260
261
Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan
xodimlar jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini
qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida
ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
Sulfat kislotasi, ishqorlar va ularning aralashmalari maxsus
ki yimga tekkan zahoti suv bilan yuvib tashlanishi lozim.
Maxsus kiyimning sirtiga sulfat kislotasi va ishqor quyilib
ketganida uni o‘sha zahoti almashtirish kerak. Maxsus kiyimni
ye chish ehtiyotkorlik bilan rezina yoki xlorvinil qo‘lqop
yordamida iliq suv bilan yuvib tashlanganidan so‘ng amalga
oshiriladi.
Sulfat kislotasi, ishqorlar to‘kilgan maxsus kiyim yog‘sizlanti-
ruv chi aralashmaga bo‘ktiriladi, suvda yuviladi va yuvishga
beriladi.
Maxsus suyuqlik aralashmalarini tayyorlovchi xodimlar
maxsus kiyimlarning tozaligini kuzatib borishlari va haftada bir
marta yuvishga berishlari lozim.
Maxsus kiyimni tashkilotdan tashqariga olib chiqish
taqiqlanadi.
Barcha himoya vositalari belgilangan muddatlarda
sinovlardan o‘tkazib borilishi lozim.
Himoyalanmagan qo‘l bilan maxsus suyuqliklarga tegish
taqiq lanadi.
Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda yuqori samarali
ventilatsiya tizimlari va yakka tartibdagi himoya vositalarini
qo‘llash (respirator) lozim.
Maxsus suyuqliklar bilan ishlovchi xodimlar o‘z-o‘ziga
va o‘zgalarga yordam ko‘rsatish dasturi bo‘yicha o‘qitilgan
bo‘lishi lozim.
Maxsus suyuqliklar bilan ishlovchining ish joyida ko‘rinib
tu radigan joyda zaharlanganida va kuyganida birinchi yordam
ko‘r satish qo‘llanmasi bo‘lishi lozim.
Sulfat kislotasi, ishqor yoki ularning aralashmasi bilan
zararlangan joyni toza suv bilan yuvib, zararsizlantiruvchi
vosita bilan ishlov berish kerak.
Xodim sulfat kislotasi, ishqor yoki uning aralashmasi bilan
zararlanganida uni darhol yechintirish, iliq suvda yuvintirish va
tibbiyot muassasasiga yetkazish lozim.
Ko‘zga sulfat kislotasi, ishqor yoki uning aralashmasi
tushganida o‘sha zahoti maxsus suv quvuridagi favvorachada
yoki rezina naychali shishada 10–15 daqiqa davomida yuvish
hamda toza bog‘ich qo‘yib bog‘lash va tibbiy muassasaga
murojaat etish lozim.
Sulfat kislotasi bug‘i bilan zaharlangan xodimni darhol
zararlangan atmosferadan toza havoga olib chiqish va erkin
nafas olishi uchun xalaqit berayotgan kiyimini yechish,
osoyishta dam olishiga imkon berish va nam kislorod bilan
uzoq vaqt nafas oldirish kerak.
Maxsus suyuqliklardan bo‘shagan idishlar zararsizlantirilgan
va yuvilgan holda omborxonaga yoki bostirma ostiga qo‘yilishi
kerak. Yengil alangalanuvchi moddalardan bo‘shagan idishlarni
ishchilar ishlayotgan xonalarda saqlash taqiqlanadi.
Maxsus suyuqliklar bilan bajariladigan ishlar maxsus
jihozlangan xonalarda, yoki xonalarga o‘rnatilgan maxsus
kameralar (stendlar)da bajarilishi kerak. Xonalarga kirishda
«Yong‘indan xavfli», «Chekilmasin», «Begonalar kirishi
taqiqlanadi» kabi ogohlantiruv chi va taqiqlovchi xavfsizlik
belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: