Avtomobil indd


Rezinalar xususiyatlarining suyuqliklar



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

 Rezinalar xususiyatlarining suyuqliklar
ta’sirida o‘zgarishi
Avtomobillarni ishlatishda va rezina buyumlarni saqlashda 
ularga suv va neft mahsulotlarining tegish ehtimoli bor. Suv 
uzoq vaqt davomida rezinaning xususiyatlariga kuchli ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Suv armirlangan detallarga kuchli ta’sir etadi, 
metall armaturalar nam muhitda jadal korroziyalanadi, paxta-
qog‘oz tolali gazlamalar esa mustahkamligini yo‘qotadi va 
tezda chiriydi. Shuning uchun armirlangan rezina buyumlarni 
(metall karkasli, simli va gazlamali) imkoniyat qadar quruq 
holda saqlash zarur, majburiy hollarda suv tekkanida esa rezina 
buyumlarni, albatta, quritish kerak. 
TK, ÑÊÁ, CKC, ÑÊÈ va boshqa kauchuklar asosidagi 
rezinalar neft mahsulotlari ta’sirida o‘z xususiyatlarini juda ham 
sezilarli darajada o‘zgartiradi. Bu kauchuklar va ular asosidagi 
xom rezinalar, yuqorida aytib o‘tilganidek, benzinda oson 
eriydi, ularning bu xususiyatidan rezina yelimlari tayyorlashda 
foydalaniladi. Rezinalarni vulkanizatsiyalash ularning neft 
mahsulotlari ta’sirida erishiga barham beradi, ammo rezinalar 
benzin, dizel yonilg‘isi, moylar va boshqa suyuq organik 
birikmalar ta’sirida shishish xususiyatini saqlab qoladi. Rezina 
buyumlarning uzoq muddat neft mahsulotlari ta’sirida bo‘lishi 
natijasida ularning hajmi ortadi, mustahkamligi, elastikligi va 
qattiqligi kamayadi. Shuning uchun rezinani yonilg‘i, moy 
va boshqa surkov materiallari ta’siridan saqlash lozim. Neft 
mahsulotlari rezinaga bexosdan tushgan hollarda esa uni tezlik 
bilan artib tozalash lozim. 
10. 8. 
Avtomobil shinalarini ta’mirlash uchun materiallar
Olis masofalarga ishga chiqariladigan avtomobillar ichida 
zarur materiallar va moslamalar bo‘lgan maxsus aptechka 
bilan ta’minlanishi kerak. Avtomobillar uchun quyidagi turdagi 
aptechkalar ishlab chiqariladi: APK – kamerani ta’mirlash 
uchun; ÀÐØ – pokrishka va kameralar uchun; ÀÐÁ – yengil 
avtomobillarning kamerasiz shinalari uchun. Har bir aptechka 
ichida turli o‘lchamli vulkanizatsiya qilingan dumaloq va to‘g‘ri 
burchak shaklidagi re zinadan bir komplekt yamoq plastirlar, 
o‘zi vulkanizatsiyalaydigan 50 g rezina yelimi, kameraning 
shikastlangan qismini tozalash uchun metall qirg‘ich va 
jilvir qog‘oz, kameraning shikastlangan qismiga yamoqni 
yopishtirish uchun (ustidan bosish uchun) rolik, ikkitadan 
qopqoqcha va zolotnik, yelim surtish uchun mo‘yqalam va 
pakki pichoq bo‘ladi. ÀÐØ aptechkasida, bundan tashqari, 
vulkanizatsiya qilingan rezinakord yamoqdan to‘rt qatlam qilib 
qirqib olingan ikkita yamoq, pokrishka bortlarini ta’mirlash 
uchun chefer lenta, teshilgan pokrishkani ta’mirlash uchun 
turli o‘lchamli oltita gribok va griboklarni qo‘yish uchun 
moslama bor. ÀÐÁ aptechkasida ÀÐØ aptechkasidan farqli 
ravishda pokrishkalarning karkasini ta’mirlash uchun plastirlar 
bo‘lmaydi. Ular o‘rniga rezina pastasi bo‘lgan shpris, tiqinlar 
to‘plami va kameradagi teshikni shinalarni to‘g‘indan olmay 
turib ta’mirlashda ularni shina ichiga qo‘yish uchun moslama 
bor. 
Aptechka bo‘lmaganida, avtomobilda quyidagilar bo‘lishi 
tavsiya etiladi: rezina yelim (yaxshisi aluminiy tubikda); 
sellofandan qilingan himoya qatlami bo‘lgan 2 mm qalinlikdagi 
vulkanizatsiya qilinmagan kamera rezinasi (200 × 300 mm li 
bo‘lak); yamoq qirqib olish uchun eski kamera bo‘lagi (200 
× 300 mm); eski pokrishkadan qirqib olingan 2–4 qatlamli 
2–3 ta manjet (250 
×
400 mm); elektrovulkanizator; kameralar 


296
297
va yamoqning sirtini g‘adir-budur qilish uchun yirik tishli 
egov; rashpil yoki metall cho‘tka; zaxiradagi zolotnik va 
qalpoqchalar; shinalarni montaj qilishda kameralarga sepish 
uchun talk kukuni. 
Rezina buyumlarni 5–20°Ñ haroratda, yorug‘lik kam 
tushadigan, suv va neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash 
kerak. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish