302
303
1- guruhga quyidagilardan biri kiradi: lok, gruntovka,
shpaklovka, emal.
2- guruhga 2 ta harf bilan ifodalanadigan asosiy plyonka
hosil qiluvchilar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Asosiy plyonka hosil qiluvchilar 4 ta guruhga ajratiladi
(11.1-jadval).
2- guruh belgisidan so‘ng chiziqdan keyin keladigan 3-guruh
belgisi qoplamaning ishlatilish sharoitini belgilaydi.
Vazifasiga ko‘ra lok-bo‘yoq materiallarining ishlatilishi:
Gruntovka va loklar ................................................................ 0
Shpaklovkalar ....................................................................... 00
Atmosfera ta’siriga chidamli ................................................... 1
Atmosfera ta’siriga chidamliligi
chegaralangan (yopiq joyda, xonada
foydalanish tavsiya etiladi) ...................................................... 2
Konservatsion ......................................................................... 3
Suv ta’siriga chidamli ............................................................. 4
Teri, rezina materiallarni tashqi
tomondan qoplash uchun ....................................................... 5
Moy va benzin ta’siriga chidamli ............................................ 6
Kimyoviy ta’sirga chidamli ..................................................... 7
Issiqlik ta’siriga chidamli (60°Ñ dan 500°Ñ gacha) ................. 8
Elektroizolatsion ..................................................................... 9
4- belgidagi 1, 2 yoki 3 ta raqam bilan ifodalanadigan
belgi ushbu lok-bo‘yoq materialiga berilgan tartib raqamini
ko‘rsatadi va 3- belgi bilan 4- belgi orasida chiziqcha bo‘ladi
yoki uzilish bo‘lmaydi.
5- guruh belgisida bo‘yoqning rangi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Masalan, gliftal smola asosidagi gruntovka – ÃÔ–020,
nitrolok asosidagi shpaklovka – HC–008. Tashqi qoplam hosil
qilish uchun zangori himoyalovchi nitroemal – HC–11–15
himoyalovchi-zangori. Atmosfera ta’siriga chidamli jigarrang
moyli bo‘yoq MA–11 jigarrang ko‘rinishida belgilanadi.
Lok-bo‘yoq materiallari asosida olinadigan qoplamlar
chapdan o‘ngga qarab joylashtiriladigan quyidagi elementlar
asosida belgilanadi:
– qoplamning asosiy materiali markalanishi (9825–73-
sonli Davlat standarti bo‘yicha);
– tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qoplam klassi (rim raqami bilan
I dan VII gacha belgilanadi);
– qoplamning ekspluatatsiya sharoiti.
Ekspluatatsiya sharoiti bo‘yicha qoplamlar quyidagi gu-
ruhlarga bo‘linadi: P – xona ichida chidamli (avtomobillarning
ichini bo‘yashda ishlatiladi); A – atmosfera ta’siriga chidamli
(avtomobil larning tashqi sirtlarini bo‘yashda ishlatiladi); T –
issiqlik ta’siriga chidamli (termik sexlarning jihozlari bo‘yaladi);
E – elektroizolatsiyalovchi (elektr uskunalari bo‘yaladi); X –
kimyoviy ta’sirlarga chidamli (akkumulatorlarni ta’mirlash
uchastkalarining uskunalari bo‘yaladi); XK – kislotalar ta’siriga
chidamli; ÕØ – ishqorlar ta’siriga chidamli; Â – suv ta’siriga
chidamli (yuvish uskunalarini bo‘yashda); Á – benzin ta’siriga
chidamli (yonilg‘i baklari, yonilg‘i quyish uskunalari bo‘yaladi);
M – moy va konsistent surkov materiallari ta’siriga chidamli.
Masalan, moy ta’siriga chidamli melaminoalkidli qizil
rangli qoplam quyidagicha markalanadi: Emal ÌË–12–90,
qizil, II, M.
11. 4.
Do'stlaringiz bilan baham: