uchastkalarida eskirish 
kuchli bo‘lishidan iborat. Bunda spektrning binafsha va 
ultrabinafsha qismi nisbatan aktiv hisoblanadi. Nur ta’siridagi 


294
295
eskirishning oldini olish uchun avtomobilni yopiq joylarda 
yoki maxsus o‘rama g‘iloflar ostida saqlash lozim. 
Yuqorida keltirilgan sharoitlar bo‘lmaganida, hech 
bo‘lmaganda, shina va rezina detallarni quyosh nuri tushishidan 
saqlash ke rak. Bunda ular oq rangdagi g‘ilof bilan o‘ralishi 
yoki to‘siq bilan to‘silishi lozim. 
Rezina buyumlarni 5–20°C haroratda, yorug‘lik kam 
tushadigan, suv va neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash 
kerak. 
10. 7.

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish